S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/63
Sana24.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1796757
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

17


Kuz fasli:
Oltin kuzman, oltin kuz,
Doim to ‘kin-sochin kuz.
Hosil m o‘l-ko ‘l bo‘ladi,
Qo‘yni-qo‘njim to'ladi.
Dalalar gavjum, quvnoq,
Bog'lar sariq oltinday.
Qayerga qaramasang,
Ko'zni olar, hay-hay-hay.
Hosilni yig‘ib olgach,
Bog'larni tuzataman.
Issiqmijoz qushlarni,
Janubga kuzataman.
So'ng xotirjam o'tirib,
Yeyman bayram g'amini.
Siz ham bir tanib qo'ying,
«Mehrjon» bayramini.
Dehqon bobo:
Salom aziz, jon bolalar 
Tog‘da o'sgan gul-lolalar.
Bayramingiz qutlug' bo‘lsin,
Nasibangiz to ‘liq bo‘lsin.
«Hosil bayram» yoqar bizga,
Bolajonlar, rahmat sizga!
(Yaprog'oy barcha mevalarni boshlab kiradi). 
Y aprog 'oy:
Men sap-sariq Yaproqman,
Oltindek yaltiroqman.
Qushdek yengil parvozim,
Shaldir-iShulGtir- .ovozim.
Menga hamroh bo'lsangiz,
Rosa maza qilasiz.
Paxta:
Paxtaoyman men o ‘zim,
Berilib tinglang so'zim.
0 ‘zbekiston faxrim an,
O'zim juda baxtliman.
Olma:
Olmadir mening ismim,
Biram yoqimli hidim.
Ne’mat ichra a ’loman,
Yetmish dardga shifoman.
Nok:
Dasturxonlar bezagi,
Mevalarning keragi.
18


Nok deydilar nomimni,
Tatib ko'ring ta ’mimni.
Anor:
Meni Anor deydilar,
Maza qilib yeydilar.
Yoqut misol har donam,
Xurmo mening dugonam.
Xurm o:
Mening nomim Xurmodir,
Demang, ozroq xomroqmi?
Meni to'yib yesangiz,
Aslo kasal bo'lmaysiz.
Y ong'oq:
Bahorda to'n bichaman,
Uni kuzda yechaman.
Shamol kelsa guvillab,
To'kilaman duvillab.
Tarvuz:
Tarvuzdek shirin ne’mat 
Topilmaydi dunyoda.
Dum-dumaloq shaklim bor,
Biram silliq, ozoda.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling