S cience and e ducation


Download 125.38 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi125.38 Kb.
#1053417
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinflarda-pirls-xalqaro-baholash-dasturlaridan-foydalanishning-ahamiyati-va-zarurati (1)


"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2

Boshlang’ich sinflarda PIRLS xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning ahamiyati va zarurati

Flora Baxtiyor qizi Ne’matova Buxoro davlat universiteti



Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼqish savodxonligi, matnni oʼqib tushunish darajasini baholashga moʼljallangan PIRLS dasturi haqida maʼlumotlar, ushbu dasturda ishtirok etish boʼyicha xalqaro tajribalardan misollar, oʼqish savodxonligini rivojlantirish omillari, unga erishishda yetakchilik qilayotgan mamlakatlar tajribalari haqida fikrlar va maʼlumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: xalqaro baholash dasturlari, PIRLS, o‘qish savodxonligi, matnni oʼqib tushunish, xalqaro tajribalar.

The importance and necessity of using PIRLS international assessment programs in primary schools

Flora Baxtiyor qizi Nematova Bukhara State University



Abstract: This article provides information about the PIRLS program, which assesses the level of reading literacy of primary school students, examples of international experience in participating in this program, factors and factors in the development of reading literacy, the experience of leading countries in achieving it.
Keywords: international assessment programs, PIRLS, reading literacy, reading comprehension, international experiences.

“Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!” Sh.Mirziyoyev



Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining matnni oʼqib tushunish darajasini baholash boʼyicha PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼqib tushunish koʼnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʼqish va oʼqitishni yaxshilash uchun taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga oid maʼlumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro o‘qish
www.openscience.uz 576

"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2

savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) - bu dunyoning turli davlatlarida boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. PIRLS har besh yilda bir bora o‘tkaziladi.


2016-yilgi PIRLS xalqaro 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakalarini baholash sinovalariga dunyoning 50 mamlakati qatnashdi. Har bir davlat boshlang‘ich darajada matnni tushunishdan tortib mukammal darajada tushunish borasida turli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi. O‘rtacha hisobda, Rossiya Federatsiyasi va Singapurlik 4-sinf o‘quvchilari o‘qish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etishdi. Shuningdek, bu ikki mamlakatlik o‘q o‘quvchilarninig to‘rtdan bir qismi matnni mukammal darajada tushina olish malakasini ko‘rsatishdi. Bu darajada matnni tushungan o‘quvchilar hikoya sujetlari va nisbatan murakkab matnlarda berilgan ma’lumotlarni izohlash, birlashtirish, va baholash ko‘nikmalariga ega. Hong Kong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha ba Shimoliy Irlandiyalik o‘quvchilarning beshdan bir qismi matnini mukammal darajada tushina olish malakasini ko‘rsatishdi. Quyidagi jadvalda natijalar aniq raqamlarda aks ettirilgan:
Rossiya Federatsiyasi 581 Singapur 576 Hong Kong (SAR) 569 Irlandiya 567 Finlandiya 566 Polsha 565 Shimoliy Irlandiya 565
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda oʼzining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda oʼtkaziladigan tadqiqotda oʼquvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish oʼrinlidir. Raqamli formatga oʼtish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn oʼqishni kompьyuterda baholash kabi oʼzgarishlar ham koʼzda tutilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2030 yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilgʼor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi taʼlim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, konseptsiya doirasida oʼquvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetentsiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urgʼu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim

www.openscience.uz 577
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2

standartlarini joriy etish, oʼquvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.


Ushbu vazifalarni amalga oshirish yoʼlida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish oʼziga xos oʼrin tutadi.
Boshlang‘ich o‘qish savodxonligi nuqtai nazaridan shuni ta'kidlash kerakki, 2016-yilgi PIRLSda mamlakatlarining yarmidan ko‘pida deyarli barcha o‘quvchilar (95 foizdan ko‘prog‘i) fundamental o‘qish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Bu o‘quvchilar matndan g‘oyalar va ma'lumotlarni topib takrorlashlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosachi qarishlari kerakedi.
2016-yilgi PIRLS yakunlari bundan 15 yil avvalga qaraganda ko‘proq o‘quvchilar yaxshi o‘qish malakasiga ega bo‘lganini ko‘rsatdi. PIRLS 2001 natijalaridan beri 10ta davlatdan o‘qish savodxonligi o‘sishi 2ta davlat bu ko‘rsatkich tushishi kuzatilgan.
Qiziqarli tomoni PIRLS 2016 natijalarigako‘ra 50ta davlatdan 48tasida qiz bolalar o‘g‘il bolalarga ko‘ra yuqori natijalarni ko‘rsatgan. 2001-yildan beri qizlar va o‘g‘il bolalar savodxonligi o‘rtasidagi farq qisqarmagan. Qiz bolalar 2001-yilda ham o‘qish savodxonligi borasida o‘g‘il bolalardan o‘zib ketgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, ota-onalarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati pasaygan. Buni 2011-yilda 31 mamlakatda va faqat 2 mamlakatda o‘qish savodxonligida o‘sish kuzatildi. 2016-yilda o‘rtacha hisobda atigi 32 foiz o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni yoqtirishini va 17 foizi o‘qishni yoqtirmasliklarini aytishdi [3].
Shu jihatdan turli mamlakatlardagi o‘qish savodxonligi borasida yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilarning muvafaqqiyatiga aynan qanday omillar ta’sir ko‘rsatganligini o‘rganish O‘zbekiston maktablarida ham yuqori darajadagi o‘qish savodxonligiga ega o‘quvchilarni kamol toptirishga yordam beradi.
Singapurlik to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ePIRLS bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatishgan bo‘lsa-da, barcha ishtirokchilar ePIRLSda ham yaxshi o‘qiy olishlarini isbotlashdi. O‘rtacha hisobda, o‘quvchilarning 50 foizi veb-sahifalardan ma'lumotlarni toppish va ularni umumlashtirib, xulosa chiqarishda mukammal darajada bilimlarini ko‘rsatishdi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekistonlik o‘quvchilar PIRLSda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlari uchun ularga barcha sharoitlar yaratilgan. Faqatgina berilgan resurslardan unumli foydalanish va o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

www.openscience.uz 578


Download 125.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling