Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Axborot adekvatligi. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

3. Axborot adekvatligi. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari.  
Axborot mahsulotlari boshqa barcha rеsurslardan samarali va oqilona foydalanishni 
ta'minlab bеradigan yagona rеsursdir.
Informatika model – algoritm - dasturga asoslangan uchlikka tayanadi.  
Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan 
bо‘lib kelgan. Tinch hayot davrida ham, urush yoki tahlika kunlarida ham axborot hayot - mamot 
masalasi sifatida qaralgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan uni har doim saqlash, tezkorlikda va 
ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, telivedeniye ishtirok qilgan. Tо‘g‘ri va tezkor 
tarzda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan, deyish 
mumkin. Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan va texnika yuqori chо‘qqilarga 
kо‘tarilgan о‘ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida nomoyon bо‘ladi. Endi yangi ma’lumot va 
bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxasisslar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq, hatto 
davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan о‘z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog‘liq desak 
mubolog‘a bо‘lmaydi. Bu mutaxasislarini kuch qudrati, bir tomondan о‘z sohalaridagi yuqori 
malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan axborot texnologiyalarini (zamonaviy 
kompyuterlarni) о‘zlashtirganliklari bilan belgilanadi.
Haqiqatdan ham, kompyuter, aniqrog‘i u va unga ulanadigan nihoyatda kengaytiradigan 
yordamchi qurilmalar majmuisi quyidagi sxemaga kо‘ra ma’lumotni qayta ishlaydi, о‘zidan 
о‘tkazadi:


16 
Axborotning sintaktik o‘lchovi
Axborotning bu o‘lchovida obyektga nisbatan ma’noga ega bo‘lmagan axborot bilan ish 
ko‘riladi.
Axbortdagi ma’lumotlar hajmi VM - bu axborotdagi simvollar (xonalar) soni bilan 
o‘lchanadi. Turli sanoq sistemasida bir xona turli salmoqqa ega va demak, ma’lumotlarning 
o‘lchov birligi o‘zgaradi.
Sintaktik bosqichda axborot miqdorini sistema holatining noaniqligi (sistema entropiyasi) 
tushunchasini ko‘rmasdan aniqlab bo‘lmaydi.
Aytaylik, axborot olinishgacha foydalanuvchi sistemasi xususida qandaydir dastlabki
(aprior) ma’lumotga ega bo‘lsin. Uning sistemadan voqif emaslik o‘lchovi H( ) funksiya bo‘lib, 
bu funksiya o‘z navbatida sistema holatining noaniqlik darajasi va o‘lchovi hisoblanadi.
Qandaydir ma’lumot qabul qilingandan so‘ng qabul qiluvchi qandaydir qo‘shimcha ( ) 
axborotga ega bo‘ladi va uning aprior voqif emasligi kamayadi, natijada sistema holatining 
aposterior ( ma’lumot qabul qilingandan so‘nggi) noaniqligi H 
( ) ga teng bo‘ladi.
Unda, ( ma’lumotdagi sistema xususidagi axborot miqdori I quyidagicha aniqlanadi:
( ) H( ) - ( ) (1)
ya’ni, axborot miqdori sistema holati noaniqligining o‘zgarishi (kamayishi) orqali o‘lchanadi.
Agar so‘nggi noaniqlik ( ) nolga aylansa, dastlabki to‘liq bo‘lmagan bilim to‘liq bilim 
bilan almashtiriladi va axborot miqdori ( ) 
H( ) bo‘ladi. Boshqacha aytganda, sistema 
entropiyasi H yetishmaydigan axborot o‘lchovi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Axborotning semantik o‘lchovi
Axborotning ma’noli mazmunini, ya’ni uning semantik bosqichidagi miqdorini o‘lchashda 
tezaurusli o‘lchov keng tarqalgan. Bu o‘lchov axborotning semantik xususiyatlarini axborot 
qilinishidagi foydalanuvchining qobiliyati bilan bog‘laydi. Buning uchun foydalanuvchining 
tezaurusi tushunchasi ishlatiladi. Tezaurus - foydalanuvchi yoki sistema ixtiyoridagi ma’lumotlar 
majmui.
Foydalanuvchi qabul qiladigan va kelgusida o‘zining tezaurusiga kiritadigan axborot 
miqdori I
c
axborotning ma’noli mazmuni S va foydalanuvchi tezaurusi Sf orasidagi o‘zaro nisbatda 
o‘zgaradi.
Foydalanuvchi semantik Axborotning maksimal miqdoriga axborotning ma’noli mazmunini 
o‘zining tezaurusi bilan muvofiqlashtirgan holda (S
р
S
p opt
) ega bo‘ladi. Unda qabul qilingan 
axborot foydalanuvchiga tushunarli bo‘ladi va unga oldin номаълум бўлган (унинг тезаурусида 
bo‘lmagan) ma’lumotlarni beradi.
Shunday qilib, foydalanuvchi qabul qiladigan ma’lumotlardagi semantik axborotning 
miqdori, yangi bilimlar miqdori nisbiy kattalikdir. Bir xil ma’lumotlar bilimdon foydalanuvchi 
uchun ma’noli mazmunga ega bo‘lsa xabarsiz foydalanuvchi uchun ma’noga ega bo‘lmaydi 
(semantik shovqin).
Semantik Axborot miqdorining nisbiy o‘lchovi sifatida semantik Axborot miqdorining uning 
hajmiga nisbati orqali aniqlanuvchi mazmunlik koeffitsiyenti S xizmat qilishi mumkin:
C I
c
V
M
(2)

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling