Konkretlashtirish - mavhumlashtirishning teskari jarayoni bo’lib, ayrim xususiyatlarni konkret buyumida, predmetga qo’llashdir. U hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat’iy nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
shakl
Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimiga aytiladi. Fan olamida buyuk kashfiyot bo’lib
hisoblangan D.I.Mendeleyevning «Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin misoldir.
Sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o’rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.
Tafakkur shakllari psixologiyada tushuncha, hukm, xulosa chiqarish bosqichlarida ifodalanadi.
shakl
Tushuncha - inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydi, ularning o’xshashligi va farqini aniqlaydi: analiz va sintez yo’li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi, bu belgilarni abstraktsiyalashtiradi va umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha hosil qiladi.
Hukm - narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato yoki yolgon hukm deb ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi.
Xulosa. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayonida foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi, ularni taxlil qilib chiqarilgan yangi hukm esa xulosa deb ataladi. Xulosa
chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |