Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

Axborotning pragmatik o‘lchovi
Axborotning pragmatik o‘lchovi qo‘yilgan maqsadga erishishdagi axborotning foydaliligini
(qiymatini) aniqlaydi. Bu o‘lchov ham nisbiy kattalik bo‘lib, nisbiylik bu axborotning u yoki bu 
sistemada ishlatilishiga asoslanadi.


17 
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativlik, mazmundorlik, 
yetarlilik, tushunarlilik, dolzarblik, o‘z vaqtida olinishi, aniqlik, ishonchlilik, barqarorlik kabi 
asosiy sifat ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
Axborotning reprezentativligi obyekt xususiyatlarini adekvat tanlanishi va shakllantirilishi 
bilan bog‘liq. Bunda dastlabki tushuncha asoslangan konsepsiyaning to‘g‘riligi akslantiriluvchi 
hodisaning ahamiyatli alomatlari va bog‘lanishlari tanlanishining asoslanganligiga e’tibor berish 
lozim. Axborot reprezentativligining buzilishi jiddiy xatoliklarga olib kelishi mumkin.  
Axborotning mazmundorligi semantik axborot miqdorining ishlanadigan ma’lumotlar
I


hajmiga 
nisbati orqali aniqlanuvchi semantik hajmni akslantiradi, ya’ni 
V
М
informatsiya mazmundorligining 
oshishi bilan axborot tizimlarining qabul qilish va o‘tkazish qobiliyati oshadi.
Axborotning yetarliligi (to‘liqligi) uning to‘g‘ri yechim qabul qilishda minimal, ammo 
yetarli ko‘rsatkichlar tarkibiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Axborot to‘liqligi tushunchasi uning 
ma’noli mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog‘liq. To‘liq bo‘lmagan yoki ortiqcha 
axborot foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan yechim samaradorligining pasayishiga olib 
keladi. Axborotning o‘zlashtirilishidagi tushunarliligi uning olinishi va o‘zgartilishidagi tegishli 
muolajalaring bajarilishi orqali ta’minlashadi. Bunga, xususan, axborotning semantik shaklini 
foydalanuvchi tezaurusi bilan muvofiqlashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Axborot dolzarbligi uning ishlatilishi vaqtida boshqarishdagi qiymatining saqlanish darajasi 
orqali aniqlanadi.
Axborotning o‘z vaqtida olinishi uning qo‘yilgan masala yechilishi vaqti bilan kelishilgan, 
oldindan belgilangan vaqt onidan kechikmasdan qabul qilinishini bildiradi.
Axborot aniqligi olinadigan axborotning obekt, jarayon va hodisalarning real holatiga 
yaqinlik darajasi orqali aniqlanadi.
Axborot ishonchliligi uning real mavjud obyektlarni kerakli aniqlikda akslantirish xususiyati 
orqali aniqlanadi.
Axborot barqarorligi deb, dastlabki ma’lumotlarning o‘zgarishida aniqlikning saqlanishiga 
aytiladi.
Xulosa sifatida aytish lozimki, axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, 
tushunarlilik, barqarorlik kabi parametrlari batamom informatsion sistema yaratilishidagi metodik 
bosqichida aniqlanadi. Dolzarblik, o‘z vaqtida olinishi, aniqlik va ishonchlilik parametrlari ham 
ko‘p jihatdan metodik bosqichda asoslansada, ularning qiymatlariga sistema ishlashi xarakteri 
jiddiy ta’sir etadi. Bunda dolzarblik va aniqlik parametrlari mos holdi o‘z vaqtida olinishi va 
ishonchlilik parametrlari bilan qat’iy bog‘langan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling