’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja
Chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish manbalari va ularni tozalash usullari
Download 1.82 Mb.
|
6-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 95 millionni
- Suv xo’jaligi vazirligi
2.Chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish manbalari va ularni tozalash usullari.
Toza ichimlik suvi – Yer sayyorasida insoniyat kun ko’rishi uchun eng zaruriy shartlardan biri. Suv tiklanuvchi resurs bo’lsada, dunyo holisi ortib borayotgani hisobiga suv tanqisligi muammosi paydo bo’lgan hududlar soni ham-yildan-yilga ko’paymoqda.Countrymetres ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yilda sayyorada aholining yillik o’sish ko’rsatkichi 95 millionni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2015-yilda bu ko’rsatkich 83 mln kishiga teng bo’lgan. Qayd etib o’tish lozimki, yer aholisi 3 karraga ko’paygan davrda chuchuk suvdan foydalanish hajmi 17 martaga ortgan. Ustiga-ustak, ba’zi prognozlarga ko’ra, 20 yildan keyin chuchuk suvga bo’lgan talab hajmi yana 3 karraga ortishi mumkin. CHuchuk suv yetishmovchiligi muammosi O’zbekistonga ham begona emas. Suv tanqisligi muammosi bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida O’zbekiston 25-o’rinni egallaydi. Mamlakatda suv tanqisligi darajasi yuqori deb baholanadi. 2020-yil 16 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalasi muhokama qilingan edi. Unda ta’kidlanishicha, so’nggi 10 yilda O’zbekistonda suv zaxiralari 12 foizga, joriy-yilda o’tgan-yilgi bilan solishtirganda 15 foizga kamaygan. Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning suvni tejash masalalariga bag’ishlangan UzWaterAware loyihasi suv bilan bog’liq muammolar fonida Yevroittifoq moliyaviy ko’magi asosida multiplikatsion videoroliklar seriyasini tayyorladi. O’zbekiston Suv xo’jaligi vazirligi loyihaning milliy hamkori hisoblanadi. Loyiha tashkilotchilariga ko’ra, rus va o’zbek tillaridagi mazkur roliklar ta’lim muassasalarida onlayn va oflayn darslar chog’ida suv resurslari mavzusini tushuntirish uchun foydali kontent bo’la oladi. Roliklarni oromgohlarda bolalarga namoyish qilish ham mumkin. Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km3. ni tashkil etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2%i sho’r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog’larda joylashgan. Dunyoning ko’pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatiladi. Hisob-kitoblarga qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan suv sarfi 150 km3 ni tashkil qiladi. Taxminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor bo’lgan. Yer sharining qurg’oqchil rayonlarida aholining suvga bo’lgan talabi qondirilmaydi. Meksika, Eron, Pokiston, Jazoir, AQShning 10 dan ortiq shtatlari, Rossiyaning ayrim viloyatlari va O’rta Osiyo davlatlari shular jumlasidandir. O’zbekistonda sug’orish uchun asosiy suv manbalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Oxangaron daryolaridir. Respublika bo’yicha yer osti suvlarining tabiiy zahiralari 66342 ming m3. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling