S avezbayev, S. N. Volkov


Download 6.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana04.11.2023
Hajmi6.41 Mb.
#1747636
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s

Nazorat savollari
1. N itn a u c h u n yer tuzishga obyektiv ijtim oiy-iqtisodiy hodisa sifatida qarash kerak?
2. Y er tu z ish n in g asosiy rivojlanish qo n u n iy atlari qanday?
3. N im a u c h u n yer tu z ish ishlab c h iq arish n in g h ar qan d ay ijtim oiy usulining 
tarkibiy qisrni h isoblanadi?
4. Y er tu z ish n in g davlat m a q o in i n im alard a k o ‘rinadi?
5. Yer tuzish o ‘z rivojlanishida ijtim oiy ishlab chiqarish talablarini qanday aks ettiradi?
6. N im a sababii yer tuzishning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yer tuzish fani kerak?
96


VII bob
YER T U Z IS H T U S H U N C H A S I VA U N IN G M A Z M U N I
1. Yer tuzish ta ’rifi.
Yer tuzish - murakkab ijtim oiy-iqtisodiy hodisa; unga kiradigan 
tad b irlar tarkibi tarixiy rivojlanish jara y o n id a o ‘zgarib boradi. 
Professor P .N .P ersh in o ‘tgan asrning 20 -ch i yillaridayoq, yer 
tuzish - o'tkaziladigan vaqti va joyi sharoitlariga bog‘liq holda judayam 
o ‘zgaruvchan qadimiy hodisa degan edi. Professor A.V.Chayanov 
ta ’kidlaganidek yer tuzish tushurichasiga rus adabiyoti va nutqida 
har xii m azm un yuklatilgan. Shu sababli, yer tuzishning Zamonaviy 
ta’rifini berish uchun unga tarixiy nuqtayi nazardan yana bir m arta 
qarash, bu tushunchaga qanday m a 'h o berilganligini aniqlash kerak. 
U yana h ar xil a tam ala r («chegaralash», «yer o ‘lehash», «yer 
b o ‘vicha tuzish», «yer tuzish») bilan ham ataldi. «Yer tuzish» 
atam asining o ‘zi professor F.G. Nekrasov fikri b o ‘yicha 1906-yil 
paydo bo ‘ldi va oldin ishlatilib kelingan «chegaralash» atam asini 
o ‘zining tarkibiy qismi sifatida almashtirdi.
Yuqorida k o ‘rsatilganidek, to'ntarishdan oldingi yer tuzish asosan 
chegaralashdan - yer egaliklarining chegaralarini joylarda belgilash 
va huquqiy rasmiylashtirishdan iborat b o id i. M asalan, 1766-yilgi 
yo‘riqnoma bo ‘yieha Bosh chegaralashning asosiy vazifasi quyidagidek 
«yer egaliklarining to ‘g'ri va e ’tirozsiz chegaralarini belgilash yor- 
damida egalarining tinchligini tasdiqlash» edi. Unga S.P.Kavelin quyidagi 
ta ’rifni berdi: «Davlat chegaralashi yer mulkchiligi chegaralarini 
moddiy va hujjatli m ustahkam lashga va ular ichidagi yerlar sotiini 
(m avdonini) aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yi- 
gcindisini o ‘zida m ujassamlashtiradi» (M .M .Ш ульгин. Землеус­
тройство и переселение в России в XVIII и первой пололвине 
Х1Хв. М.: Изд. М осковского М ежевого институ
1
’а, 1928. 128 с.; 
С .П .К а в е л и н . М е ж е в а н и е и з е м л е у с т р о й с т в о М .: И зд. 
Ю ридического книж ного м агазина «Проведение», 1914. 129- 
150 с.). Boshqacha aytganda, chegaralash bu, asosan, hududlar va 
yer egaliklari chegaralarini egalari huquqlarining hududiy chegaralari 
sifatida belgilashdan iborat yer tuzishning elem entar shaklidir. Bunda
7 - 28
97


yer uchastkalari va ularning chegaralari, asosan, statik (o ‘zgarmas) 
nuqtayi nazardan, ularni o ‘zgartirish va yaxshilash maqsadisiz qaraldi.
Y er tu zish y u q o ri rivojlanish shakliga XX asrning bo sh id a 
Stolipin agrar islohotlarini o'tkazishdaerishdi.Endi, nafaqat yerlarni 
chegaralash, balki yer uchastkalarini (yer egaliklarini) maqsadga 
muvofiq joylashtirish va ularga xo‘jalik yuritish uchun quiay shaki 
berish masalalari ham q o ‘yildi. Shunday qilib, nafaqat texnik va 
huquqiy, balki iqtisodiy m uam m olarni ham yechish zarur bo‘ldi. 
N ih o y a t S to lip in islo h o ti m a ’lum siyosiy (n a fa q a t iqtisodiy) 
maqsadlarga erishishga qaratilgan edi. Shu bilan to ‘ntarishgacha yer 
tuzishning m azm uni asosan tugadi.
20-yillarda yer tuzish texnik tom ondan oldingi vazifalarini asosan 
saqlab qoldi, biroq u ko‘proq darajada ijtimoiy va iqtisodiy ishga aylandi. 
R SFSR ning «Yer kodeksi»da «Yer tuzish xo‘jalik-texnik maqsadga 
muvofiqligi talablariga va yerga bo‘lgan huquqlariga mos ravishda yangi 
yerdan foydalanishlarm tashkil etish va mavjudlarini tartibga solish 
vazifalariga ega» deb ko'rsatilgan. 0 ‘sha vaqtlarda u yerning xusu­
siyatlarini o ‘zgartirishi, hosildorlikni oshirishi, dehqonchilikda mehnat 
unum dorligini o ‘stirishi va ularga ta ’sir etishi m um kin emas deb 
hisoblanar edi. Bular agronom iya va texnika ishlari edi. Yer tuzish 
yerdan foydalanishlarni ularni oqilona joylashtirish, ularga optim al 
o ‘lcham lar berish, ularning kamchiliklarini tugatish yo‘li bilan to‘g‘ri 
ta s h k il e tis h n a tija s id a iq tis o d iy s a m a r a y a r a tis h i k e ra k
(А .А Рж аницы н. Теория и практика землеустройства. М.: Новая 
деревня, 1928. 57, 116 с.). O 'sha yillarda professor P.N .Pershin 
yer tu z ish n i « h u d u d n i, y e rn in g ustki y u z asin i u n d a n ishlab 
chiqarisbda foydalanish uchun o ‘lchamlariga, yer turlari tarkibiga va 
jovlashish shakllariga nisbatan m oslashtiruvchi harakat» sifatida 
aniqiab, «bunday m oslashtirish yana bitta, xarakterli belgiga ega, 
bunda yerning tabiiy xususiyatlari (tuproq, relyef, o ‘simlik dunyo- 
si, suv re jim i va b o s h q a la r ) o ‘z g a rm a y d i» d eb h is o b la d i 
( П . Н .П е р ш и н . 
С о ц и а л ь н о - э к о н о м и ч е с к а я
т е о р и я
землеустройства / / На аграрном ф ронте, 1925 № 5-6. 42. - 43 
с.).
U vaqtdagi yer tuzish faqat xo‘jaliklararo (qishloqlar orasida va 
qishloqlar ichida) edi.
98


Biroq keyinchalik, uning harakat doirasiga yangi prinsipial 
masalalar q o ‘shiladi. M asalan, 1928-yil dekabrida qabul qilingan 
<lo‘g‘risida»gi hujjatda «yer tuzish ko‘p polosalikka uzoq yerlarga va 
boshqa yerdan foydalanishdagi kamchilikJarga qarshi kurashishga, 
yax shilan g an alm a sh la b ek ish larg a o ‘tish g a, y erlarn i tu b d a n
yaxshilashga, yerlarni xo‘jalik uchun o ‘zlashtirishga yordam berishi 
kerak» deb aytilgan edi. Bu vazifalarni bajarish u ch u n b itta
xo‘jaliklararo yer tuzish va uning usullari endi yetarlik emas edi. 
Chegaralari belgilangan va turg‘un b o ig a n yerdan foydalanishJar 
ichiaa yerdan foydalanishni yaxshilash va tashkil etish bo'yicha 
harakatlar zarur edi. Shunday qilib, qishloq xo ‘jalik korxonalarida 
(kolxozlar va sovxozlar) xo'jaliklarda ichki yer tuzish paydo b o ‘ldi. 
Uning mazmuni, asosan, 30-yillardayoq aniqlandi. Urushdan keyingi 
yillarda esa yanada rivojlantirildi. Uning usullarini ishlashga ham asosan 
olimlar va am aliyotchilar e ’tibori qaratildi.
Yer tuzuvchilarga ayniqsa qishloq xo'jaligida, m a’lum korxonalar 
hududida yerdan foydalanishni tashkil etishga bog‘Jiq yanayam
kengroq doiradagi masalalarni yechishga to ‘g‘ri keldi. H ar bir yer 
uchastkasining m o'ljallangan maqsadi, o ‘lcham lari, shakli, oqilon^ 
joylashishi aniqlandi. Y erlarning unum dorligini, yer turlarining 
rnahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarishning tashkiJ etilishini, 
texnikadan foydalanishni yaxshilash uchun hududiy sh aro itlar 
yaratiidi. T o ‘g‘ri almashlab ekishlarning dehqonchilik m a’daniyatini 
k o ‘ta ris h n in g a h am iy atli vo sitasi sifa tid a jo riy e tilish ig a va
о zlashtirilishiga katta e’tibor berildi. X o‘jalikJarda ichki yer tuzishning 
bu masalalari hozirgi vaqtda ham rivojlanishni davom ettirmoqda.
H ududni eroziyaga qarshi tashkil etishni, yer tuzish tarkibida va 
yechimlari asosida tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo'yicha tadbirlar 
m ajm uasini ishlashni keyingi aham iyatli qadam deb hisoblash 
mumkin. Shunday qilib, yer tuzish yerning tabiiy xususiyatlarini 
o ‘zgartirish va yaxshilash masalalarini to ‘la hajmda yecha boshladi va 
iqtisodiy, huquqiy, texnik xarakterdagi ishlar chegarasidan ancha 
uzoqqa chiqdi.
0 ‘tgan asrning 70-80-yillari yana bitta o ‘zgarish jarayoni - yer 
tuzish obyektlarining hududiy kengayishi, ayrim yerdan foydala-
99


Professor F.G .N ekrasovning 1926-yilda chop etilgan «Yer tuzish 
asoslari» kitobida o 'n d a n ortiq yer tuzishga har xil m ualliflar -
O.A.Xauke, A.A.Kofod, I.Y e.G erm an, P .N .R udin, P.N .P ershin, 
A.V.Chayanov va boshqalar tom onidan berilgan ta ’riflar keltirilgan. 
Q ato r keyingi t a ’riflar S .A .U dachinning «Yer tuzishning ilmiy 
asoslari» darsligida (1965 y.) keltirilgan.
Ayrim mualliflar yer tuzish yer m unosabatlarini tartibga soladi 
va o'zgartiradi deb hisoblashadi, bunday yondashuv bilan kelishish 
mum kin emas, sababi, yer tuzish o ‘zi ijtimoiy m unosabatlar tizimi 
ta ’siri ostida rivojlanadi va amalga oshiriladi. Shu vaqtning o'zida yer 
tuzish, yerdan foydalanish va unga egalik qilish bilan bog'liq m uno- 
sabatlarni o'zgartirishda so‘zsiz qatnashadi; biroq aniqroq qilib aytsak, 
yer m unosabatlarini emas, balki yerdan foydalanishlarni va yer ega- 
Iiklarini tartibga soladi.
Boshqa ta ’riflarda yer tuzish - bu yerni m a’lum xo‘jalik maqsad- 
lariga moslash deb aytiladi. Bizning davrimizda bunday yondashuv 
bir tornonlam a hisoblanadi. Inson doimo yerga moslashishga, mavjud 
yer resurslari va ekologik cheklashlarga qarab eng yuqori ishlab 
chiqarish va ijtimoiy sam ara olish uchun o ‘z maqsadlarini o'zgar- 
tirishiga to ‘g‘ri keladi.
Yer tuzish fani va amaliyoti m a’lum otlariga asoslanib, ham da 
y u q o rid a k o 'rib c h iq ilg a n y erd an fo y d a la n ish n i tashkil etish 
tushunchasini e ’tiborga olib, zamonaviy yer tuzishga quyidagi qisqa 
ta ’rifni berish mumkin.

Download 6.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling