Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Jamiyatni axborotlashtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

  
3. Jamiyatni axborotlashtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy 
ishlar. Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga: tijorat, 
biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko‘lamda kirib kelmoqda.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha jabhalariga kirib kelishi biznes 
va ta’limni yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini tubdan o‘zgartirib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, 
jahon iqtisodiyotining globallashib borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif etish 
borasida mehnat bozorining hajmi cheksizdir. O‘zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat
iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo‘lga o‘tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona 
foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham 
muhim vazifa qilib qo‘ymoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni va zamonaviylashtirish 
respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda. Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Internet
– festivallar, Internet – forumlar o‘tkazish odat bo‘lib qoldi, shaharlar va qishloqlarda Internet 
tarmog‘idan jamoa bo‘lib foydalanish punktlarining soni tabora ko‘paymoqda, axborot xizmatlari 
turlari sezilarli darajada kengaymoqda, ularning xizmatlari yanada intellektualroq bo‘lib 
bormoqda. Sohadagi ishllarni to‘liq qamrab olish uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi 
PF5349-son Farmoniga 
muvofiq tashkil qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat: 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, “elektron hukumat”ni joriy etishda 
yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning 
jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va 
rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, 
Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televideniye va 
radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash, aloqa va telekommunikatsiyalar 
sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo‘li bilan 
boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish; 
“elektron hukumat”ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlarining 
axborotlashtirish 
va 
interaktiv 
davlat 
xizmatlarini 
takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash 
va nazorat qilish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, davlat 
axborot resurslari hamda ma’lumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona 
tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish; 
Internet tarmog‘ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash, mamlakatimizning 
turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh 
avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq 
resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish; raqobatdosh 
dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga 
ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini 


12 
ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarda zamonaviy dasturiy 
mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish; axborot xavfsizligini ta’minlash 
va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya 
qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish choratadbirlarini amalga oshirish, axborot 
resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish; zamonaviy 
kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va 
ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etish; aloqa, 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, 
ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotalik spektrdan samarali foydalanish uchun hamda 
vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb 
etish. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon axborot 
resurslariga kirib borishga bo‘lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim jarayonlarini va kishilarning kundalik 
turmushini kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek, axborot va ma’lumotlar bazasi tashkil 
etilishini ta’minlash ehtiyoji ushbu muhim qarorlarning qabul qilinishi uchun asos bo‘ldi.
Korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, 
ilg‘or konstruksiyali materiallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish asosidagina mehnat 
unumdorligini o‘stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, aholining xarid talabini qondirish, ilm - fan 
ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, yangi hisoblash texnikasi, 
zamonaviy aloqa vositalari ishlab chiqarishini rivojlantirish va ularni amaliyotda qo‘llash vazifasi 
kelib chiqadi. Bularning hammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan eng samarali 
foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o‘tish davridagi jarayonlariga ta’sirini 
kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda.
Axborot jarayonlarini tashkil etish uslublarini takomillashtirish hozirgi vaqtning asosiy 
masalalaridan biri hisoblanadi, uni muvaffaqiyatli yechimini topish iqtisodiy tizimlarni 
boshqarishning keyingi rivojlanish darajasini belgilaydi. Uni bozor uslublari bilan taraqqiy 
toptirilishi iqtisodiyotda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib borishi zarur. Axborotni yig‘ish, qayta 
ishlash va uzatish jarayonlarining zamonaviy uslublar va vositalar asosida takomillashtirilishi 
nafaqat axborotga erishish tezkorligini ko‘taradi, balki sifatli axborotga erishish hisobiga 
boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun axborot jarayonlarining 
ratsional tashkil etilishi boshqarishni mukamallashtirishda markaziy bo‘g‘in hisoblanadi va 
iqtisodiy subyektlar strategik kursini namoyon etadi.
Avtomatlashgan axborot tizimida ma’lumotlarni qayta ishlashning tezkorligini oshirishda 
boshlang‘ich axborot hajmining ortiqchaligi, ya’ni boshqarish obyekti haqidagi tushayotgan 
ma’lumotlarni tartiblashmaganligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarni taqdim etish 
protseduralarini 
oddiylashtirish, obyekt alohida bo‘g‘inlarini faoliyatini kelishtirish 
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shunday 
qilib, insonlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun 
tegishli axborotni o‘z vaqtida to‘plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan 
kishilarga yetkazish kerak bo‘ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga 
oshirish va ilg‘or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Nazorat uchun savollar:
1. Axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fani nimani o‘rgatadi?
2. Axborotlashgan jamiyat deganda nimani tushunasiz?
3. Axborot texnologiyalari nima?


13 
4. Jamiyatni axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilgan ishlar haqida ma’lumot 
bering.
5. Axborot mahsulotlari haqida ma’lumot bering.
6. Axborotlashgan jamiyatda ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering.  
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qachon tashkil di?
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining asosiy 
vazifalari va yonalishlari haqida ma’lumot bering.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling