S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С


c

losu sjn in g rivojlanish sikh sxem asi
-■>l-rasm. E xinokokk (E ch in ococcu s graiiu -
85


b o ‘g i m l a r faol harakat qilib, 5 -25 sm gacha bo'lgan masofani bosib o ‘tib, yem- 
xashak hamda boshqa narsalarga o ‘z tuxumlarini sochadi.
Oraliq x o ‘jayinlar, y a ’ni qo'y, echki, qoramol, tuya, ch o ‘chqa va boshqa o ‘tx o ‘r 
hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o'zlariga 
yuqtiradi. M azkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onko- 
sfera tezda ichakni teshib qonga o ‘tadi, so ‘ng hayvonlarning o ‘pkasi, jigari, buyra- 
gi va boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil 
b o ‘ladi. U ju d a sekin va uzoq o ‘sib, tobora kattalashib boradi. Exinokokkning pu- 
fakli shakli 10-30 yilgacha ham o'sishi mumkin. Pufak ichida exinokokk lichin- 
kasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil 
b o ia d i.
Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlaming hajmi kattalashib, shakllari 
o ‘zgarib ketadi. Exinokokk pufaklari no'xatdek, y ong'oqaek, olmadek, yosh bola 
boshiga teng keladiganlari va undar. ham katta b o ia d i. Masalan, exinokokk pufagi 
bilan zararlangan sigir o'pkasida o g ir lig i 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna 
topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga m a i u m .
Bunday miqdordagi suyuqlik x o ‘jayinining organizmim albatta kuchli zaharlay- 
ai. Demak, exinokokk pufagi, birinc.hidan, hajmining katta b o ii s h i , ikkinchidan, 
birinchi pufak ichida k o ‘p m iqdoraa ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining 
b o iis h i va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan b o i a j a k tasm asimon exi­
nokokkning boshlari - skolekslari b o ii s h i bilan boshqa tasm asim onlam ing finnasi- 
dan farq qiladi.
Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalaming soni 10 tadan 
1000 tagacha b o ia d i. Asosiy x o ‘jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan or- 
ganlam i iste’mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi 
skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil b o ia d i.
Exinokokk asosiy x o ia y in i ichagiga tushgandan 70 -10 0 kundan keyin jinsiy 
voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib chiqaradigan kasallik 
exinokokkoz deb ataladi. Bu kasallik yer yuzining turli mintaqalarida keng tarqal­
gan. M D H mamlakatlarida ham m a respublikalar chorvachilik x o ‘jaliklarida keng 
tarqalgan va chorvachilikka hamda inson s o g iig ig a katta zarar yetkazadi. Ilmiy 
m a iu m o tla r g a qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh q o ‘ydan o ‘rtacha 
2,5 kg g o ‘sht, 300 g y o g i 100 g jigar va 400 g o ‘pka hamda jun mahsulotlari kam 
olinadi.
86


Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko'plab uchraydi. Ma- 
salan, U m gvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. 
M DH da exinokokkoz Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va O 'rta Osiyo m amlakat­
larida odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik y o ‘li 
bilan olib tashlanib davolanadi. Shuning uchun ham bu kasallikka qarshi kura- 
shishning yagona choralaridan biri - profilaktika tadbirlari, y a ’ni kasallikning kelib 
chiqishiga y o i qo'ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz itlarnmg sonini 
kamaytirish kerak. Chorvachilik x o ‘jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda 
degelmintizatsiya qilish, y a ’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak. So'yilgan 
m ollam ing exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini ltga bermasdan, 
yo'qotish ham da zararsizlantirish lozim.
O damlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda, boshqa 
g o 's h tx o 'r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o ‘ziga 
yuqtirib oladi. Chunki itlaming va boshqa g o 's h tx o 'r hayvonlarning junida ko'plab 
exinokokk tuxumlari bo'ladi. Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiyena qoi- 
dalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga ehtiyot bo'lib muomala qilishlari kerak. 
Exinokokkozni aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi. Bu kasal­
lik rentgen usulida ham aniqlanadi.
Yuqorida aytib o'tiigan tasmasimon chuvalchanglardan tashqari, anoplotsefa- 

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling