S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

1 - boshlovchi: — Alisher Navoiy va Bobur nomida oliygoh
kutubxona va chiroyli xiyobonlar qad rostlagan.
2 - boshlovchi: — Biz esa yanada puxta bilim olib, ularga 
munosib avlod, yurt koriga yaraydigan inson bo'lib yetishishimiz 
lozim. Buning uchun bizga barcha sharoitlar yaratib berilgan. 
B o b o m izn in g
aytg a n
h ik m a tli 
so.'zlarini 
ham yo dd a n
chiqarmasligimiz kerak.
1- o'quvchi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.
2 - o'quvchi:
Nafing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf o'zungga ko'prakdurur.
3 - o'quvchi:
Bordur inson zotida oncha sharaf,
Kim yamon axloqin etsa bartaraf.
4 - o'quvchi:
Ko'p demak birla bo'lmag'il nodon,
Ko'p yemak birla bo'lmag'il hayvon.
1 - boshlovchi: — Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni 
mutolaa qilishdan aslo erinmang! Undagi zarra-zarra ganjlarni 
oling, buyuk ajdodlarimizga bosh egib, ularga munosib voris 
bo'ling, deya bugungi kechamizga yakun yasaymiz.
(Quyida O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toyir qalamiga 
mansub «Hikmat va ibrat» she'ridan ham mazkur tadbirda 
foydalanishingiz mumkin).
48


HIKMAT VA IBRAT
Men moziydan hikmat so'radim, 
Navoiydan madad so‘radim. 
Tuproq bo'lib hazrat poyida, 
Hikmatidan bir gard so'radim.
Izlaridan chopayin, dedim,
Dilga davlat topayin, dedim. 
Baringizning bitta ipini 
Ruxsat bering, o'payin, dedim.
So'nmasin nur dillilar dedim,
Dilli bo'lsin bedillar dedim. 
Bobolarim hikmatgo'y, orif, 
Hikmatga zor ko'ngillar dedim.
Bobur balqib boshimda turdi,
Va lekin ko'z yoshimda turdi.
Dedi: — «Bo'tam, Vatan sog'inchi 
Zahar bo'lgan oshimda turdi».
0 ‘ngimdan ham bir oh keldi-da
So'limdan ham bir oh keldi-da. 
Ko'zlarimning ikki chetidan 
Ko'zyosh emas, siyoh keldi-da.
Mashrab bo'lib dorda turibman, 
Cho'lpon bo'lib zorda turibman. 
Gul yoshimda kul qilsalar ham, 
Hur oh bilan — orda turibman.
Bobolarim komilu komron
Bobolarim ashraful inson. 
Hikmatidan ibratlar olib, 
Hikmatlanib turibdi jahon.


Siz el ichra omon-omonsiz,
She’riyatda shohi jahonsiz.
Ta’zim Sizga, hazrat Navoiy,
Ta’zim Sizga, hazrati Bobur.
Siz o'zbekka shon ichra shonsiz,
Ori osmon O'zbekistonsiz!

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling