S avezbayev, S. N. Volkov
О ‘zbekistonda yagona yer siyosati yangi Yer kodeksiga asoslanadi
Download 6.41 Mb. Pdf ko'rish
|
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s
О ‘zbekistonda yagona yer siyosati yangi Yer kodeksiga asoslanadi.
Yer tuzish, yer kadastri, yer m onitoringi b o ‘yicha ishlarni bajarish, yer islohoti davrida yer m unosabatlarini davlat to m o nidan tartibga solish uch u n 0 ‘zbekiston hukum ati tarkibida Davlat yer resurslari q o 'm itasi tashkil etildi. 1998— yili yangi Yer kodeksi qabul qilindi. X o‘jalik yuritishning ko‘p ukladli shakliga va bozor m unosabat- lariga o ‘tish natijasida ishlab chiqarishning, ayniqsa, agrosanoat sohasida, rivojlanishiga to ‘sqinlik qiluvchi, qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtiruvchini yerdan ajratuvchi yerga b o ‘lgan davlat mulkchiligi yakka hokimligi buzila boshladi. Ferm er xo‘jaliklarini tashkil etish jarayoni davom etm oqda. 2003—yilning oxiriga kelib respublika bo‘yicha 80 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Sanatsiyadan nochor chiqqan, zarar bilan ishlayotgan va kam rentabelli xo‘jaliklar tugatilib, ularning yerlarida ferm er xo‘jaliklari tuzildi, 1992-yildan boshlab xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o'tish sababli, kolxozlar va sovxozlarni qayta tashkil etish bo'yicha yer tuzish ishlari boshlab yuborildi. Dastlab bozor lqtisodi sharoitida o ‘zini oqlamagan davlat xo‘jaliklari - sovxozlar tugatilib, ular o ‘m ida jam oa va fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Keyinchalik jamoa xo' jaliklanni qishloq xo"jalik shirkatlariga aylantirish bo ‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Yangi tashkil etilgan xo ‘jaliklarga ularning yerga b o ‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni berish ishlari ham olib borildi. Yer islohoti yer tuzish ishlarining yangi turlari paydo b o ‘lishiga olib keldi; ularning hajm i sezilarli oshdi, m azm uni o ‘zgardi. Yer 6 — 2 H 81 tuzishga hozir yangi talablar qo'yilm oqda; ularning asosiylari sifatida quyidagilar sanab o'tiladi: 1. Yer o'zgarishlarim amalga oshirishda vaziyatning nazoratdan chiqishiga, y erlarn i asossiz qayta taqsirnlash va chegaralashga, hududni tashkil etishda noqulayliklar paydo bo'lishiga, hududiy kam chiliklar kelib chiqishiga yo‘l qo'ym aslik uchun qishloq xo'jalik korxonalari va xo'jaliklar yer mulkchiligini yaratish va qayta tashkil etish bo'yicha barcha o'zgarishlar faqat yer tuzish yordamida va ikki bosqichda amalga oshirilishi kerak. Yer tuzish loyihalarini ishlashdan o ld in u m u m iy y e c h im la rn i b e ra d ig an , y er tuzish ch izm alari shaklidagi loyiha oldi ishlari, bosh ehizm alar va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi kerak. Yer tuzish ish larin in g asosiy tu rlari albatta davlat to m o n id an moliyalanishi va ayrim yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning xohishiga bog'liq bo'lm asligi kerak. 2. Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yangi shakllarini yaratish asosiy ishlab chiqarish fondlarining, m ehnat va moliyaviy resurslarining, tabiiy va iqtisodiy sharoitiarning mavjudligini hisobga olib amalga oshirilishi kerak; faqat shunday vaziyatdagina qishloq xo'jaligining ishlab ch iq arish salohiyatiga zarar yetkazilm aydi. H ozircha bu talab to 'la bajarilmayapti, bu yerlarni paylarga mexanik tartibda bo'lishga, fondlarni nom iga qayta taqsim lashga, ishlab chiqarishning tarkibi va turg'unligi buzilishiga olib keladi. M asalan, Rossiya Federatsiyasida yer islohotining birinchi bos- qichida tuzilgan dehqon (ferm er) xo'jaliklari o'lcham larini tahiili shuni ko'rsatadiki, bitta xo'jalikka ajratilgan yerning o'rtacha m ay doni 42 ga ga teng bo'lib, m intaqalar bo'yicha 1,4 dan 250 ga o'zgarib turadi. Bunda bu m aydonning xo'jalik ixtisosligiga, ularning fondlar bilan qurollanis'n va m e h n at resu rslari bilan t a ’m inlanishiga, yerlarning sifatiga bog'liqligi um um an ko'rinmaydi. Bundan tashqari, ferm erlar davlat tom onidan yetarlik qo'llab-quw atlanm aganligi va moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli og'ir iqtisodiy ahvolda qoiib, yaqin kelajakda qishloq xo'jalik m ahsulotlarining asosiy yetishtiruvchilariga aylana olishmaydi. Shu sababli, yer tuzish jarayonida kolxoz va sovxozlarni qayta tashkil etishg?. to 'g 'ri yondoshish kerak; birinchi navbatda hududning 82 va ishlab chiqarishning tashkil etilishini keskin buzm asdan, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning iqtisodiy rnexanizm ini (baholar, soiiqlar, imtiyozli kred itlar va sh .o ‘.) joriy etish kerak. D avlat m anfaatlaridan kelib chiqib, bir inartalik katta investitsiyalarni talab etmaydigan shaxsiy toinorqa xo‘jaligini, jam o a bog‘dorchiligi va polizchiligini, ijara korxonalarini, xo ‘jalik yuritishning boshqa shakllarini rivojlantirish kerak. 3. B ozor rnexanizm ini jo riy etish yer tuzish loyihalarining axborotlik aham iyatini keskin oshirdi, u lard a yerlarning sifati, unum dorlik va hududiy xususiyatlari (unum dorligi, joylashgan o ‘rni, madaniy-texnik ahvoli va boshqalar) to'g^risidagi m a’lumotlar bo‘lishi kerak. Bu yer m unosabatlarini tartibga solishning ta ’sirli mexaniz- mini (yer solig‘ining va yer uchun ijara haqining tabaqalashtirilgan m e’yorlari, xo'jalikda ichki hisob-kitob uchun baholar) yaratishga va yer, tabiatni muhofaza qilish, o ‘rm on qonunchiliklari qismi bo‘yicha xo‘jalikka biriktirilgan yerlardan foydalanish tartibini aniqlovchi, asoslangan talablarni belgilashga yordam beradi. 4. Yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etishda va mavjudlarini tartibga solishda, yer uchastkalarini joylarda ajratishda va ular chegaralarini chegara belgilari bilan m ustahkam lashda, yerga b o ‘lgan mulkiy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarini berishda, yerni har xil tasvirga olishlarni, izlanish va qidiruvlarni o ‘tkazishda barcha m e’yoriy texnik sharoitlarga (yagona koordinatalar tizimi, o ‘lchash aniqliklari va xatolari bo'yicha talablar) rioya qilinishini ta ’minlash kerak. Faqat shunday vaziyatda o‘lchash m a’lumotlari jam lanishi va axborotlarni EHM da qayta ishlashning avtomatlashgan texnologiyalari uchun keyinchalik foydalanilishi mumkin. Bozor sezilarli darajada qishloq xo‘jalik korxonalarida yer tuzishni loyihalash usulini ham o'zgartiradi. Agar oldinlari loyihachining asosiy vazifasi davlat buyurtmasini (m ahsulot yetishtirish bo ‘yicha rejasini) aksariyat hollarda, xo‘jaliklar bioiqlimiy resurslari va ishlab chiqarish salohiyatlarini hisobga olm asdan yer resurslariga bog‘lashdan iborat b o ‘lsa, hozir um um an boshqacha yondashish zarur. H ududning agroekologik xususiyatlaridan, bozor talabidan, xo‘jalikning ishlab chiqarish salohiyati va kelajakdagi rivojlanishidan kelib chiqib, yer tuzish iqtisodiy samaradorlikka, resurslar b o ‘yicha balanslangan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish dasturiga asoslangan b o iish i kerak. 83 M am lakatda ekologik vaziyatning keskirilashishi yer tuzishda loyi- halanadigan hududiy tabiiy-xo‘jalik m ajm ualari iste’mol jarayonlari - resurslarni tiklash masalasi bo'yicha balanslangan b o ‘lishini talab etadi; yana tabiatni m uhofaza qilish va ekologik m ezonlarning ishlab chiqarish m ezonlari ustidan aniq ustivorligi zarur. Download 6.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling