S avezbayev, S. N. Volkov


partiyalari olib bordi. Chegaralash xizmatini boshqarish va nazorat


Download 6.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana04.11.2023
Hajmi6.41 Mb.
#1747636
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s


partiyalari olib bordi. Chegaralash xizmatini boshqarish va nazorat 
qilish ham da guberniyalarda yechilmagan yer tortishuvlarini yechish
64


bilan Moskva chegaralash devonxonasi shug‘ullanar edi. Bundan 
tashqari, senat yonida chegaralash ekspeditsiyasi, bosh chegaralashni 
o'tkazish bo'yicha maxsus oliy organ va sud-chegaralash, tortishuv 
ishlari bo'yicha oxirgi instansiya tashkil etildi. Shunday qiljb, yer 
siyosatini amalga oshirish uchun davlat tom onidan yerga egalik qilish 
sohasidagi lining manfaatlarini hayotga tatbiq qiluvchi maxsus apparat 
(chegaralash xizmati) tuzildi.
Bosh chegaralashda o 'z davrining eng aniq o'lchash asboblaridan 
foydalanildi. U dachalar deb nom langan joylarda chegaralanib, ajra­
tilgan yer uchastkalari bo'yicha olib borildi. D achaga har xil yerlar 
(pomeshchiklaming, cherkovning va boshqalar) yoki bitta o'lcham lari 
bo'yicha yirik yer egaligi kirishi m um kin edi. D achalar bitta yoki bir 
necha qishloqlar yerlaridan ham tuzilar edi. Bosh chegaralashning 
h ar b ir dachasiga p lan , uezdga esa - b ir d y u m d a 500 sajen 
masshtabdagi bosh plan tuzildi.
Chegaralash jarayonida maxsus bilim larni talab etadigan katta 
hajmdagi yer o'lchash ishlarini bajarishga to 'g 'ri keldi. M alakali 
m utaxassislar yetishm as edi, shuning uch u n chegaralashga yer 
o'lchash va geodeziya asoslarini biladigan barcha shaxslar jalb etildi. 
1779-yildan boshlab yer o'lchovchi kadrlarni Yer o'lchash maktabi 
tayyorlay boshladi. Bu m aktab 1819-yil Yer o'lchovchilar bilim 
yurtiga aylantirildi va uning bazasida 1835-yil Chegaralash (Mejevoy) 
instituti tashkil etildi (keyinchalik - Moskva yer tuzish injenerlari 
instituti, hozir esa - Yer tuzish bo'yicha davlat universiteti).
100 yilga yaqin davom etgan bosh chegaralash davrida 32 
guberniyada 300,75 mln. ga maydonga ega 188264 dacha chegaralandi; 
bu pom eshchiklar yer egaliklari huquqiy asoslarini jiddiy m ustah- 
kamlash imkonini berdi.
Maxsus chegaralash XIX asming birinchi yarmida o'tkazildi. Uning 
m aqsadi pom eshchik xo 'jalik larin in g intensivligini oshirish va 
yerlarning bozorda aylanishining rivojlanishini ta ’minlash edi. G ap 
shundaki, bosh chegaralash yer egaliklaridagi barcha qaram a- 
qarshiliklarni tugata olmadi; shuning uchun bosh chegaralashning 
um um iy dachalari ayrim yer egalari dachalariga, ularning iitimoslari 
bo'yicha va ularning hisobidan bo'lindi. Maxsus chegaralash yer ega- 
liklarining uzoq davom etadigan tortishuvlari sababli, judayam sekin 
amalga oshirildi va qimmatga tushdi. Barcha ishlar 1806-yildan boshlab
5 - 2 8
65


uyezd yer o ‘lchovchilari to m o n id an olib boriidi. Oxir oqibatda 
h u k u m a t c h eg aralash n i teziash tirish m aq sad id a iqtisodiy jazo
choralarini q o ‘llashga m ajbur b o ‘Idi; m asalan, 1842-yildagi qonun 
b o ‘yicha barcha kredit muassasalariga chegaralanmagan mulkiy yerlar 
garoviga ssudalar berish taqiqlandi. Shu vaqtning o'zida b o la k -b o la k
polosalardan ibofat yer egaliklariga garov cheklab qo'yildi, bosh 
dachalardagi chegaralash ishlarini arzonlashtirish b o ‘yicha choralar 
ko‘rildi. Bu davrda hammasi b o iib maydoni 65 mln ga atrofida boigan 
143 m ingta bosh chegaralash dachalari qayta chegaralandi.
1861-yil islohot asosida yerlarni tuzish Rossiyada kapitalizm ning 
rivojlanishi bilan bevosita b o g iiq edi. K repostnoy tuzum dehqon- 
chilikning o ‘sishiga, tovarliiigining ko'tarilishiga va intensivlashishiga 
to'sqinlik qilar edi. Qishloqlarda sinfiy kurashning kuchayishi, Yevropa 
va Amerikadagi radikal buijuaziya-dem okratik va burjuaziya-milliy 
o'zgarishlar podshoh hukum atini krepostnoy huquqni bekor qilishga 
va dehqonlar islohotini boshlashga m ajbur etdi. Islohotning maqsadi 
dehqonlarni shaxsiy qaram likdan ozod qilib, ularga pom eshchiklar 
yerlarining bir qismini rnulk qilib berish va ularning qishloq xo'jalik 
m ahsulotlarini yetishtirishdan manfaatdorliklarini oshirish edi. Bosh- 
lanishida dehqonlarga pom eshchiklar yerlarining bir qismi barshina 
va oborok m ajburiyatlari bilan berildi. Pom eshchik bilan yerni sotib 
olish shartnom asi im zolanganidan so‘ng, dehqonlar uning mulk- 
dorlariga aylandilar. Sotib olish faqat pom eshchiklar roziligi bilan 
amalga oshirildi, ular esa bu jarayonni cho'zishga intilishdi.
D ehqonlarning katta qismida yerni sotib olish uchun pui m ab- 
lag lari yo‘qligi sababli, talab etiladigan m ablag'ning 80 foizini dav­
lat to la d i. D ehqonlar bu qarzni foizlari bilan xazinaga 49 yil ichida 
qaytarishlari kerak edi.
Krepostnoy qaram likdan ozod b o ig a n dehqonlar yerlarini tuzish 
davrida quyidagi ishlar bajarildi: ajratiladigan yerning maydonini va 
undagi m ajburiyatlarni belgilash; nizom yorliqlarini tuzish; sotib 
olish tolovlari miqdorini aniqlash; yer uchastkalarini joylarda ajratish; 
dehqonlar yerlarini pom eshchiklar yerlaridan ajratish va chegaralash.
D ehqonlar yerlarini ajratish bo'yicha yer tuzish ishlarini o ‘t- 
k a z ish u c h u n p o m e s h c h ik la r o ‘z h is o b la rid a n x u su siy y e r 
o lch o v ch ilarin i taklif etishlari m um kin yoki bu tadbirlarni o'zlari
66


o 'tk az ish ar edi. D avlat m ahalliy dvoryanlar orasidan ularning 
lavsiyalari bo ‘yicha kelishtiruvchilarni belgilash bilan cheklandi. Ular 
p o m e s h c h ik la r h a ra k a tla rin i n a z o r a t e tib , d e h q o n la r b ila n
kelishtirishga h a ra k at q ilish a r edi. Q a to r h o llard a d e h q o n la r 
pom eshchiklarga ishonm asdan bajarilgan o ‘lchashlarni tekshirish 
uchun o ‘z hisoblaridan yer o ‘lchovchilarni taklif qildilar.
Barcha yer tuzish ishlari «Yer turlarining chegaralarini o ‘zgar- 
lirish yoki ajratish va sotib olingan dehqon yerlarini chegaralashdagi 
chegaralash ishlari tartibi to ‘g‘risidagi» qoidalar asosida olib borildi. 
Yerlarni geodezik asboblar yordam ida tasvirga olish bunda ko‘zda 
tutilm adi; uchastkalarni ajratish bosh yoki maxsus chegaralash 
planlari b o ‘yicha amalga oshirildi. Yerlar joylarda ham chegaralandi.
Rossiyada krepostnoy huquq bekor qilinganidan keyin ham 
o ‘z q o ‘lla rid a d av lat h o k im iy a ti b o sh q a ru v in i va k a tta yer 
boyliklarini ushlab tu rg an p o m esh ch ik lar sinfi saqlanib qoldi. 
D ehqonlarning yerdan ajralish jarayoni tezlashdi, ularning yerdan 
fo y d a la n ish i y o m o n la s h d i. Is lo h o t m a m la k a t iq tis o d iy o tin i 
k a p ita lis tik asosga o ‘tk a z ish g a y o rd a m la sh g a n b o ‘lsa h am , 
qishloqlarda krepostnoy qoldiqlarining k o ‘pligi qishloq xo ‘jaligi 
rivoilanishiga to 'sq in lik qildi. XX asr boshlarida yangi, yanada 
keskinroq agrar islohotlarga zaru rat tu g ‘ildi.
Stoiipin agrar islohoti 1905-yilgi revolyutsiyadan keyin darhol 
boshlandi. Uning asosiy maqsadi dehqon jam oalarini asta-sekin tuga- 
tish va xususiy yer mulkchiligiga o ‘tish edi.
K o‘p polosali mayda natural dehqon xo'jaligiga va yerlarni doimiy 
qayta taqsimlashga asoslangan jam oa yerdan foydalanishi aJlaqachon 
qishloq x o ‘jaligi rivojlanishiga to £sqinlik qila boshlagan edi. Qish- 
ioqiarda mulkiy tabaqalanish, k o ‘plab «baquw at xo‘jayinlar» ning 
paydo b o ‘lishi doim iy qayta taqsim lashlaridan ozod yer egaligini, 
m ashinalar va ilg‘or dehqonchilik tizim larini q o ‘llash esa uchast­
kalarni yiriklashtirishni, yerlarning polosa-polosa b o ‘lib h ar joyda 
joylashini va yerdan foydalanishning boshqa kam chiliklarini tuga- 
tishni talab qiiar edi. Bu sharoitda hukum at boshlang‘ich jarnoa- 
larni him oya qilish siyosatidan, b o ‘li;ngan dehqon chek yerlarida 
shaxsiy m ulkchilikni o ‘rnatish, dehqon yer egaiigi o ‘lcharnlaridagi 
cheklashiarni olib tashlash, b a q u w a t «quloq» xo‘jaliklariga davlat
67


yerlarini shaxsiy egalik qilish uchun sotish hisobiga, uni to ‘la buzish 
siyosatiga o ‘tdi.
Shaxsiy dehqon xo‘ja!iklarini rivojlantirish maqsadidaP.A.Stolipin 
h u k u m a ti q ish lo q lar orasidagi yerlarning p o lo sa-p o lo sa b o 'lib
joylashishini xutorlar va otrublar tashkil etish yo‘li bilan tugatish 
bo'yicha katta miqyosdagi yer tuzish tadbirlarini olib bordi. Bu katta 
xarajatlarni talab etdi. 1906-yildan 1913-yilgacha bo'lgan 7 yil ichida 
yer tuzish tashkilotlarining xarajatlari uchun 63 million so in g a yaqin, 
dehqonlarga ssudalar va yer tuzish bo'yicha yordam pullarini berish 
uchun 22 mln. so'm dan ko'p mablag' ajratiidi. Agar bunga melioratsiya 
ishlarining va agronom iya yordam ining xarajatlarini ham da davlat 
D e h q o n banki m ab lag 'larid an ajratilgan pullarni q o 'sh sak , bu 
xarajatlarning um um iy m iqdori 100 mln. so'm dan oshib ketadi. 
P.A .S tolipin Davlat dumasidagi m a'ruzasida «hukum at boshlagan 
yer tu zish nafaqat iqtisodiy, balki, c h u q u r ijtim oiy va siyosiy 
aham iyatga ega» degan edi.
Yangi yer tuzishda xutorlar va otrublarni tashkil etish, eskidan 
haydaladigan yerlarda dehqonlarning chek yerlarini ajratish hamda 
dehqonlarni m am lakatning sharqiy tum anlariga ko'chirish jaravoni 
ham ixtiyoriy, ham majburiy tarzda olib borildi.
Aholini ko'chirish agrar islohotning ahamiyatli qismi edi. Birin- 
chi-yillarda ko'chirilganlarga yordam pullari berildi, tem ir yo'llarda 
yurish bo'yicha imtiyozlar belgilandi, jam oadan erkin chiqishga ruxsat 
etildi. Shuning uchun ko'chm anchilik harakati Rossiyaning barcha 
m arkaziy guberniyalarini qainrab oldi. Agar 1906-yilgacha har yili 
o 'rta ch a 70 ming odam ko'chirilgan bo'lsa, 1906-1911 -yillarda 500 
ming odam ko'chirildi. Biroq taxm inan 1909-yildan boshlab ko'p 
ko'chirilganlar orqaga qayta boshladi. D avlatdan yetarlik darajada 
yordam olm asdan, aksariyat hollarda o'rm o n lar, botqoqliklar, qalin 
tayga ichida suvsiz va to 'la yo'lsizlik sharoitida, kam unum li yerlarda 
xo'jalik yuritishni eplay olmay, ular tezda xonavayron bo'lishdi, 
qishloqdagi batraklar va shaharlardagi ishsizlar qatoriga qo'shilis’ndi. 
Rossiya bo'yicha orqaga qaytgan ko'chirilganlar oqimi 1910-yilda 30- 
40 foizni, 1911 -yilda esa 60 foizni tashkil etdi.
Islohotni o'tkazishning 10 yili ichida xutor va otrublar 16 mln 
desyatina yerda 1,6 mln. dehqon xo'jaliklari (ularning um umiy soniga
68


nisbatan 10,5%) uchun tashkil etildi. Ulardan faqat 18,5 foiz bank 
va davlat yerlarida, qolganlari dehqonlarning chek yerlarida tuzildi. 
Shu bilan bir qatorda, qishloqlar ichidagi guruhlarda qishloqlararo 
va egaliklararo yer tuzish amalga oshirildi, u, asosan, qishloq xo‘ja- 
!igini oqilona tashkil etish maqsadida yerdan foydalanishda tartib 
o ‘rnatish masalasini yechdi.
Stolipin islohoti qishloq xo‘jaligida m a’lum rnuvaffaqiyatlarga 
olib keldi. Dehqonchilikning kapitalizatsiyalanishi tezlashdi. Yangi 
mashinalar va m ehnat qurollari, xo‘ja1ik yuritishning ilg'or tizimlari 
keng qoMlanila boshlandi, ekin maydonlari kengaydi (ayniqsa texnik 
ekinlarning). Agar birinchi 3-yilda xo‘jaliklarning tubdan buzilishi 
natijasida qishloq xo‘jalik m ahsulotlarining o ‘sishi sezilarli darajada 
bo‘lmasa ham, keyinchalik u ancha ko‘paydi. M asalan, yetishtirilgan 
g‘allaning um um iy hajmi 1904-1910-yillarda 1895-1900-yillarga 
nisbatan 19%, 1911-1912-yiIlarda esa 34% oshdi.
1913-yilda Rossiyada yetishtirilgan yalpi don hosili, asosiy don 
eksport qiluvchi davlatlar - Argentina, Kanada va AQSHning birgalikda 
yetishtirgan don hosilidan uchdan bir hissaga ko‘p edi. H ar yili 
c h et ellarga 600-700 m ln pud don sotildi; b u n d a n tash q ari, 
Rossiyaning hissasiga tuxum bo ‘yicha jahon eksportining 50 foizga va 
jahonda ishlab chiqariladigan zig'irning 80 foizga yaqini to ‘g‘ri keldi. 
1913-yilda chet davlatlarga 5,8 mln. pud sut mahsulotlari, asosan, 
hayvon y o g lari sotildi.
K o'zlangan agrar o'zgartirishlarni tugatishning iloji bo'lm adi; 
ular birinchi jahon urushi, keyinchalik esa 1917-yildagi to ‘ntarish 
natijasida to ‘xtab qoldi.
0 ‘rta Osiyoda mulk va dehqonchilik shakllari ming yillar davomida 
aytarlik o ‘zgarmadi. Butun yer shariatga ko‘ra davlatga, xonga, amirga 
qarashli b o ‘lib, aholiga foydalanish u ch u n turli shartlar bilan 
berilar edi.
Yerdan foydalanishning aniq m e ’yorlari va puxta tashkil etilgan 
m axsus y er m a s a la la ri b o ‘y ic h a m u a ss a sa la rn in g y o 'q lig i, 
m a’m urlarning o ‘zboshim chaligi ham da yer egaligi shartnom a 
hujjatlarining yo‘qligi yer-suv m unosabatlarida chalkashliklarga olib 
keldi va ular murakkablashib bordi. Ayni vaqtda yerning badavlat 
tabaqalar qo ‘lida to'planishi va yirik zam indorlar sinfining shakllanish 
jarayoni tezlashdi.
69


Ruslarning O 'rta Osiyoni zabt etishi 1853-yilda Q o 'q o n xonligi- 
ning qal'asi Oqt m achitni bosib olishdan boshlandi.
1865-yilgi sentabr oyida Toshkentning Rossiya imperiyasiga qo‘shib 
olinganligi rasm an e ’lon qilindi. 1867-yilning o'rtalarida Turkiston 
general-gubernatorligi tuzildi.
R espublikam iz hud u d i bosib olingandan keyin birinchi-yillarda 
m avjud yer eg alik lari va yerdan foydalanish sh ak llari saqlab 
qolindi, faqat soliqlar Rossiya imperiyasi xazinasiga tusha boshlandi. 
1869-yildan boshlab Rossiyadan dehqonlarni k o 'ch iiib olib kelish 
bo sh lan d i va yer m u n o sab atlari Rossiya im periyasi q o n u n va 
qarorlari asosida tartib g a solina boshlandi. 1888-yildan boshlab 
Sirdaryo, Sam arqand va Farg‘ona yerlari xaritaga tushirila boshlandi. 
Shu bilan bir q a to rd a yerlar foydalaniladigan va foydalanilm ay- 
digan qism larga ajratildi.
T o ‘ntarilishdan oldingi davrdagi yer tuzishning asosiy bosqichlari 
tahlili quyidagi m uhim xulosalarni chiqarish im konini beradi.
1. Barc'na ijtim oiy-iqtisodiy formatsiyalarda yer tuzish davlat qo ‘- 
lidagi yerga b o ‘Jgan m ulkchilik huquqini mustahkam lashga, yerdan 
foydalanishni tashkil etish va uni taqsimlashga, davlatning yer siyo- 
satini hayotga tatbiq etishga qaratilgan qurol hisoblanadi.
2. Avvalo, o ‘lchashlar, yer ajratishlar, yerlarni chegaralash va 
yer m ulkchiligi huquqini berish bo'yicha so f texnik va huquqiy 
m aqsadlarni k o ‘zlab, yer tuzish keyinchalik m urakkab ijtim oiy- 
iqtisodiy hodisaga aylandi. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning 
iqtisodiy m a n fa a tla ri faqat u larn in g h u q u q la rin i berish bilan
cheklanm aydi; yerlarning unum dorligi. joylashgan о i n i , ularning 
shakli, yer tu rlari tarkibi va boshqalar bilan b o g iiq m asalalar 
kelib chiqadi.
Yer tuzishning ijtim oiy-iqtisodiy mohiyati, nafaqat, yerdan foy­
dalanish bo'yicha munosabatlarda, balki bu yer munosabatlari amalga 
oshiriladigan yer tuzilishining yoki hududi tashkil etilishining aniq 
shakllarida nam oyon b o ia d i. Masalan, yerga b o ig a n mulkchilik mu- 
nosabati har xil turdagi yer egaliklari va yerdan foydalanishlarda 
(pom eshchik, votchina, dehqon va boshqalar) nam oyon b o ia d i.
Yer tuzish qayerda o'tkazilishidan q a t’iy nazar ham m a vaqt 
tashkiliy-xo'jalik mazmuniga va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boiadi, 
bu uning xo'jalik iqtisodiga ta ’sir etishini ko'rsatadi.
7
°


3. 
Yer tuzish davlatning iqtisodiy va agrar siyosati quroli sifati­
da, asosan, boshqa iqtisodiy, tashkiliy va texnik choralar: investitsiya 
siyosati, iqtisodiy ra g 'b atla n tirish , k o ‘ehirishga yordam lashish, 
yerlarni melioratsiyalashni maqsadli o ‘tkazish bilan kuchaytiriladi.

Download 6.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling