Ruza: peptidlar haqida tushunchalar va ularning fiziologik ahamiyati


Download 291.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi291.41 Kb.
#1707541
  1   2   3
Bog'liq
peptidlar



4-MA’RUZA: PEPTIDLAR HAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING 
FIZIOLOGIK AHAMIYATI 
Reja: 
1. Peptidlarni hosil bo‘lishi. 
2. Peptidlarni muhim guruhlari. 
3. Oqsillarni tuzilishi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Peptidlar, biologik faol peptidlar, peptidlarning sinflanishi, peptidli buferlar, 
gormonli peptidlar, neyropeptidlar vazoaktivpeptidlar, peptidlitoksinlar, peptidli- 
antibiotiklar, ta’m beruvchi peptidlar, protektorli peptidlar. 
Peptidlar kichik molekulyarmassali moddalar bo‘lib aminokislotalar 
qoldig‘idan tashkil topgan. 
Tabiatda peptidlarni 2 turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi organizm faoliyatida 
sintezlanadi va fiziologik vazifasini bajaradi. Ikkinchi turlari organizmda 
fermentativ yoki kimyoviy gidrolizlanish natijasida hosil bo‘ladi. 
Fermentatatsiya natijasida peptidlarni hosil bo‘lishi oshqozon va ichakda 
ovqat tarkibidagi oqsillarni o‘zlashtirilishida hosil bo‘ladi. Bu oshqozonda pepsin, 
gastriksin ta’sirida boshlanib, ichakda tripsin, ximotripsin, amino- va 
karboksipeptidaza ta’sirida tugallanadi. 
Kichik peptidlarni parchalanishi di- va tripeptidaza ta’sirida yuz beradi va 
erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. So‘ngra bular organizmda so‘riladi va 
oqsillarni sinteziga sarflanadi. 
Peptidlarni muhim guruhlari 
Peptidli buferlar. Insonlarni va hayvonlarni etida dipeptidlardan karnozin va 
anserin topilgan. Bu peptidlar bufer vazifasini bajaradi. Uni miqdori 0,2-0,3% 
nitashkiletadi. Go‘shtni asosiy ekstratsiyalanuvchi moddasi hisoblanadi. 


Peptid-gormonlar. Gormon – organik tabiatli modda bo‘lib ichki sekretsiya 
bezlar hujayrasida sintezlanadi va qon tarkibiga o‘tib organlarni faoliyatini 
boshqaradi. Masalan, oksitotsin va vazopressin gormonlari 9 ta aminokislota 
qoldig‘idan iborat bo‘lib 1 ta disulfit bog‘ bor. 
Bu gormonlar organizm muskulaturasini qisqarishini boshqaradi. Qondagi 
osmotik bosimni va suv balansini boshqaradi va eslash jarayonini rivojlantiradi. 
Melanotropin garmoni - bu bir zanjirli peptid bo‘lib soch, ko‘z va teri rangini 
shakllanishini tezlashtiradi. 

Download 291.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling