Rustamova muyassarxon yo‘ldashboyevna tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik


Oʻquvchilar jamoasini shakllantirish usullari


Download 183 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi183 Kb.
#1478227
1   2   3   4   5
Bog'liq
427 RUSTAMOVA MUYASSARXON YO‘LDASHBOYEVNA

2.Oʻquvchilar jamoasini shakllantirish usullari
Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar ham bo‘lishi mumkin.
Sinf maktab jamoasining ajralmas bir kichik boʻlagidir. Sinf faqat oʻquv faoliyati birligi boʻlibgina qolmasdan, balki oʻquvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Sinf rahbari ishida oʻquvchilar jamoasini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi maqsadidir. Jamoada shaxsni tarbiyalashning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qoʻyish, faollarni aniqlash, oʻquv mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sogʻlom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarini yaratish va koʻpaytirish. Oʻquvchilarning jamoa turmush me’yorlari va qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq boʻlib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin boʻlgan ta’sirchan faollar boʻlmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning ikkinchi bosqichida boʻlsa, nomigagina emas, balki harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar boʻlsa , uning ayrim oʻquvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qoʻyishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri - oʻq uvchilarning birgalikdagi faoliyatga kirishishidir. Sinf oʻquvchilari koʻp boʻlgan sharoitda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga toʻgʻri yoʻl topish qiyin. Agar oʻquvchilar jamoasi qoʻllab-quvvatlasa, har holda bunday yoʻlni topish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida oʻquvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur oʻquvchi bilan qiziqtirib qoʻy ishdan iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar boʻladi, lekin ajratib qoʻyilgan bolalar boʻlmaydi. Oʻquvchilarning xulq-atvori, oʻquvchini muntazam oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymasa, uning uchun sezilmagan tarzda oʻzgarishi mumkin. Bunday oʻrganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim oʻquvchilarning rivojlanishiga ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon maqsadga qaratilgan va boshqariladigan boʻlishi kerak. Sinf rahbari oʻquvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan tarbiyalashda ota -onalar bilan oʻzaro hamkorlikda boʻladi. Sinf rahbari ishining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki oʻquvchilar jamoasini tashkil etadi. Oʻquvchilarning asosiy vazifasi oʻqishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning oʻqishga qanday munosabatda ekanliklarini, oʻzlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifasini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi va nihoyat, eng muhimi ularning oʻqishdagi rejalari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
Oʻquvchilar oʻrtasida salbiy holatlar roʻy bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak. Buning uchun eng ishonchli usuli - oʻquvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida oʻzaro faol hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iboratdir. Buning uchun maxsus diagnostik usullar, masalan, anketa tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga kcltirish kabi usullardan foydalish mumkin. Lekin bu usullarni guruhga juda ehtiyotkorlik bilan, katta pedagogik odob bilan qoʻllash lozim . Oʻquvchilarni oʻrganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi oʻqituvchilar uchun qonun boʻlishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashda maktab oʻquvchisini oʻz-oʻzini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishga boʻysunmaydigan, tarbiyasi qiyin bolalar bu, albatta, yomon oʻzlashtiruvchilar emas. Sinf rahbari oʻquvchilar yomon xulq-atvorining, past oʻzlashtirishining sabablarini puxta oʻrganadi. Bunda oʻquvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarining ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamoa munosabatlari - dastavval muayyan maqsadlarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maqsadlar yoʻnaltirib turadigan oʻzaro mas'uliyatli munosabatlardir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega boʻlish, oʻz malakasini oshirib borish bilan birga ishga ijodiy yondashish talab etiladi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar oʻquvchilarni oʻzaro bogʻlovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, oʻzaro aloqalarining toʻgʻri boʻlishiga ta’sir oʻtkazishi va ayni vaqtda oʻz ining oʻrnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov boʻladi. Sinf rahbari oʻquvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha gʻamxoʻrlik qilib boradi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror boʻgʻin — bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida oʻquvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat oʻqish hisoblanadi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim boʻgʻin — oʻqituvchilar jamoasi hamda oʻquvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. Oʻquv yurtlari jamoasi tarkibida oʻquvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
Oʻquvchilar jamoasi —bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi oʻzaro birlikka ega oʻquvchilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol oʻynashi toʻgʻrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari oʻrtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab boʻlmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha toʻliq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda oʻquvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon boʻladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib boʻlmaydi.



Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling