S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
K am ar chuvalchang yoki
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-rasm . K am ar ch u v a lch a n g yok i ligu la (L igu la in testin alis)
K am ar
chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis^ voyaga yet gan davrida baliqchilar, loyxo'raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi hamda suv b o ‘yida botqoqliklarda yashovchi qushlar ichagida parazit lik qiladi. Ligulalaming tanasi proglottidalarga b o ‘linmaydi, am m o ular ning tanasida uzunasi bo ‘ у lab k o ‘p marta takrorlanadigan germafrodit jin siy organlari bo ‘ladi. Voyaga yetgan ligula tanasining uzunligi 15-100 sm atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining oldingi tomonida ikkita botiridiyasi bor (32-rasm). 32-rasm . K am ar ch u v a lch a n g yok i ligu la (L igu la in testin alis): 1 -h aliq Ia r ta n a b o ‘s h lig ‘id an c h iq q a n lig u la n in g lic h in k a s i - p le - ro tse rk o id , 2 -k a m a r lic h in k a s i b i lan z a ra rla n g a n b a liq , 3 -b a liq q o rin b o ‘s h lig ‘ini y o rib , ta s h q a rig a c h iq q an p le ro ts e rk o id la r. Ular ikkita oraliq x o ‘jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach, undan 5 -9 kundan keyin kipriklar bilan qop- 88 langan lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi. Uni bi- rinchi oraliq x o ‘jayin - diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. Qisqichbaqasimonlar tana b o ‘shlig‘ida koratsidiylami qobig‘i yorilib, ichidan 6 ilmoqli lichinka - onko- sfera chiqadi. Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana b o ‘shlig‘ida protserkoid degan lichinkaga aylanadi. Protserkoid 10-15 kunda yetiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq x o ‘jayini chuchuk suv baliqlarining har xil turlari b o ‘lib, ular protserkoid bilan zararlangan diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalami o ‘zlariga yuqtiradi va baliqlaming gavda b o ‘shlig‘ida 12-14 oydan keyin ligulaning uchinchi lichinkalik davri plerotserkoidga aylanadi. Bu lichinkalar baliq tanasida 2-3 oy parazitlik qiladi. Plerotserkoidning uzunligi 5 0 -8 0 sm atrofida b o ‘ladi. Plerotserkoidlar dastlab baliqlaming terisini teshib tashqariga chiqadi va baliqlaming k o ‘plab qirilib ketishi- ga sababchi bo'ladi. Ligulalardan ko'p in ch a karpsimon baliqlardan 0 ‘zbekiston suv havzalarida qora baliq (marinka), zo g ‘ora baliq, leshch, qizil k o ‘z baliqlar zararlanadi. Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallik ligulyoz deb atalib, suv havzalaridagi baliqchilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazadi. Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (k o ‘k q o ‘ton, baliqchi, loyxo‘rak, o'rdak va boshqa qushlar) kasallangan baliqlarni yeb, bu chuvalchangni o'zlariga yuqtiradi. Plerotserkoid qush ichagiga tushgandan 2 -5 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxum q o ‘ya boshlaydi. Parazit qush organizmida qisqa, y a ’ni 3 - 4 hafta parazitlik qiladi, so ‘ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi. Ligula Cyc- lophyllidea (zanjirsimonlar) turkumiga kiradi. Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitel- linalar (Avitellina centripunctata) chorva mollardan, asosan, q o ‘y va echkilarda, anoplotsefalidalardan (Anoplocephala magna, Anoplocephala perfoliata) toq tuyoq- li sutemizuvchilarda (ot, eshak, qulon va zebralarda), drepanidoteniyalar (Drepa- nidotaenia lanceolata, D. przewalskii) va gimenolepidalar (Hymenolepis gracilis, H. paracompressa) g ‘oz va o ‘rdaklarda, railliyetinoz qo'zg'atuvchilari (Raillietina echinobothrida, R. tetragona) va davainealar (Davainea proglottina, D. melea- gris) tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, bitionol, kamala va boshqa preparatlami qoTlash mumkin. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling