Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

 
Takrorlash uchun savollar  
1. Matn muharrirlari deganda nimani tushunasiz?
2. MS Word 2010 dasturi qanday menyulardan tashkil topgan?
3. MS Word 2010 dasturining Файл menyisi haqida ma’lumot bering.
4. MS Word 2010 dasturining Главная menyisi haqida ma’lumot bering.
5. MS Word 2010 dasturining Вставка menyisi haqida ma’lumot bering.
6. MS Word 2010 dasturining Разметка страницы menyisi haqida ma’lumot bering.
7. MS Word 2010 dasturining Вид menyisi haqida ma’lumot bering.
8. MS Word 2010 dasturida jadval hosil qilish jarayonini tushuntirib bering.
9. MS Word 2010 dasturida rasm va tasvirlar bilan ishlash haqida tushuncha bering.
10. MS Word 2010 dasturida simollarni tasvirlash qanday amalga oshiriladi?
11. MS Word 2010 dasturida matematik formulalarni yozish qanday amalga oshiriladi?
12. MS Wordda klaviatura orqali ma’lumotlarni tezkor tugmalar yordamida qanday kiritiladi?


41 
5 –MA’RUZA. JADVAL MUHARRIRLARIDAN IQTISODIY MASALALARNI 
YECHISH JARAYONIDA FOYDALANISH REJA:  
1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha   
2. MS Excel 2010 dasturi menyulari tavsifi  
3. MS Excel 2010 dasturida funksiyalar bilan ishlash
4. MS Excel 2010 dasturida diagrammalar hosil qilish
5. MS Excelda iqtisodiy masalani yechish usullari
Ko’pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida tasvirlaymiz. 
Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich ma’lumotlar va boshqa qismiga 
esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Masalan: o’quvchilarning kunlik tergan 
paxtasi uchun mehnat haqini hisoblash talab qilinsin, u holda terilgan paxta miqdori – A, bir birlik
(1 kg) paxta uchun to’lanadigan ish haqi bahosi (so’mda) –B, boshlang’ich ma’lumot sifatida va 
har bir o’quvchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy 
ma’lumotlar bo`lib hisoblanadi. Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida tasvirlash 
maqsadga muvofiqdir. Ma’umotlarni jàdval ko’rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha 
soddalashtiradi. Shuning uchun ko’pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini 
oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy 
programmalar paketlar i ishlab chiqilgan bo’lib, ular elektron jadvallar deb ataladi. Elektron 
jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan, lekin uning yordamida 
muhandislikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitob 
muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
MS Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLSX 
kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb 
yuritiladi. Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish 
varaqlardan iborat. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik 
ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. MS Excelning buxgalter kitobidan 
asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi 
zimmasida qoladi.
MS Excelda asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son 

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling