38
4-rasm. Rasm va tasvirlar
bilan ishlash tugmalari
Рисунок tugmasi yordamida kompyuterda mavjud tayyor rasmli yoki tasvirli fayllarni
MS Word dasturiga qo‘yishimiz mumkin. Картинка tugmasi yordamida MS Office dasturida
mavjud kolleksiya va tasvirlarni MS Word dasturiga joylashtirishimiz mumkin. Фигуры tugmasi
yordamida turli xildagi geometrik figuralarni tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Bu yerda
to‘g‘ri chiziqlar,
asosiy figuralar, yo‘nalishli figuralar,
blok-sxemalar, yulduzcha va lentalar
hamda boshqa chizmalarni chizish imkoniyatiga ega bo‘lamiz(5-rasm).
SmartArt tugmasini
bosganimizda turli xildagi diagrammalar kolleksiyasi paydo bo‘ladi(6-rasm). Ushbu
diagrammalardan foydalanuvchi maqbulini tanlab yuqori sifatga ega diagrammalar hosil qilishi
mumkin. Диаграмма tugmasi yordamida MS Excel dasturidan berilgan ma’lumotlar
asosida
diagrammalar hosil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa MS Office dasturlarining bir-biri
bilan bog‘liqligini ta’minlaydi.
5-rasm. Figuralar yordamida rasm chizish. 6-rasm. Jadvallar diagrammasi
MS Word 2010 dasturida matematik formulalar bilan ishlash.
MS Word 2010 interfeysida turli –tuman klaviaturada mavjud bo‘lmagan
simvollar va
matematik formulalarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun Вставка menyusining Символ
yoki Формула tugmalariga murojaat qilamiz. Символ tugmasi bosilgach
simvollar oynasi hosil
bo‘ladi(7-rasm). Kerakli simvollarni tanlab “Вставить” tugmasini bosamiz yoki klaviatura bilan
bog‘lab qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
39
7-rasm. Simvol oynasining umumiy ko‘rinishi
Formulalar kiritish uchun Formulalar oynasi chiqarib olinadi(8-rasm). U yerdan tegishli
bandlarini tanlab kerakli formulalarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: