S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi
Download 312.5 Kb.
|
Bilish jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hid bilish sezgilari
- Og’riq sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolamiz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug’ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog’imiz o’rganmagan.
Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to’rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo’qday ko’rinadi. Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir. Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g’adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo’ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo’lsa - sovuqni, balandroq bo’lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a’zolarimizda bironta o’zgarishga bog’liq bo’lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir. Adaptatsiya - (lot. «adapto» - moslanmok) analizator sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining yo’qligida o’zgarishi muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin. Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling