S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi


Download 312.5 Kb.
bet4/32
Sana16.06.2023
Hajmi312.5 Kb.
#1517612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Bilish jarayonlari

Ixtiyoriydan so’nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali ko’rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti- harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa, faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir.
Diqqat murakkab psixologik jarayon bo’lib, uning bir qancha o’ziga xos xususiyatlari bor. Ulardan asosiylari quyidagilar:



diqqtning barqarorligi


diqqatning ko’limi, xajmi

  1. shakl



diqqatning ko’chishi





Diqqatning ana shu xususiyatlari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.


Diqqatning barqarorligi uning davomiyligi va u yuz bergan butun vaqt mobaynida qaratilganlik darajasi bilan belgilanadi. Diqqatning barqarorligi diqqat qaratiladigan obyektlarning xususiyatlariga va diqqati yo’naltirilgan shaxsning faolligiga bog’liq bo’lib, u diqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyatdir.

Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling