Ruza: injenerlik inshootlarni geodezik kuzatish


Download 1.12 Mb.
bet2/6
Sana03.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1322689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-MA’RUZA INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISH

2. Inshootlar cho‘kishini kuzatish
Tik deformasiyani o‘lchash usullari. Deformasiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar holati qabul qilingan o‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi geodezik usullardan foydalaniladi.
a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geometrik nivelirlash;
b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigonometrik nivelirlash;
v) gidrostatik nivelirlash;
g) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish.
Noyob inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham qo‘llanilishi mumkin.
Cho‘kishning absolyut qiymatini aniqlash uchun boshlang‘ich deb qa- bul qilingan reperdan nivelirlash amalga oshiriladi. Nisbiy cho‘- kishlar inshootning nuqtalari orasidagi o‘lchashlar farqidan olinadi.
Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul yuqori aniq- likdagi geometrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o‘rnatilgan bo‘lib, ular inshoot bilan birga harakatlanadi, demak ularni kuzatish orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz mumkin.
Cho‘kish markalari kuzatilayotgan inshootdan ma’lum masofada, cho‘kish varonkasidan chekkada joylashgan reperlar tarmog‘iga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning balandlik holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davomida saqlanib qolishi kerak.
Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlarning alohida nuqtalarini tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish mar- kalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy ishlardan bittasi hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va batafsilligi belgilarning to‘g‘ri joylashtirilganligi va soniga bog‘liq.
Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladi. Cho‘kish markalari iloji boricha bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat qilinadi.
G‘isht devorli yashash va jamoat binolari uchun cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab 10-15 m oraliqda joylashtiriladi.
Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan yashash va jamoat binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga, bino perimetri bo‘ylab joylashtiriladi.
Aylana shaklidagi inshootlar uchun to‘rttadan kam bo‘lmagan cho‘kish markalari perimetr bo‘ylab o‘rnatiladi.
18.1 a - shaklda devor va ustunlarga, 18.1 b-shaklda esa issiqlik elektr stansiyasi agregatlariga cho‘kish markalarini o‘rnatishga misollar keltirilgan.
Markalar joylashishi sxemasi, bino va inshootlar poyde- vorlari planida loyihalanadi. Har bir marka nomerlanadi.
Cho‘kish markalari turlari. Oddiy ko‘rinishdagi marka 15 sm uzunlikdagi armatura yoki temir bo‘lagidan iborat[5].
Yuqori aniqlikdagi kuzatishlar uchun esa turli xildagi shkalali markalar qo‘llaniladi. Bu turdagi markalar reyka sifatida foydalaniladi va nivelirlash aniqligini oshiradi.
Boshlang‘ich nivelirlash asosi. Qo‘yilgan talab va kuzatish aniqligiga bog‘liq bo‘lgan holda quyidagi reperlar boshlang‘ich (asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
Fundamental reperlarning mustahkam, turg‘un qatlamiga o‘rnatiladi; yer grunt reperlari yerning muzlaydigan qatlamidan pastda o‘rnatiladi;
devoriy belgilar poydevor cho‘kishi qariyb tugagan bino va inshootlar devoriga o‘rnatiladi.
Yer va devoriy reperlar o‘rnatiladigan bino va inshootlar ta’sir maydonchasidan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. Sanoat inshootlari uchun yer reperlarining inshootdan uzoqlashuvi 70-80 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Gidrotexnik inshootlar qurilishida yer reperlari cho‘kish zonasidan tashqarida joylashishi kerak. Odatda, ular daryoning ikkala qirg‘og‘iga 0,5-0,1 km masofada
plotina stvoridan pastda joylashtiriladi. Yer ishchi reperlari imkoniyat boricha bino va inshootlar yaqiniga joylashtiriladi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling