S avezbayev, S. N. Volkov


Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi


Download 6.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/85
Sana04.11.2023
Hajmi6.41 Mb.
#1747636
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s

2. Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi.
Yer tuzish iqtisodiy, huquqiy va texnik harakatlar yigindisini 
o ;zida mujassamlashtiradi, lekin uning m ohiyati ham m a vaqt ham 
uning tashqi ko ‘rinishlari orqasidan ko‘rinavermaydi. Yer tuzish 
avvalo iqtisodiy tadbir b o ‘lib, huquqiy va texnik harakatlar yordamida 
amalga oshiriladi. Shuning uchun u ko ‘pchilik hollarda toza texnik va 
huquqiy operatsiyalar yiglndisiga o ‘xshab ko‘rinishi mumkin.
Yer tuzish natijasida jism oniy va yuridik shaxslarning yerning 
m a’lum uchastkalariga bo'lgan huquqlari paydo bo‘Iishi yoki o ‘zgarishi 
mum kin, u texnik (geodezik) harakatlar yordam ida belgilanadigan 
chegaralarning o ‘rnatilishi yoki o'zgarishi bilan yakunlanadi. Yer 
egaliklari (yerdan foydalanishlar) chegaralari yer egasining (yerdan 
foydalanuvchining) yerga b o ig a n huquqlarining hududiy chegarasi 
hisoblangan chiziqning joylardagi aniq o ‘rnini o ‘zida ifodalaydi. Yer 
egaliklari yoki yerdan foydalanishlar ichida, geodezik vositalar 
yordamida, har xil xo'jalik ahamiyatiga ega (dalalar, yer turlari) 
yer uchastkalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaralar o ‘tkaziladi. 
Bu chegaralar qishloq xo'jalik korxonasining normal faoliyat ko ‘r- 
satishi uchun ham zarur. Yer tuzishning tashqi ko'zga tashlanadigan 
nam oyon b o lis h shakli shunday, u o ‘z -o ‘zidan juda aham iyatli 
bolishiga qaram asdan uning mohiyatini aks ettirmaydi.
Yer tuzishning m ohiyati uning iqtisodiy m azm uni bilan aniq­
lanadi, u avvalo, yerdan ishlab chiqarish vositasi va iqtisodiy aloqalar
103


obyekti sifatida foydalanishni va m uhofazalashni tashkil etishdan, 
ham da ishlab chiqarish va ijtim oiy m asalalarni yechish uchun 
h u d u d n i tu z ish d a n iborat. Yer tuzish qishloq xo'jaligi ishlab 
c h iq a ris h in i ta sh k il etish b ilan o rg a n ik b o g ‘la n g an , b o sh q a 
tarm o q lard a esa kam roq darajada bog‘langan; u ishlab chiqarish 
jaray o n larin i am alga oshirish uchun hududiy asosni ham yaratadi. 
N ih o y a t, h a r q a n d ay k o rx o n a, m uassasa, ta sh k ilo t, faoliyat 
k o 'rsatish i va o ‘z vazifalarini bajarishi uch u n yer uchastkasi - 
yerdan foydalanishi zarur, u yer tuzish yordam ida tashkil etiladi; 
shuning u c h u n yer tuzish iqtisodiy jih atd an ishlab chiqarishni 
joylashtirish m asalalari bilan cham barchas bog‘liq.
H u d u d n i tashkil etishning b a rc h a shakllari va elem en tlari 
(chegaralar, m aydonlar, shakllar, yer uchastkalarining joylashishi, 
tarkibi) ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va talablariga, uning 
rivojlanishi va sam aradorligining oshishiga ham da undan oqilona 
foydalanishni va uni muhofaza qilishni albatta ta ’minlash bilan ishlab 
chiqarish jarayonlarini bajarish texnologiyalariga to ‘la mos kelishi 
kerak. Shu m aqsadda ayrim uchastkalarga ma.'lum m aydon va shakl 
beriladi, joylarda qutb tom onlariga nisbatan joylashishi belgilanadi. 
Bular ham m asi avvalo yerdan foydalanishning tu rg ‘un iqtisodiy 
natijalariga erishish uchun qilinadi.
Yer tuzishning aham iyatli tom onlaridan biri - u ham m a vaqt 
huquqiy m azm unga ega. Yer m ulkdorlari, yer egalari va yerdan 
fo y d alan u v ch ilarn in g m a ’lum yer uchastkalariga h u q u q lari va 
m ajburiyatlari ham d a bu uchastkalardan foydalanish tartibi va 
xarakteri, bundan kelib chiqadigan shaxslarning o ‘zaro majburiyatlari 
belgilanadi. Q onunda belgilangan tartibda yer uchastkalariga huquq 
beriladi, bu huquqni tasdiqlovchi hujjat tayyorlanadi va beriladi. 
Yer tuzishni o ‘tkazishning va unga kiradigan ishlar tarkibining beigili 
tartibi ham mavjud.
Yer tuzishning huquqiy asosi o ‘ziga qonunlar va qonun asosidagi 
aktlam i olgan yer qonunehiligi hisoblanadi.
Qonun bu m amlakat qonun chiqaruvchi yuqori organi yoki 
fuqarolaming to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ovoz berishi (referendum) bilan qabul 
qilingan va eng asosiy ijtimoiy (shu jumladan, yer) munosabatlarini 
tartibga soluvchi me ’yoriy aktdir.
Q onun boshqa m e’yoriy aktlarga 
nisbatan huquqiy kuchga ega, bu quyidagilarda ko‘rinadi:
104


• B archa qonu n n i toMdiruvchi aktlar (farm onlar, qarorlar, 
farm oyishlar, buyruqlar va boshqalar) mavjud qonunlarga to ‘la mos 
b o ‘lishlari kerak;
• Q o n u n
f a q a t
o l i y
q o n u n
c h i q a r u v c h i
o r g a n
(re fe re n d u m d a qabul q ilin g a n la ri - faq at re fe re n d u m b ila n ) 
to m o n id a n b e k o r q ilin ish i, b o sh q a h a r q a n d ay m e ’yo riy akt 
q o n u n b ila n o ‘z g a rtirilish i m u m k in ;
• Yer m unosabatlarini tartibga solish, korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish bo ‘yicha 
barcha organlar faoliyati bu sohada m am lakat qonunlari bilan mos 
tarzda amalga oshiriladi.
Davlat yer tuzum ining asoslarini belgilovchi eng aham iyatli 
qoidalar O 'zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasida keltirilgan. 
Boshqa qonunlardan yer tuzish uchun birinchi ciarajali ahamiyatga 
0 ‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» ega.

Download 6.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling