Shuni ham ta’kidlash joizki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham
mumkin. Agar inson bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va
bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi va bu
ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy me’yorlar
va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmaligiga
yoshlarni o’rgatishimiz lozim. Bu shaxsning ijobiy tajribasi uchun real asos
hisoblanib, uning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir
ko’rsatadi.
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko’rinishga ega bo’ladi.
Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a’zolarini ishontirish (ularga ta’sir
o’tkazish) orqali muayyan yo’nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni
vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir ishonish va ishontirish
odamlarning xarakter xislatiga, xulq-atvoriga bevosita bog’liq. Bu holat
psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan.
Ishonuvchanlikni
aniqlashda
«konformizm» (kelishuv, murosa-yu,
madora)dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm), ichdan
kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini o’rganish
uchun obyekt sifatida foydalanilgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berish
konformizmning namoyon bo’lishidir. Lekin konformizm «soxtalik»ni ham
keltirib chiqarishi mumkin, uning aks ettiruvchisi esa konformist deb ataladi,
ko’pincha ideallardan voz kechish hollari ham uchrab turadi.
13-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: