S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva Psixologiya
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya Hasanov Abdumajidova MM uz 4f578
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv
Sakkizinchi davr - qarilik, inson sifatida o’z burchini uddalay olganligidan,
qanoatlanish xususiyatlari mavjud. Salbiy xususiyat sifatida hayot faoliyatidan ko’ngil sovish, noumidlikni aytish mumkin. Eng muhim jihati esa donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lish har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash. E.Erikson konsepsiyasiga ko’ra, shaxs shakllanishida ushbu bosqichlarni birma-bir bosib o’tadi va har bir bosqichda insonning ichki dunyosida sifat o’zgarishlar, atrofdagi kishilarga bo’lgan munosabatlarida esa radikal (keskin) o’zgarishlar ro’y beradi. Ko’rib o’tilgan nazariyalar shaxs rivojlanishida turli yosh davrlarining kechishi muqarrar jarayon ekanligini ko’rsatadi. Bu yosh davrlarida shaxsning shakllanishi va yetuklikka erishishida ijtimoiy ta’siri beqiyosdir. Har bir taraqqiyot davri ijtimoiy jarayonda o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlarni boshidan kechiradi va xususiyatlarni namoyon qiladi, o’ziga xos bo’lgan fazilatlarni shakllantiradi. Inson - ijtimoiy mavjudotdir. U tug’ilgan kunidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Odam o’zining birinchi ijtimoiy tajribasini gapirmasdan oldin egallaydi. Bu tajriba ijtimoiy ta’sir natijasida subyektiv ravishda egallanadi va u shaxsning ajralmas qismi hisoblanadi.
jarayonida uni faol o’zlashtirish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida namoyon etishidir. Demak, ijtimoiylashuv jarayoni odamlarning muloqoti va ularning birgalikdagi faoliyati bilan ajralmas bog’liqdir. Bu tajribani egallash subyektivdir. Bir xil ijtimoiy vaziyat har xil shaxslar tomonidan turlicha idrok qilinadi va har xil ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun turli shaxslar bir xil obyektiv ijtimoiy vaziyatda har xil ijtimoiy tajriba orttiradilar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling