S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi


Download 312.5 Kb.
bet7/32
Sana16.06.2023
Hajmi312.5 Kb.
#1517612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Bilish jarayonlari

Tafakkur haqida tushuncha.


Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning umumlashgan va bevosita usuli bo’lib, obektlar orasidagi bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga
qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari uni til bilan bevosita bog’liqligidir. Tafakkur nutqda namoyon bo’ladi. Tafakkur inson hayoti tajribasida sezgi, idrok va tasavvurlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok asosida olamni aks ettirish yanada aniq va to’g’ri bo’ladi. Tafakkur borliqni umumlashgan holda aks etishidir. Qachonki muammoli vaziyat paydo bulganda tafakkur ishga tushadi.
Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o’tadi. Biroq eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan bog’langan bo’ladi. Kishi tafakkur jarayonida hissiy bilish chegarasidan chetga chiqadi.

    1. shakl




Ular shaxs tomonidan borliqni aks ettirish, umumlashtirish va bilvosita aks ettirish shakli

Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirish kiradi.


Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini, bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan obyektni har xil komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir.

Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling