S atomlaridan foydalanib necha XIL H


Download 169.9 Kb.
bet1/3
Sana02.03.2023
Hajmi169.9 Kb.
#1243395
  1   2   3
Bog'liq
Natriy


  1. Natriy, kaliy va kalsiydan iborat 0,7 mol aralashma suvda eritilganda 12,32 l (n.sh.) gaz ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi kaliyning miqdori (mol) natriynikidan 2 marta kam bo‘lsa, hosil bo‘lgan natriy gidroksidning massasini (g) hisoblang.

  2. 1H, 2H, 32S va 33S atomlaridan foydalanib necha xil H2S molekulasini hosil qilish mumkin?

  3. 23 gr x% li eritmaga 5 gr tuz qo’shilganda to’yingan eritmaga aylanadi.Shu tuzning eruvchanligi 40 ga teng bo’lsa x ni qiymatini toping.

  4. Quyidagi tuzlar gidrolizga uchraganda neytral muhit hosil qiladiganlarini ajrating.
    1) (NH4)2CO3; 2) K2SO4; 3)СH3COONH4; 4) NaNO2; 5)Сu(NO3)2; 6) (СH3COO)2Ca

  5. Eritmadagi H+ionlari OH- ionlaridan 104 marta ko’p bo’lsa, eritmadagi pOH qiymatini toping.

  6. HCl(g)+O2(g)=Cl2(g)+H2O(g) reaksiyada kislorodning 25% i sarflanganda muvozanat qaror topdi. HCl va O2 ning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 0,9 va 0,4 mol/l bo‘lsa, H2O va Cl2 larning muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) aniqlang.

  7. 200 gr 16% li mis (II) sulfat eritmasi to’liq elektroliz qilinganda 17,5% li eritma olindi. Eritmadan necha faradey tok o’tganini aniqlang.

  8. 400 g 20 %li mis (Il)-sulfat eritmasiga 20 g Fe plastinka tushirildi. Eritmada Fe2+ va Сu2+ ionlarining mol nisbati
    3:2 bo'lganda plastinka massasi necha grammga ortadi?

  9. Oleumga o’z massasidan 1,5 marta kam suv qo’shilganda 65,4 % li sulfat kislota eritmasi olindi. Oleum tarkibidagi SO3 ning massa ulushini aniqlang.

  10. Natriy karbonat eritmasiga tegishli miqdorda CaCl2•6H2O kristallogidratidan qo’shilganda 100 g cho’kma tushdi va 2 molyalli eritma hosil bo’ldi. Dastlabki natriy karbonat eritmasining massasini (g) aniqlang.


  11. Download 169.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling