Ruza №3 biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari reja


Biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar


Download 51.55 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi51.55 Kb.
#1427384
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU№3 BIZNESMENLAR IMIJI VA IJOBIY TAASSUROT QOLDIRISH YO’LLARI





Biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar

Insonga, ayniqsa yoshlarga xos shunday xususiyatlar borki, u keraklisiga ko’ra keraksiz ma’lumotlarni o’ziga juda ham tez qabul qilishadi. Vaqtning o’tishi bilan ular odatga aylanib boradi. Buni odam sezmay ham qoladi. Bunday odatlar sohibiga sezdirmasdan o’zlarini boshqalarga doimo ko’z–ko’z qilib turadi. Agar biznesmenlarda bunday odatlar shakllangan bo’lsa, ularning hamkor va boshqa suhbatdoshlari oldida ijobiy taassurot qoldirish bo’yicha barcha harakatlarini puchga chiqaradi.


Imijni shakllantiruvchi va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilish bilan bir qatorda mumkin qadar yomon odatlarni namoyon qilmaslikka harakat qilishni talab qiladi. Bunday yomon odatlar quyidagilarga o’xshaganlardan iborat: vaziyatlarni hisobga olmasdan har xil gaplarni gapiraverish, ko’cha va jargon so’zlarni ishlatish, doimo miyig’idan kulaverish, yonida o’tirganlarga va suhbatdoshlarga qo’li bilan teginaverish, qo’lini doimo cho’ntakka solib yurish, saqqich chaynash, dazmollanmagan kiyimlarda va tozalanmagan tuflida yurish, ish va suhbatlarga sport kiyimlarini kiyib kelish, to’xtovsiz sigaret chekish, ertalabdan pivo yoki aroq ichib ishga kelish, tish va og’iz bo’shliqlarini tozalamaslik va boshqalar. Shunday salbiy omillarning oldini olishga imkon beradigan ba’zi bir tavsiyalarni ko’rib chiqamiz.
Aksariyat kishilarning so’z boyligi, imo–ishoralari va gapirish usuli ota–ona, o’rtoqlari, tengqurlari va ko’cha ta’sirida shakllanadi. Har qanday odam ham qandaydir darajada atrof–muhit mahsuloti hisoblanadi. Shu boisdan ham hamkor va boshqalar bilan bo’ladigan suhbatlarda, birinchidan, vaziyatni hisobga olgan holda kerakli so’z va gaplarni tanlab gapirish, so’zlarning oxirini “yutmasdan” aniq va ravon talaffuz qilish, ikkinchidan, ko’cha va jargon so’zlarni ishlatmaslik lozim, chunki ko’cha va jargon so’zlarning ishlatilishi biznesmenning madaniyati pastligidan darak beradi va imijini pasaytirib yuboradi.
Ba’zi bir kishilar juda ham ko’p kulishadi albatta, kulgi insonga xos yaxshi fazilatlardan biri. Lekin kulish ham har xil bo’ladi. O’z mavridida tabassumli kulish odamlarga malham beradi, kayfiyatini ko’taradi, suhbatning ijobiy borish garovi hisoblanadi. Lekin ba’zi bir kishilar borki, insonlar qalbida nafrat o’yg’otadi. Bunga miyig’idan bo’lar bo’lmasga kulaverishi misol bo’ladi. Aksariyat kishilar bunday kulgi turiga ustidan mazax qilish deb qaraydi. Shu sababli ham suhbat davrida miyig’ida kulish odati bor kishilar o’zlarini kulgidan tiyganlari yaxshiroq bo’ladi.
Darslikning bundan keyingi mavzularida biznesmenlarning tashqi qiyofasiga qo’yiladigan talablar batafsil ko’rilib chiqiladi. Lekin bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, biznesmenning tashqi qiyofasi uning mavqyeiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’z qaddi–qomatiga, yuz–tuzilishiga yarashmagan, dazmollanmagan kiyimlarni kiyish, tozalanmagan oyoq kiyimlarida yurish, soqol–mo’ylovlari va sochlarini olmaslik, taramaslik, kattaligi, rangi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha o’ziga yarashmagan taqinchoqlarni taqib yurish, ayol biznesmenlar uchun esa tizzasidan baland yubka, o’ta tiniq materiallardan tikilgan va tor ko’ynak va yubkalarni kiyib yurish va shunga o’xshagan etiket qoidalariga zid harakatlari biznesmenlar to’g’risida yomon ta’ssurot qoldiradi va ularning imijiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Saqich chaynash odamlar o’rtasida eng keng tarqalgan salbiy odatlardan biri hisoblanadi. Afsuski, bunday odat bugungi kunda ko’pchilik biznesmenlarga ham xos. Lekin saqich chaynamang deb aytish mumkin emas. Faqat shuni hisobga olish kerakki, ish va suhbat davrida saqich chaynash xalqaro tajribada malaka va madaniyat pastligining belgisi deb qaraladi. Saqich chaynamasdan turaolmaydigan kishilar ishdan keyin ertalabgacha chaynayverish mumkin.
Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra biznesmenlar suhbat davrida o’z qo’llarini stol ostida ushlashlari kerak. Lekin ko’pchiligimizda shunday odat shakllanganki, qo’llarimizni stol tagida emas, cho’ntakda ushlaymiz.Angliyada etiket sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatganki, qo’li cho’ntagida bo’lgan kishilar to’g’risida faqat quyidagicha salbiy natija olingan: bunday odamlar hamma gaplarni aytmaydigan yoki pastkash insonlar deb hisoblanadi. Eng yaxshisi, qo’lni stol tagida yoki ustida ochiq saqlagan yaxshi.
Birinchi uchrashuv va tanishuvlarda boshqalarga teginishning yagona shakli qo’l berib ko’rishish hisoblanadi. Boshqa vaziyatlarda teginish (qo’l bilan yelkalariga qoqib qo’yish, tirsak bilan urish, chimchilash, umuman qo’l bilan teginish) o’ta madaniyatsizlik va shilqimlik belgisi deb qaraladi. Eng yaxshisi, bunday odatlarni esdan chiqarish kerak.

Download 51.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling