S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Hamma: — 0 ‘zbekiston! (Vatan haqida she’r tinglanadi, bolalar ijrosidagi qo'shiq


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/63
Sana24.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1796757
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

Hamma: — 0 ‘zbekiston!
(Vatan haqida she’r tinglanadi, bolalar ijrosidagi qo'shiq

raqs 
ko'rinishlari tomosha qilinadi).
(Davraga «Matematika» kitobi keladi).
«Matematika» kitobi:
Men o ‘rgataman hisob,
Fanlarning podshosiman.
Sirlarim ko‘p, behisob,
Donolar oshnasiman.
— 
Assalomu alaykum, aziz bolajonlar! Sizlarni bugungi «Savod­
xonlik bayrami» bilan tabriklayman.
Hamma: — Rahmat.
«Matematika» kitobi: — Qani bolajonlar, bir sanab beringlar- 
chi.
(O'quvchilar raqamlar haqidagi she’rlarni aytadilar). 
Boshlovchi:
Qaynab chiqqan dilimdan,
Aytay burro tilimdan.
So‘zing to'lsin ma’noga,
Hunarlardan, bilimdan.
Bahra olsin yuraklar,
Shunday kul$in tilaklar.
Jilolanib ochilsin,
Chamandagi chechaklar.
.Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, mana biz yaqinda yangi 
yilni kutib olamiz. Bugungi bayramimizga qo'shaloq qilib ana 
shu bayramni ham nishonlamoqchimiz. Aziz ota-onalar, qadrli 
bolajonlar, qalbi quyosh kabi issiq bo'lgan mehribon ustozlar, 
sizlarni kelayotgan orzu-umidlarga boy yil bilan tabriklaymiz. Yangi 
yilda baxt va omad sizni hech qachon tark etmasin.
28


SAVODXONLIK MUBORAK!
(Sahna bayramona ruhda bezatilgan, zalga o'quvchilar kirib 
kelib, bayram dasturini boshlaydilar).
1- boshlovchi:
Assalom, xush keldingiz,
Ustozlar-u ey, aziz,
Otajon-onajonlar,
Sizga biz ta ’zimdamiz!
2 - boshlovchi:
Katta-kichik barchaga,
Yo'llagaymiz assalom,
Sizga ezgu tilaklar
Va jamiki xushkalom!
(O'quvchilar she’r aytishadi).
1- o'quvchi: 

Alifbeni tugatdim,
Endi o'qiy olaman.
So'zlarni qo'shib har xil 
Jumla to'qiy olaman.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling