Rustamjon o‘rinov


Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiy uslub hisoblanadi


Download 463.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi463.48 Kb.
#1618393
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uslubiyat

Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiy uslub hisoblanadi. 
Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga 
olish bilan birga, o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib 
ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. 
Badiiy uslub o‘quvchida estetik zavq uyg‘otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq 
ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta’sir 
qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. 
Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. 
Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangandir. 
Badiiy uslub, ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning 
uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so‘zlashuv uslubining ham, rasmiy uslubning 
ham elementlari namoyon bo‘laveradi.
RASMIY USLUB 
Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi 
rasmiy uslub hisoblanadi. 
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). 
2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, 
ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). 


Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan 
xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga 
oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi. 
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, 
qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul 
nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsintopshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning 
kesimi gap boshida keladi. 
Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga bo‘ysunadi. Masalan, «Ushbu 
ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘. Mo‘minov haqiqatan ham O‘zbekiston Milliy universitetining matematika 
fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi...» 

Download 463.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling