С bo’lgan gaz aralashmasidagi ammiak


7. Atrof muhitni muhofaza qilish


Download 283.45 Kb.
bet10/11
Sana25.03.2023
Hajmi283.45 Kb.
#1295240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Akmaljon Mehmonaliyev

19

7. Atrof muhitni muhofaza qilish
Texnologik jarayonni qisqa tavsifi. Texnologik jarayonni xavfsilik darajasini aniqlash uchun fizika – kimyoviy parametrlar bosim, daraja va moddaning kontsentratsiyasi muxim axamiyatga ega.
Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar uchun chegaraviy yo’l qo’yiladigan konsentratsiyasining sanitariya normalari tasdiqlangan bo’lib, aholi yashaydigan hududlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan, turar joy uylari qurilishlarida yo’l qo’yiladigan shovqin darajasi qiymatlari, infratovush va past chastotali shovqinni yo’l qo’yiladigan darajasi belgilangan. Gidrometriologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo’yicha Davlat qo’mitasi quyidagilarni ishlab chiqqan: havoni muhofazalash chora tadbirlarini kelishish, ekspertizadan o’tkazish va loyihaviy yechimlari bo’yicha atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga ruxsatnomalar berish to’g’risidagi yo’riqnomalar, korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar konsentratsiyasini hisoblash metodikasi, «Noqulay metrologik sharoitlarda chiqindilarni tartibga solish», atmosfera ifloslanishini hisoblashning unifikatsiyalashgan dasturi yaratilgan.
Respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo’yicha butun mas’uliyat Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga yuklatilgan. Tashqi muhit bilan o’zaro bog’lanmagan va uning ta’sirida bo’lmagan tirik organizmning hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit omillari jonli (inson) organizmiga
20

uch xil: minimal, optimal va maksimal darajada tapsir etadi.


Yuqorida aytilganlardan shular kelib chiqadiki, neft va gazni qayta ishlash korxonalarida jihozlarni o’rnatish va ta’mirlash ishlarida ham har xil turdagi chiqindilar havoga va suvga tashlanadi. Neft va gaz sanoati boshqa sohalardan o’zining ish sharoitining o’ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Agar ishlab chiqarishda noto’g’ri munosabatda bo’lsak, unda noxush hodisalarga: portlash, yonish, zaharlanish, hattoki o’lim holatlariga ham olib kelishi mumkin. Bu borada neft va gazni qayta ishlash tizimida ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etishda mehnat va atrof-muhitni muhofaza etish choralarini amalga oshirish talab etiladi. Mehnatni to’g’ri tashkil etish borasida maxsus ishlab chiqarish korxonalar tomonidan standart (yo’riqnoma)lar ishlab chiqiladi. Shuningdek, har bir jihoz va tizimga moslashtirilgan holda qo’llanma va yo’riqnomalar ishlab chiqiladi.
Mehnatni to’g’ri tashkil etishdagi asosiy eptibor insonlarga qaratilgan bo’lib, ish yuritishni bajaruvchi va ta’minlovchi hisoblanadi. Mehnatni to’g’ri tashkil etishda inson mehnatini muhofaza qilish bo’limlari tashkil etilib, barcha soha va mutaxassislar bopyicha ish yo’riqnomalari bilan ta’minlanadi. Ishlarni xavfsiz olib boorish uchun: yonilg’ini, olovli va gaz xavfi bor ishlarni to’g’ri tashkil etish, o’zaro birinchi yordam ko’rsata bilish, yong’in moslamalaridan foydalana bilish, elektr qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni taqozo etadi.
Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko’p miqdorda (75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0 mln tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Neft va gazni
21

qayta ishlash sanoatida o’rnatilgan quvur va jihozlarni mos tanlash, ularning germetik holatlarini to’liq ta’minlash va joriy sozlash ishlarini doimiy olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo’riqnomalar tayyorlangan. Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bu ishlarni har doim nazorat qilib turadi.


Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo’lgan resurslar manbaidir. Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo’la oladi. Insonlar faoliyati natijasida tabiatning o’zgarishi shubhasiz. Bu o’zgarish ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga uzviy bog'liq va nisbiy muvozanatda bo'ladi. Keyingi yillarda bu o’zgarishlar shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug’ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd.t ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98 foizi esa chiqindi sifatida tashlanadi. 60 mln.t sintetik moddalar, 100 mln.t mineral o’g’it, 3 mln.t zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqariladi. Bularning bari atrof-muhitni ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog’lig’i uchun katta xavf tug’dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to'siq bo’lmoqda. Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga aylandi. Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930- yili Belgiyada qayd etildi. 1952- yilda esa Londonda ushbu kasallik tufayli 4000 kishi vafot etdi. Yevropa mamlakatlari va AQShda surunkali bronxid kasalligidan o’lim har o’n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o’tish kifoya. Xalqaro Sog’liqni Saqlash qo'mitasining ma’lumotlariga ko’ra har to’rtta rak kasalligining uchtasi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq ekan. Ayniqsa, atrof-muhitdagi kimyoviy
22
ta`sirlarning ortishi natijasida inson organizmida noqulay mutatsiyalarning hosil bo'lishi mumkinligi katta xavf tug'dirmoqda. Buning natijasida aqliy va jismoniy zaif chaqaloqlar tug'ilishi ko’payadi yoki yangi qurilgan oilalarda chaqaloq tug’ilmaydi, tug’ilganda ham kasallik bilan tug’iladi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda tug’ma kasalliklardan o’lish, bolalar yuqumli kasalliklaridan o’lishga qaraganda ko’p.
Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiatni qo`riqlash deganda, uning turli qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq, yer osti boyliklari, landshafitlar, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ularning barchasi bir-biri bilan ekologik bog`liq bo`lib, bittasining buzilishi boshqasining o`zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg'ini yoqish, atmosferani S02 gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o`z navbatida S02 ning havodagi suv bug`lari yog`inlar ta`sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni va suvni ifloslaydi.
Sanoat va transportning rivojlanib borishi natijasida kislorod sarfi kun sayin ortib bormoqda. Kislorodni istepmol qiluvchi manbalar avtomobil va samalyotlardir. Hozirgi kunda dunyoda 700 mln dan ortiq avtomobillar bor. Ularning soni har yili aholi opsishiga nisbatan 5 marta tezroq o’smoqda. Hozirgi zamon reaktiv samolyotining bittasi Amerikadan Yevropagacha uchib kelganda 50—100 l . gacha kislorodni yoqilg’ini yonishi uchun sarflaydi. Shuncha miqdor kislorodni bir
kunda 10 ming gektar o’rmon ishlab chiqaradi. Mutaxassis olimlaming hisoblariga qaraganda, hozirgi paytda sayyoramizdagi o’simliklar chiqaradigan kislorodning 10—25% turli yoqilg’ilarning yonishi uchun
23
sarflanmoqda. O’rmon zaxiralarining kamayib borayotganligi, suvning
ifloslanishi sababli suvo’tlari chiqaradigan kislorod miqdorining kamayib ketayotganligi atmosfera kislorodi miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.
Kislorod zaxiralaridan foydalanish ortib borishi, ekvivalent miqdorida atmosferada C02 ning ko'payib ketishiga sabab bo'lmoqda. BMT ma’lumotlariga qaraganda, keyingi yuz yil ichida Yer atmosferasida C02 ning miqdori 10—15 % oshgan. Ya’ni 400 mlrd.t.ga yetgan. Bir yilda atmosferaga 270 mln.t. C02, 60 mln.t dan ko’p azot oksidlari, 70 mln.t. uglevodorodlar chiqarib tashlanmoqda.
Atmosferada C02 ning miqdori ortishi natijasida yorug’lik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va parnik effekti deb ataladigan holat yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblanmoqda. Ob-havo bo'yicha xalqaro konfirensiyaning bergan ma’lumotlariga ko'ra C02 miqdorining ortishi Yer shari haroratining 1,5—3°C ga oshirishi mumkin. Yer yuzasining bunday isishi qutbdagi muzliklami beto'xtov erishiga va dunyo okeanlari sathini 4—8 m gacha ko'tarilishiga olib keladi. Bu o’z navbatida quruqlikni butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin. Atmosferani zaharlovchi asosiy manbalardan biri bu avtomobil va samolyotlardir. Bir avtomobil bir yilda oprtacha 800 kg dan ko'proq zaharli uglovodorodlar, 40 kg azot oksidlari, 200 kg aldegidlar, anchagina CO (50 ot kuchiga ega bo’lgan 1 avtomobil 1 daqiqada 60 litr CO chiqaradi), 3,4 benzpiren, qo’rg’oshin oksidlari, oltingugurtli birikmalar qurum va boshqa ko’pgina toksillarni atmosferaga chiqarib tashlaydi.
Kimyo sanoati ham atmosferani ifloslantirmoqda. Kimyo sanoati asosan azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, uglevodorodlar, galogenlar va boshqalami
24
atmosferaga ko’plab chiqarib tashlamoqda. Atmosfera havosida hozirgi paytda 900 mln.t. dan kopproq doimiy ravishda ifloslantiruvchi moddalar mavjud. Atmosferaga tushuvchi zararli aralashmalar 2 guruhga bo’linadi.
1. Muallaq zarrachalar (aerozollar), chang, tutun va tumanlar.
Tutun — ichida qattiq modda — zarrachalar boplgan gazlar aralashmasidan iborat sistema. Tuman — ichida suyuqlik tomchilari bo’lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir.
2. Gazsimon va bug’simon moddalar.
Birinchi guruhga anorganik va organik moddalaming qattiq muallaq osilib turuvchi zarrachalari hamda turli korxonalarda puflab atmosferaga chiqarib tashlanuvchi gazlar bilan hamda ventilyatsiya sistemalaridan chiqqan suyuqlikni mayda tomchi va zarrachalari kiradi. Anorganik changlar sanoatda metallarning rudalaridan ajratib olishda, alyumosilikatlami turli mineral tuzlami, qayta ishlaganda, o’g’itlar, karbitlar, sement va boshqa ko’pgina anorganik moddalami ishlab chiqarishda hosil bo’ladi. Ko’mir slanets, torf, yog’och, saja, rezina asfalt kabilami changsimon zarrachalari o’simliklarni himoya qiluvchi vositalaming aerozollari va boshqalar organik modda zarrachalaridir. Tumanlarni esa, kislotalar va ulaming angidridlari havodagi suv bug'larida erib hosil qiladi. Yana neftni qayta ishlash sanoati, transport, qishloq xopjalik aviatsiyasi kabilar atmosferaga chiqarib tashlaydigan og’ir suyuq qoldiq va chiqindilar ham tumanlar hosil qiladi. Atmosferadagi qattiq va suyuq zarrachalaming disperslik darajasi juda katta bo’lib, o’nlab mikrondan yuzlab mikrongacha chegarada o'zgarib turadi. Ikkinchi guruh gazsimon va bug’simon aralashmalar nihoyatda turli-tuman bo’lib, ularga
25
kislota, gologen va galoidli birikmalar gazsimon oksid, aldegid, keton, spirt, uglevodorod, amin, pirin, merkaptan, efir, vodorod sulfid va boshqalar ko’pgina gazsimon sanoat chiqindilari kiradi. Gazsimon sanoat chiqindilarini tozalash nafaqat odam hayvon yoki o'simlikka zararli ekanligi uchungina, balki bunda juda ko’p miqdorda iqtisodiy zarar ham ko’riladi. Neftni qayta ishlab chiqarish protsessi uzliksiz bopladi. Texnika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi nuqtai nazaridan uzluksiz ishlab chiqarish katta qulayliklarga ega. Xom ashyoni doimiy yuklash va tayyor maxsulotlarni tushirish zaruriyati bo’lmaydi, shuning uchun ular bilan ishchilarning aloqasi va chang, gaz bug’larni atmosfera chiqishi yo’qotiladi. Uzliksiz protsess bilan ajralib turadi, bu esa texnologik parametrlarni doimiy nazorat qilish zaruriyatidan xolos etadi. Yana xizmat qiladigan odamlar tomonidan xato qilish imkoniyatini pasaytiradi. Jarayonni doimiyligi turub qoluvchi zonalarni paydo bo’lish, joylardagi qizib ketish xavfini kamaytirishga olib keladi, kontsentratsiyasini ko’tarilmasligi, boshqa reaktsiyasini paydo boplish va texnologik protsessni buzilishlarini oldini olishga yordam beradi.
Texnologik protsessni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash bu qo’l mexnatini mashina va mexanizatsiyalar bilash almashtirish, texnologik protsessni hamma asosiy va yordamchi operatsiyalarida qo’l mexnati mexanizmlar bilan almashtirilgan, mexanizatsiyasi uncha muxim axamiyatga ega bo’lmagan ba’zi operatsiyalardan tashqari.
Boshqarish nuqtai nazaridan maxsulot agregati qutsidagi xususiyatlarga ega: birin-ketin keladigan texnologik struktura, bunda ishdan chiqish yoki jarayonlardan birini vaqtinchalik tushirishini butun agregatni ish tartibini


26
keskin o’zgarishga olib keladi.
Oraliq sig’imlarni yo’qligi va ba’zi bosqichlar orasidagi bog’lanishni qattiqligi: Agregatni kattaligi uni uzliksiz ishlashini ta’minlaydi.
Agregatni eng xavfli uchastkalardan metildietanolamini tozalash xisoblanadi, chunki u yerda atmosferaga zaxarli chiqindilar chiqadi. Shu sababli ishchi xizmatchilar tekshirish paytida va remont paytida shaxsiy ximoya vostilari bopladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalalari bopyicha yigpilish optkazdi.
Tanqidiy ruhda optgan yigpilishda 2030 yilgacha boplgan davrda O’zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda 2019-2028 yillarda O’zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogpliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi ijrosi qoniqarsiz deb topildi.
Xususan, atrof-muhitga salbiy ta'sirlar saqlanib qolmoqda. Atmosferaga katta miqdorda ifloslantiruvchi moddalar chiqarilmoqda. Fauna va floraga xavf ortib boryapti.
Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga joriy yilda Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida, keyinchalik boshqa hududlarda ham qurilish chiqindisi poligonlari hamda chiqindini qayta ishlash loyihalarini ishga tushirish bo’yicha topshiriqlar berildi. Ishlab chiqarish jarayonida ekologik normalarga rioya etish masalalari ham tahlil qilindi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
27
laboratoriyalarida jihozlarning 65 foizi eskirgani ko’rsatib o’tildi. Havoga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish hajmining 60 foizi yoqilg’i-energetika, 20 foizi tog’-kon va metallurgiya sohasiga to’g’ri kelmoqda.
Xulosa;
Menga :<< Uzluksiz ishlovchi nasadkali absorbsion kolonnasini xisoblang va loyixalang. Yutilayotgan modda xarorati 4000С bo’lgan gaz aralashmasidagi ammiak. Berilgan: V=15,7 м3/с, у=13%, Е=94%, Х=0,16%, =0,87, tс=210С, tю=250С >> quyidagi absorbsion kolonna xisobi berilgan. Men ushbu xisoblarni olib borar ekanman judayam ko’plab savollarimga javob qidirib topdim. Ba’zi tushunmagan joylarimni mustaqil o’rgandim va o’zimga kerakli ma’lumotlarni qidirish chog’ida yanada qiziqarliroq ma’lumotlarga ham ega bo’ldim . bu ma’lumotlar orasiga quidagi;
Panjaralar bir-biriga mos keladi, shuning uchun taxtalar qo'shni panjaralarda 90° (ba'zan 45°) burchagiga buriladi. 10-13 mm va balandligi 100 - 150 mm bo'lgan taxtalardan tayyorlangan eng keng tarqalgan yog'och akkord Nasadka taxtalarning pastki qismida har bir 200-250 mm uchburchak kesmalar hosil qiladi, suyuqlikni yirtib tashlaydi va ko'krak qafasining burilishida bir yo'nalishda oqishiga yo'l qo'ymaydi ma’lumotni ham kiritsak bo’ladi. Men ushbu mavzuni yoritish chog’ida uning kamchiliklariga ham duch keldim va o’z oldimga o’z yo’nalishim bo’yicha yetuk mutahassis bo’lishni va nafaqat absorbsion kolonna va boshqa qurilmalarni va jarayonlarning tabiatga va insonlarga bo’lgan ta’sirini kamaytirish ish unumdorligini oshirish va iloji boricha chiqindisiz texnologiyaga aylantirish ustida izlanaman .
28



Download 283.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling