S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova
Download 458.9 Kb.
|
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
TUSHUNTIRISH XATI
Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir. Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana. Namuna: SamDU o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani T.Qurbonov- ga 3-kurs talabasi Rayimshuku rova Mohigul tomonidan TUSHUNTIRISH XATI 2003 yilning 13 yanvar kuni ertalab Nuroboddan chiqqan avtobus Samarqand shahriga kechikib kelganligi sababli 1-juftlik darsga ulgura olmadim. Bu kamchilikni boshqa takrorlamaslikka harakat qilaman. _______________ Rayimshukurova M. 2003.13.02. FARMOYISH Ma’lum tashkilot yoki muassasa ma’muriyati doirasida amal qilinadigan hujjatlardan yana biri farmoyish bo‘lib, u ham mazmunan buyruqqa o‘xshab ketadi. Farmoyish yordamida ham xuddi buyruqdagiday shu tashkilot yoki muassasa doirasida jamoa yoki alohida xodimlar zimmasiga ma’lum yumushlarni amalga oshirish vazifasi yuklatiladi. Uning buyruqdan farqi shundaki, ular kadrlar masalasiga oid bo‘lmaydi. Faqat ish faoliyati doirasini qamrab oladi va tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidangina emas, balki o‘rinbosarlar, bo‘lim boshliqlari tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Masalan, universitet doirasida farmoyishlar prorektorlar, fakultetlar dekanlari tomonidan chiqariladi va o‘z faoliyatlari doirasida huquqiy-ma’muriy kuchga -184-
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
Download 458.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling