Tamakining tarkibi va sigareta zararlari


Download 90 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi90 Kb.
#151309
Bog'liq
Tamakining tarkibi va sigareta zararlari

Tamakining tarkibi va sigareta zararlari

Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organizmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi

Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kanserogen moddalar. Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: uglerod dioksidi, uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy, opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, aseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar. Sigaret tutunida, shuningdek, qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo'ladi. Tamaki smolasi tarkibida polisiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari smola o'zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo'rg'oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarini saqlaydi.

         Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki o'simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo'yicha 4,7 mln. gektarda tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug'doy ekilsa qo'shimcha 20 mln. tonna bug'doy yig'ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi.

Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko'pchilik qismini qamrab olgan. O'smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo'ladi. Birinchi sigaret yoki nos chekilganda o'smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Lining ko'ngli ayniydi, ko'p so'lak ajraladi, qon tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba'zida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so'ng o'smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib borib, organizmi tamaki yoki nosga o'rganib qoladi. So'ng o'smirda mustahkam shartli refleks hosil bo'ladi. O'smir 12—15 yoshda tamaki yoki nos ta'mini tatib ko'rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar yo'qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi. Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmning nikotinni qabul qilishga o'rganib qolishi vujudga keladi. Bu uch statiyada rivojlanadi:

 1.  Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi va borgan sari ko'proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.

         2.  Ikkinchi stadiya — somatik belgilar namoyon bo'la boshlaydi, chekuvchida bronxit kasalligining hosil bo'lishi, oshqozon, yurak va boshqa a'zolarda og'riq, noqulay holatlar ro'y beradi. Nerv sistemasida o'zgarish sodir bo'ladi. Chekuvchida ta'sirchanlik, bosh og'rish holatlari sodir bo'ladi. Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.

         3.  Uchinchi stadiya — chekish avtomatik bo'lib qoladi. Doimiy bosh og'rig'i, xotiraning susayishi, juda ta'sirchan bo'lib qolishi, doimiy yo'tal paydo bo'ladi.

Tamaki chekishning sog'liqqa zarari. Tamaki chekish odam organizmiga ta'sir qiladimi? So'zsiz ta'sir qiladi. Odam sigaret chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o'pkaga kislorod o'rniga C02 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o'tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat o'z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo'ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o'pka alveolalari (hujayralarida) ishqor — nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o'pkaning shilliq qavatini ta'sirlab chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o'pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlarning ma'lumoticha, sil kasalligiga duchor bo'lganlarning 90 foizi chekuvchilardir. Tamaki tarkibidagi kanserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grami odamni o'ldiradi. Bu doza 20 dona sigaretda saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona sigaret chekadi, bu (160 kg.) tamaki degani. Bunday miqdordagi sigaret tarkibida 800 g. nikotin bo'ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o'ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. Lekin bu nikotin oz-oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab tizimini zaharlaydi. Uzoq muddat sigaret chekkan odamlarninq qo'llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o'qtin-o'qtin yo'taladilar, ko'ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik asab tizimiga ta'sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez-tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo'ladi. Qonda nikotin moddasining ko'payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so'ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o'smirlarning chekishi tufayli bola o'sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug' hujayralarida o'zgarishlar sodir bo'ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi.

         Tamaki chekuvchilarda askarbin kislota, furosemid, geparin esterogenlarning ta'sir etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon yarasi kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni qiyinlashtiradi. Nikolin buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta'sir etadi. Bundan tashqari, nikotin ateroskleroz kasalligining zo'rayib ketishiga sabab bo'ladi.

Surunkali chekish orqa tniya funksiyalariga salbiy ta'sir etadi. Bu jinsiy ojizlikka sabab bo'ladi.

         Ayniqsa, yosh qizlarning sigaret chekishi barcha a'zolariga zararli ta'sir etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi, tez-tez kasallanadilar, hayz ko'rishi buziladi. Surunkali chekish qiz bola husnini buzadi, erta balog'atga yetadi. Chekuvchi ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi, yuz terisining rangi o'zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizida Bazedov kasalligi taraqqiy etadi. Shuni aytish kerakki, chekmaydiganlar chekuvchilar yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmaydiganlarda ham hosil bo'lishi mumkin, chunki chekmaydiganlar passiv chekuvchilar hisoblanadi. Ko'p tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, chekish qon ivishi jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferik tomirlarda arterosklerozning kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bemor oyoq bo'g'inlarida og'riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi. Nikotin oshqozon shirasining ajralishi va uning kislotaligini izdan chiqaradi, chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavati yallig'lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi. Asta-sekin rang ajratish qobiliyati pasaya boradi, u dastlab yashil, so'ng qizil va sariq ranglarni ajratolmay qoladi. Ko'pgina chekuvchilarda eshitish sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog'ora parda qalinlashadi, eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi.

         Hozirgi vaqtda ko'pgina chekuvchilarning yoshi 20-30 da bo'lib yosh oila qurganlardir. Shuning uchun, chekuvchi ota-onalar birinchi navbatda o'z bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko'krak sutida nikotin bo'lgani uchun u qo'lansa hidli, biroz taxir bo'ladi. Shuning uchun, ba'zi bolalar onasini emmay qo'yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo'lib qoladi. Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilganda ota-onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez yo'talishini aytgan.

         O'smirlar kattalardan berkitib chekkanda sigaret tutuni bilan ko'proq zararli moddalar o'pkaga o'tar ekan. Sigaretni tez chekkanda o'pkaga ikki marta nikotin o'tishi isbotlangan. Chekuvchi o'smirlar organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladi, Maktab bolalarining sigaret, nos chekishi hech qanday odob, axloq normalariga to'g'ri kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga urinsa, uning sigaret, nosni chekishni tashlashi shunchalik qiyin bo'ladi. Chekuvchi odamlarda ishchanlik qobiliyati past bo'ladi. Chekuvchilar atrof-muhitning musaffoligini buzadilar, havoni zaharlaydilar


Zararli odatlar va sog’lom turmush tarzi


Zararli odatlar deganda biz  alkogolli ichimliklarni me’yoridan oshirib, muttasil iste’mol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni tushunishga o’rganib qolganmiz. Aslida,  zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bo’lib, o’z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda ko’proq ovqat eyishga o’rganib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko’nikib yashash, o’z hayotini jamiyatda qabul qilingan me’yor va o’lchamlar asosida tashkil qila bilmasdan, pala-partish o’tkazish va hech bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vegetativ turmush tarzida yashash bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi.

Kashandalikka barham berish – sog’lom turmush tarzining muhim sharti

Eng ko’p tarqalgan zararli odat tamaki chekish va nos otish hisoblanadi.

Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, stianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, ko’rg’oshin, margumush kabilar. Bularning zaharli ta’siri borasida to’xtalsak:

- nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi;

- is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekrestiya bezlari va boshqa a’zolarning kislorod bilan ta’minlashini izdan chiqaradi, ularning funkstiyasini buzilishiga olib keladi;

- tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi konsterogen moddalar bor;

- sigareta filtrining sariq-qo’ng’ir rangga bo’yalishiga sabab, tamaki tutunidagi konsterogen modda hisoblangan qatronning smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm qatron yutgan bo’ladi. Qatron rak kasalligining asosiy sababchisidir;

- rak kasalligi bilan ro’yxatga olingan bemorlarning 30 foizi, o’pka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kashandalardir;

 -tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, o’pka, jigar, me’da kabi hayotiy muhim a’zolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zavol bo’ladi.

Jumladan, kashandalar orasida miokard infarkti kabi og’ir kasallik tufayli hayotdan ko’z yumganlar tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5 marta ko’p;

tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urug’donida, ayol tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bo’lajak avlod genofonini kasallantiradi. Miya to’qimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tug’ilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, fe’l-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon bo’ladi.

Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak. Kashandalikdan voz kechgan odamda paydo bo’ladigan noxush sezgilarni engishda yordam beradigan vositalar (usullar)dan quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

- xumor tutganda bu tuyg’uni engish uchun ko’proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilish, gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullanish.

Asosiy natija odamning irodasi, sog’lom bo’lish istagi, o’zining va oila a’zolarining sog’lom bo’lishiga g’amxo’rligi, atrofdagilarga, yoshlarga yaxshi o’rnak ko’rsatish uchun ma’naviy yuksaklik darajasini namoyon qila olishi.

Sog’lom turmush tarzining ma’no-mazmunini to’g’ri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi.

Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, oxak, kul kabi zaharli moddalar ta’siriga nisbatan odam organizmining himoya reakstiyasi paydo bo’ladi. Ko’ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatning yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko’pchilik o’smirlar bu zararli odatdan voz kechib, uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o’rganmaydilar.

Afsuski, ayrim o’smirlar, nos qabul qilishni o’rgatuvchi «ustozlari»ning noto’g’ri maslahati bilan o’zlari qiynalsalar ham nos chekishni davom ettiradilar. Natijada asta-sekin nosning zararli ta’siriga nisbatan organizmning himoya reakstiyasi sustlashadi, ya’ni ko’ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi noxush belgilar paydo bo’lmaydi. Aksincha, organizm 4-5 kun davomida nos ta’siriga o’rganib, unga nisbatan ruhiy qaram – mute’ bo’lib qoladi. Nosga o’rganib qolgan odam nos chekkan paytda quyidagi belgilarini his etadi: kayfiyati ko’tariladi, chehrasi ochiladi, ko’p gapiradi, atrofdagilarga shilqimlik qiladi, yuzlari qizaradi, kayf holati 30 minut davom etadi.

Nos qabul qilishni yangi o’rgangan odam uni til ostida bir-ikki minut saqlay oladi, so’ngra tuflaydi. Asta-sekin odamda nos ta’siriga moslashuvi osha boradi va uni til ostida 10-20 minut davomida saqlay oladi. Boshlanishida kashanda nosni kuniga bir-ikki marta chekadi, asta-sekin uni chekish 10-20 martagacha tezlashadi. Avvaliga bir marta chekiladigan nos miqdori yarim-bir gramm bo’lgan bo’lsa, asta-sekin 3-5grammgacha ko’paytiriladi.

Nosni muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga o’rganib ruhiy va jismoniy mute’ bo’lib koladi. Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mute’lik belgilari paydo bo’ladi. Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o’zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo’lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.

Kashandalik avj olishi natijasida odamda nosga nisbatan ruhiy mute’likdan tashqari jismoniy mute’lik yuzaga keladi. Bunday odam o’z vaqtida nos qabul qilmasa boshi og’riydi, boshi aylanadi, yuragi o’ynaydi, bo’shashadi, sovuq ter bosadi, ishtahasi yo’qoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo’pol muomala qiladi, uyqusizlik paydo bo’ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topish   va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.

Nos chekuvchida abstinenstiya holati 10-15 kun davom etadi. Shu davrda kashanda abstinenstiya holatiga bardosh berib, o’zida kechayotgan ruhiy va jismoniy o’zgarishlarga bardosh bera olmasa, ya’ni u nos cheksa, u bundan keyin ham kashandaligini davom ettiraveradi. Bundan tashqari u muntazam ravishda har safar chekadigan nos miqdorini ko’paytirib boradi, qabul qilish vaqtini qisqartirib, kuniga 15-20 marta va undan ko’proq chekadi. Buning natijasida kashandaning organizmi nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi   chuqurlashib   boradi.

Ko’p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi.

Ta’kidlash joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avval bosh miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o’z-o’zidan, ayniqsa, nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o’qigan, ko’rgan, eshitgan narsalarini yodida saqlay olmaydi. O’zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o’tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qo’shiladi. Kashandaning yuragi, o’pkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o’ynaydi, arterial qon bosimi ko’tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko’karadi. Shuningdek, jigar sohasida (ung qovurg’a ostida) og’riq paydo bo’ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko’zlarining osti shishgan bo’ladi. Kechkurun esa oyoqlari shishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, og’iz – til, qizilo’ngach, me’da kabi a’zolarning rak kasalligi nos otuvchilarda, boshqalarga nisbatan bir necha marta ko’p uchraydi. Shunday qilib, ko’p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo’qotadi, vaqtidan   ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.

Ikkilamchi tutunning odam organizmi uchun zararli oqibatlari

Chekish dunyo bo’yicha aholi salomatligiga, oila byudjetiga katta zarar etkazadi. Tamaki bu bevaqt o’limga olib keladigan asosiy sababdir. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, kelgusida tamakini chekish 500 mln.ga yaqin odamlarning bevaqt o’limiga olib kelish xavfi bor. 2030 yilga kelib 1 yilda 10 mln. ga yaqin odam hayotdan ko’z yumishi mumkin. Dunyoda JSST boshchiligida tamaki chekish epidemiyasiga qarshi kurash olib borilmoqda. 1999 yil 24 may kuni Butun Jahon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bir ovozdan tamaki chekadiganlarni nazorat qilish qonvenstiyasini ishlab chiqish bo’yicha rezolyustiya qabul qildi.

Tamaki chekish chekmaydiganlarni va shu bilan birgalikda chekadiganlarni ham bevaqt o’limga olib keladigan zararli odat. Ikkilamchi tutun rak – xavfli o’sma (saraton) kasalliklariga va shu bilan bir qatorda yurak, o’pka kasalliklariga sabab bo’ladi. Ikkilamchi tutun bolalarda respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi va natijada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda o’rta quloqning surunkali kasalligiga yoki to’satdan o’lim oqibatlariga olib keladi. Ikkilamchi tutun bolalar va kattalar uchun bir xil darajada zararli. JSSTning ma’lumotiga ko’ra dunyodagi bolalarning yarmi ya’ni, 700 mln. bolalar tamakining ikkilamchi tutuni natijasida zaharlanib aziyat chekmoqdalar.

Ikkilamchi tutun nima?

Ikkilamchi tutun – yonayotgan sigaretdan va chekuvchi nafas chiqarishi natijasida chiqayotgan tutundir. Ikkilamchi tutunning atrofga tarqalishi natijasida atrofdagi chekmaydigan odamlarni ikkilamchi chekuvchilar yoki passiv chekuvchilarga aylantiradi, ya’ni ular istalmagan holda tutunni (burun orqali nafas oladi) tortadi.

Ikkilamchi tutunda 4000 dan ortiq zaharli kimyoviy gaz moddalari, shuningdek, kansterogen, mutagenlar ham bor. Kimyoviy moddalardan nikotin, xrom va is gazlari reproduktiv salomatlikka zaharli ta’sir etadi.

Ikkilamchi tutun odam sog’ligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Muntazam tamaki chekuvchilar chekish natijasida qanday kasalliklar bilan aziyat cheksalar ikkilamchi chekuvchilar ham xuddi shunday kasalliklar bilan aziyat chekadilar. Yurak-qon tomir kasalliklari va o’pkani saraton kasalliklari sababi ikkilamchi tutun natijasidir. Ikkilamchi tutun bolalar sog’ligiga zararli ta’sir qilib, bronxit, pnevmoniya, bronxial astmaning kuchayishiga o’rta quloqning yuqumli yallig’lanishiga va buning natijasiga ko’pchilik hollarda bolalarda karlik asoratiga olib keladi. Ikkilamchi tutun ayollarda homiladorlik davrida homilaning rivojlanish va o’sishini to’xtatadi. Tug’ruqdan so’ng esa chaqaloqlarda to’satdan o’lim xavfi ortadi. Tamaki tutuni ko’z va burunning shilliq qavatlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tomoqning yallig’lanishi, yo’tal va nafas olishda bir qancha asoratli muammolarni keltirib chiqaradi.

Ikkilamchi tutun va bolalar.

Bolalarning o’pkasi kattalarga nisbatan kichik va immun tizimi to’liq rivojlanmaganligi sababli, ularda ikkilamchi tutunning ta’siri natijasida nafas yo’llarining yuqumli kasalliklari tezroq rivojlanadi. Chunki bolalarning nafas olish chastotasi katta yoshdagilarga nisbatan ko’proq bo’lganligi sababli ular bir vaqtning o’zida organizmda ko’proq ikkilamchi tutunning zaharli moddalarni qabul qiladilar. Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti tomonidan ikkilamchi tutunning organizmga zarari to’g’risida bir necha keng miqyosda tekshirishlar o’tkazildi va quyidagi xulosalarga kelishildi. Tamaki tutunining organizmga muntazam ta’siri natijasida bronxit, pnevmoniya va boshqa o’tkir respirator


kasalliklar ko’payadi. Tamaki tutuni o’rta quloqning o’tkir va surunkali yuqumli kasalliklarini keltirib chiqaradi. AQShda 1996 yilning o’zida quloqning yuqumli kasalliklari bilan kasallangan odamlarning 13 foizi tamaki tutuni ta’siri natijasida bo’lganligi tasdiqlangan. Tamaki tutuni astma bilan xastalangan bolalarda astma xurujlarini keltirib chiqaradi, ba’zi tekshirishlar esa shuni ko’rsatadiki, tamaki tutuni sog’lom bolalarda bronxial astmani keltirib chiqaradilar.1992 yil Amerikadagi atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi har bir ikkilamchi tutun 8000 tadan 26000 tagacha bo’lgan yangidan astma kasalligining bolalarda uchraganligini aniqlagan.

Ikkilamchi tutun ta’siri chaqaloqlarda to’satdan o’lim hodisalari havfini kuchaytirar ekan (ya’ni beshikdagi to’satdan o’lim), bu holat homilaga ham havf-xatar etkazishi mumkin. 1999 yil Sog’liqni Saqlash Tashkilotining xalkaro ekspertlari tomonidan tamaki chekuvchi onalarni chaqaloqlarda to’satdan o’lim xodisalari 1/3 qismida uchraganligi aniqlangan. Chekuvchi homilador ayollar va chekmaydigan ayollar tamaki tutuni ta’siri natijasida yangi tug’iladigan chaqaloqlarni kam vaznli bo’lib tug’ilishi, hamda ularda aqliy zaiflikniig rivojlanish asoratlarini ko’paytirishi mumkin. Ikkilamchi tutunning zaharli kimyoviy va kansterogen moddalari ofislarda, mehmonxona, restoran va boshqa yopiq ish joylarda tezlik bilan tarqalishi kuzatiladi. Zaharli moddalar va mutagenlar qon bosimining ko’tarilishiga, havfli o’smalarning rivojlanishiga, markaziy asab tizimiga ta’sir etishi, o’pkaning jarohatlanishiga, hamda buyrak funkstiyasining buzilishiga olib keladi. Bu holatlar qaerda bo’lishidan qat’iy nazar ikkilamchi tutun bolalar, yoshlar va qariyalarga, ya’ni dunyoning barcha aholi qatlamlariga katta xavf etkazishi ilmiy jihatdan tasdiqlangan.



Ikkilamchi tutundan qanday saqlanish mumkin?

Buning uchun jamoat joylarida chekishni man qilish to’g’risida, ikkilamchi tutun, uning xavfi va asoratlari haqida targ’ibot qilish, ota-onalar uyda, avtotransportlarda, ayniqsa, bolalar bor joylarda chekishga yo’l qo’ymasliklari darkor. Shu bilan bir qatorda bolalar bog’chalarida, maktablarda va boshqa bolalar muassasalarida tamaki tutunidan ozod bo’lishiga erishish kerak. Ҳar bir inson oila azolariga o’z do’stlariga va ishchilariga ular chekayotgan bo’lsa, etiroz bildirishi va chekishga yo’l qo’ymasliklari kerak. Buning uchun albatta tamakining zararli oqibatlari haqida aholining barcha qatlamlari o’rtasida tibbiy bilimlarni oshirish, oldindan buni rejalashtirish lozim. Va bu bilan atrof-muhitni tamaki tutunidan ozod bo’lishiga, sog’lom avlod tug’ilishiga erishish va sog’ligini saqlashda katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.



Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki Ch. keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi; yuraktomir, meʼda, oʻpka kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Tamaki chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi. Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi va h.k. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunida kanserogen moddalar boʻladi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, kariyes, stomatit, gingivit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʻpka emfizemasiga, keyinchalik tuzatib boʻlmaydigan xavfli oʻsmalar rivojlanishiga olib keladi.

Surunkasiga uzoq vaqt chekish kishining tez qarishiga sabab boʻladi. Toʻqimalarning kislorod bilan yomon taʼminlanishi, mayda tomirlarning torayishi chekuvchilarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirib yuboradi (koʻz oki va teri sargʻimtir tusga kiradi, soʻlgʻinlik paydo boʻladi). Nafas yoʻllari shilliq pardasidagi oʻzgarish tovushga taʼsir etadi (tovush boʻgʻiqlashadi, odam xirillab nafas oladi). Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin taʼsiriga oʻta sezuvchan boʻladi. Ch. homiladorlik davrida ayniqsa, zararlidir, bunda nikotin ona qoniga oʻtib, homilani zaharlaydi.

CH. irsiyatni ham zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin.

CH. oʻta zararli boʻlgani uchun keyingi paytlarda qator mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham Ch.ga qarshi qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda, tamaki mahsulotlarini reklama kilish va uni bolalarga sotish, jamoat joylarida va transportda chekish taqiqlanadi va h.k. Koʻpchilik chekuvchilarning chekishni tashlagandan soʻng kishi xastalanib qolishi mumkin degan gapi asossiz, chunki zahardan oʻzini tiygan kishi hech qachon zarar koʻrmagan.

Kishi har qancha kashanda boʻlsa ham Ch.dan qutulish mumkin. Buning uchun unda mustahkam iroda va chekishni tashlashga qatʼiy qaror boʻlishi kerak. Ch.ni tashlagan kishida qandaydir noxushlik, jizzakilik, uyqu buzilishi, baʼzan bosh ogʻrigʻi kabi holatlar kuzatiladi. Lekin bular keyinchalik barham topadi. Ch.ni tashlamoqchi boʻlganda vrachnarkologga uchrashish va tegishli maslahatlar olish lozim.

Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organizmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi


Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kanserogen moddalar. Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: uglerod dioksidi, uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy, opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, aseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar. Sigaret tutunida, shuningdek, qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo'ladi. Tamaki smolasi tarkibida polisiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari smola o'zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo'rg'oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarini saqlaydi.
         Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki o'simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo'yicha 4,7 mln. gektarda tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug'doy ekilsa qo'shimcha 20 mln. tonna bug'doy yig'ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi.
Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko'pchilik qismini qamrab olgan. O'smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo'ladi. Birinchi sigaret yoki nos chekilganda o'smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Lining ko'ngli ayniydi, ko'p so'lak ajraladi, qon tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba'zida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so'ng o'smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib borib, organizmi tamaki yoki nosga o'rganib qoladi. So'ng o'smirda mustahkam shartli refleks hosil bo'ladi. O'smir 12—15 yoshda tamaki yoki nos ta'mini tatib ko'rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar yo'qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi. Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmning nikotinni qabul qilishga o'rganib qolishi vujudga keladi. Bu uch statiyada rivojlanadi:
 1.  Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi va borgan sari ko'proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.
         2.  Ikkinchi stadiya — somatik belgilar namoyon bo'la boshlaydi, chekuvchida bronxit kasalligining hosil bo'lishi, oshqozon, yurak va boshqa a'zolarda og'riq, noqulay holatlar ro'y beradi. Nerv sistemasida o'zgarish sodir bo'ladi. Chekuvchida ta'sirchanlik, bosh og'rish holatlari sodir bo'ladi. Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.
         3.  Uchinchi stadiya — chekish avtomatik bo'lib qoladi. Doimiy bosh og'rig'i, xotiraning susayishi, juda ta'sirchan bo'lib qolishi, doimiy yo'tal paydo bo'ladi.
Tamaki chekishning sog'liqqa zarari. Tamaki chekish odam organizmiga ta'sir qiladimi? So'zsiz ta'sir qiladi. Odam sigaret chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o'pkaga kislorod o'rniga C02 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o'tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat o'z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo'ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o'pka alveolalari (hujayralarida) ishqor — nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o'pkaning shilliq qavatini ta'sirlab chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o'pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlarning ma'lumoticha, sil kasalligiga duchor bo'lganlarning 90 foizi chekuvchilardir. Tamaki tarkibidagi kanserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grami odamni o'ldiradi. Bu doza 20 dona sigaretda saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona sigaret chekadi, bu (160 kg.) tamaki degani. Bunday miqdordagi sigaret tarkibida 800 g. nikotin bo'ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o'ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. Lekin bu nikotin oz-oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab tizimini zaharlaydi. Uzoq muddat sigaret chekkan odamlarninq qo'llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o'qtin-o'qtin yo'taladilar, ko'ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik asab tizimiga ta'sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez-tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo'ladi. Qonda nikotin moddasining ko'payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so'ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o'smirlarning chekishi tufayli bola o'sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug' hujayralarida o'zgarishlar sodir bo'ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi.
         Tamaki chekuvchilarda askarbin kislota, furosemid, geparin esterogenlarning ta'sir etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon yarasi kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni qiyinlashtiradi. Nikolin buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta'sir etadi. Bundan tashqari, nikotin ateroskleroz kasalligining zo'rayib ketishiga sabab bo'ladi.
Surunkali chekish orqa tniya funksiyalariga salbiy ta'sir etadi. Bu jinsiy ojizlikka sabab bo'ladi.
         Ayniqsa, yosh qizlarning sigaret chekishi barcha a'zolariga zararli ta'sir etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi, tez-tez kasallanadilar, hayz ko'rishi buziladi. Surunkali chekish qiz bola husnini buzadi, erta balog'atga yetadi. Chekuvchi ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi, yuz terisining rangi o'zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizida Bazedov kasalligi taraqqiy etadi. Shuni aytish kerakki, chekmaydiganlar chekuvchilar yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmaydiganlarda ham hosil bo'lishi mumkin, chunki chekmaydiganlar passiv chekuvchilar hisoblanadi. Ko'p tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, chekish qon ivishi jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferik tomirlarda arterosklerozning kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bemor oyoq bo'g'inlarida og'riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi. Nikotin oshqozon shirasining ajralishi va uning kislotaligini izdan chiqaradi, chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavati yallig'lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi. Asta-sekin rang ajratish qobiliyati pasaya boradi, u dastlab yashil, so'ng qizil va sariq ranglarni ajratolmay qoladi. Ko'pgina chekuvchilarda eshitish sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog'ora parda qalinlashadi, eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi.
         Hozirgi vaqtda ko'pgina chekuvchilarning yoshi 20-30 da bo'lib yosh oila qurganlardir. Shuning uchun, chekuvchi ota-onalar birinchi navbatda o'z bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko'krak sutida nikotin bo'lgani uchun u qo'lansa hidli, biroz taxir bo'ladi. Shuning uchun, ba'zi bolalar onasini emmay qo'yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo'lib qoladi. Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilganda ota-onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez yo'talishini aytgan.
         O'smirlar kattalardan berkitib chekkanda sigaret tutuni bilan ko'proq zararli moddalar o'pkaga o'tar ekan. Sigaretni tez chekkanda o'pkaga ikki marta nikotin o'tishi isbotlangan. Chekuvchi o'smirlar organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladi, Maktab bolalarining sigaret, nos chekishi hech qanday odob, axloq normalariga to'g'ri kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga urinsa, uning sigaret, nosni chekishni tashlashi shunchalik qiyin bo'ladi. Chekuvchi odamlarda ishchanlik qobiliyati past bo'ladi. Chekuvchilar atrof-muhitning musaffoligini buzadilar, havoni zaharlaydilar.
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling