USLUBIYAТ VA NUТQ USLUBLARI ТASNIFI
Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta-jurnallarda e’lon
qilinayotgan xabarlarni o‘qiysiz.
Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning
badiiy-estetik quvvatidan
bahramand bo‘lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o‘zbek tilida o‘qiysiz,
shu bilan birgalikda
ko‘cha-ko‘yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz.
Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor
bilan qarasangiz,
ularning hammasi garchi
o‘zbek tilining bevosita voqealanishi bo‘lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan
bir-biridan farqlanishining
guvohi bo‘lasiz.
Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan bir necha ko‘rinishlari
mavjud. Ana shunday ko‘rinishlari nutq uslublari hisoblanadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan ko‘rinishi nutq