S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancvlostoma duodenale^


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancvlostoma duodenale^ odamlarning
12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiy- 
shiq bo'lib, unda rivojlangan o g 'iz kapsulasi joyiashgan (34-rasm).
103


O g 'iz b o 'sh lig 'id a o'tkir plastinka yoki ju d a kichik ilmoqchalarga o'xshash 
“tish” lari bo'lib, ular yordamida parazit o 'z xo'jayini ichagi shilliq pardasiga 
yopishib qon so'rib oziqlanadi. Qon so'rgani uchun ham parazitning rangi qizg'ish 
bo'ladi. Ular ayrim jinslidir, urg'ochisining tana uzunligi 10-18 mm. erkaginiki 
esa 8 -1 0 m m atrofida bo'ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula jo y lash ­
gan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir. Urug'lanishi xo'jayini ichagida o'tadi. 
U rg'ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urug'langan tuxum qo'yadi. 
Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26-30"C da) bir-ikki kun ichida 
lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta tullab, yuqumli (invazion) 
davrga o'tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, 1 m 
pastga tushadi. Harorat ko'tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda 
18 oygacha o 'z hayotchanligini saqlab qoladi.
Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro 'y be- 
radi. Bunda odam go 'n g va bar xil axlatlar tashlangan da'.alarda ham da polizlarda 
oyoqyalang yurganida parazit lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kir- 
gan joylarda har xil toshmalar hosil bo'lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib 
shishadi. Odam organizmiga kirgan lichinkalar terining mayda qon tomirlari orqali 
vena qon tomiriga o'tadi va organizm bo'ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bi­
lan oyoqdan o'pkaga. so'ngra halqumga o'tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib 
yuboradi, bunday lichinkalar 12 barmoqli ichakka borib o'rnashadi va tekinxo'rlik 
qiiib. jinsiy voyaga yetadi. Egribosh nematodalar ichak devorida yaralar hosil qi­
ladi va xo'jayini qonini so'rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi, 
natijada bem or kamqon bo'lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bi­
lan o g 'iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik k o 'p b o 'ig an joylardagi 
aholi o'rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan, shaxtalarda ishlay- 
digan odamlar o'rtasida keng tarqalgan.
Umuman, egribosh nematoda tug'diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib, 
rasmiy m a ’lumotlarga qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam kasal­
langan. Bu kasallik M DH da Kavkaz ortida, Qozog'iston va O 'rta Osiyo respublika- 
larida yashovcni aholi o'rtasida ham uchraydi. O 'zbekistonda Toshkent, Sirdaryo, 
Andijon. Farg'ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nem atodalar odam 
ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun, 
avvalo. egribosh nematodalar uc'nraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va 
o 't ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishi- 
ga yo'i qo'ym aslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o'rtasida muntazam
104


ravishda degelmintizatsiya o'tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga 
y o'l qo'ymaslik, iste’mol qiladigan sabzavot va ko'katlarni qaynoq suvda yuvish, 
hovuz suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim. Ankilos- 
tomoz bilan og'rigan odamlar kombantrin, vennoks, naftamon, tetraxloretilin kabi 
dorilar bilan davolanadi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling