’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja
Download 1.82 Mb.
|
6-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- 1.Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
6-Ma’RUZA: SUV VA TUPROQ RESURSLARI VA ULARNING MUHOFAZASI. Reja: Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish manbalari va ularni tozalash usullari. O`zbekiston suv havzalarining ekologik holati, orol va Orolbo`yi ekologik muommolarini bartaraf etish yo‘llari. Tuproq tarkibidagi gumus va uning ahamiyati, tuproqning moddalar aylanishdagi o`rni. O`zbekiston tuproqlarining hozirgi ekologik holati. Tuproqning pestitsidlar bilan ifloslanishi va unga qarshi kurash. Sho`rlanish va tuproq hosildorligiga ta`siri. Cho`llanish jarayoni va uning sabalari. O’quv mashg’ulotining maqsadi: Suv resurslari va tuproq resurslari ularni organizmlar uchun ahamiyati va undan foydalanish to’g’rsida talabalarga chuqurroq bilim berish O’quv faoliyatining natijasi: Suv resurslari va tuproq resurslari ularni organizmlar uchun ahamiyati va undan foydalanish to’g’rsida talabalar chuqurroq bilim oladilar. Tayanch so’zlar: Suv resurslari, Suv resurslarini ifloslanish, Tozalash-zararsizlantiri, Tuproq resurslari, Tuproq resurslarini ifloslanish, sho`rlanish, cho`llanish. Gums, gorizont, ona jins, mikroelement, eroziya, tabiiy eroziya, antropogen eroziya, suv eroziyasi, shamol eroziyasi, agrotexnik, pestisidlar. 1.Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Suv eng qimmatli tabiiy resurs. U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashinuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda, maishiy turmushda katta ahamiyatga ega. Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi, shuningdek iqlimni, ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas. Yer sharining ko’pgina rayonlarida, chuchuk suv tanqisligi dolzarb muammo hisoblanadi. Suv tabiatning eng noyob, nodir hamda bebaho boyliklaridan biri hisoblanadi. U butun tirik jonzot, inson, o’simlik va hayvonot dunyosi uchun hayot, yashash manbaidir. Suv tabiiy atrof-muhit muvozanatini saqlab, uni 5 mo’tadil holatda ushlab turuvchi asosiy omil rolini o’ynaydi. Shuningdek, suv xalq xo’jaligi, sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarishda asosiy vositalardan biridir. Mamlakatimiz sug’oriladigan dehqonchilikka ega bo’lib, bunda suv muhim rol o’ynaydi. Suv hayotimizning mazmuni, umrimizning bir bo’lagidir. Sayyoramizda suv paydo bo’lganidan keyingina hayot paydo bo’lgan. Shu sababdan ota-bobolarimiz suvni saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berganlar. Darvoqe, suv insonning nafaqat nafsini, chanqog’ini qondirishga, balki uni poklash uchun, iymonini, e’tiqodini mustahkam saqlash uchun ham zarur tabiiy vositalardan biridir. Suv behad katta qudratga ega. U eng mitti giyohdan tortib, jamiki jonzotga hayot baxsh etadi. Bizga quvonch, yaxshi kayfiyat bag’ishlaydigan turfa gullardan tortib, bog’-rog’lar, poliz ekinlari suv bilan tirik. Tarixshunos olim S.A.Semenovning xulosasiga ko’ra qadimgi sivilizatsiya o’choqlarida (Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo) biron bir qabila, millat, yoki davlatni bosib olish uchun avvalambor ularni suvsiz qoldirganlar. Buning uchun dushmanlar daryo, kanal yoki ariqlarda o’rnatilgan suv inshootlaridan foydalanganlar, ya’ni ular orqali suvni to’xtatib qo’yganlar, aholi puktiga oqayotgan suvni boshqa joylarga burib qishloq yoki shaharlarni suvga bostirib yuborganlar. Hozirgi kunda ham, ayniqsa issiq va sug’orma dehqonchilik tarqalgan o’lkalarda, suv inshootlari millat va davlat xavfsizligini ta’minlab turuvchi omil sifatida qaraladi.“Suv uchun kurash hayot uchun kurash” deb bejizga aytishmagan. Zero, insoniyat hayoti davom etishi uchun odamlar suvni, yerdagi suv manbalarini, avvalo toza suvni ehtiyot qilishlari lozim. Suv tabiatda keng tarqalgan, yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera umumiy hajmining qariyb 94 foizi okean va dengizlardir; 4 foizi yer osti suvlariga, 2 foizi muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktida va Grelandiya), 0,4 foizi quruqliklardagi suvlarga (daryolar, ko’llar, botqoqliklarga) to’g’ri keladi. Atmosfera va organizmlarda ham suv bor. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra yer yuzasiga bir-yilda yog’adigan yog’in miqdori quruqlik va okeanlar yuzasidan bug’lanadigan suv miqdoriga teng ekan. Suvning keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Qadimgi dunyo faylasuflari fikricha suv tiriklik uchun zarur bo’lgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Jumladan, tarixiy –adabiyot yodgorligimiz bo’lmish Avestoda suvga alohida munosabat bildirilgan. Toza suv bilan bog’liq ko’l, quduq va buloqlarga har qanday nopok narsalar yaqinlashmasligi kerak, deb hisoblangan. “Pokiza suv va yonib turgan olov qarshisida gunohlik qilgan zotning do’zaxda topgusi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan mudhish. (“Vandidod”, 4-faragard, 54-band) deb ogohlantirilgan. Muqaddas Qur’oni Karimda ham suv bilan bog’liq oyatlar keltiriladi. “Sizlar o’zlaringiz ichadigan suv haqida hech o’ylab ko’rdingizmi?” (Voqi’a surasi)…barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo) qilganmiz ko’rmadinglarmi?” (Anbiyo surasi). XX asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv taqchilligi muammosi paydo bo’ldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni toza suv bilan ta’minlash muammolariga bag’ishlangan suv resurslari bo’yicha 3-jahon forumi o’tkazilgan (2003, Kioto). 2003-yil Xalqaro toza suv yili deb e’lon qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit muhofazasi” dasturi (YuNEP) ma’lumotlariga ko’ra sayyoramizdagi daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan. Yer shari aholisining 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Yana 30-yildan so’ng toza ichimlik suvi tanqis resurs bo’lib qolishi mumkin. Har-yili toza ichimlik suvi tanqisligi tufayli 1,2 mln kishi turli xil xastaliklarga duchor bo’lmoqda. Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ma’lumotiga ko’ra, har-yili 5 mln kishi ifloslangan va sifatsiz suvdan iste’mol qilishga majbur bo’lmoqda. Bunday sharoitda suv zaxiralaridan tejamli oqilona, samarali, ilm-fan tavsiyalari asosida foydalanish va uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash bugungi kunning birinchi darajali vazifalaridan biridir. O’zbekiston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo’lib “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi milliy qonunni qabul qilgan. Ushbu qonun 29 bob, 199 moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasida suvga oid munosabatlar ushbu qonun hamda unga muvofiq chiqarilgan suv to’g’risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, suv faqatgina odamlar uchun emas balki atrofimizdagi boshqa ehtiyojlarimiz uchun ham zarur bo’lgan noyob bebaho boyligimizdir. Uni o’z vaqtida tejamkorona ishlatib kelajak avlodga ham boricha yetkazishimiz kerak. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling