S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/63
Sana24.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1718476
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

IV. Uyga vazifa.
Vitaminli sabzavot va mevalar rasmini chizib kelish.
76


DAM OLISH DAQIQALARI
Don cho'qiydi oppoq tovuq, 
Suv ichadi qorasi. 
Qo'shilganda olasi,
Nechta bo'lar hammasi?
(3ta).
Qishda quyon bolaladi, 
Quyonchalar ko'p edi.
Ulardan beshtasini,
Tulki o 'g'irlab ketdi. 
Quyonchalar ozaydi-yu,
Qoldi beshta quyoncha.
Qani, o'ylab, toping-chi?
Bor edi jami nechta?
(10ta).
Oyim berdi 5ta anor,
O'zimda ham 3ta bor.
Sanab bilsang aytaqol,
Menda nechta anor bor?
(8ta).
O'qariqdan chim olinib,
Ini ko'chdi chumolining. 
Uymalashib hayron boqdi, 
15tasi suvga oqdi.
Beshta chumoli shu payt, 
Tirishib harakatda 
Toshga chiqib oldi arang, 
Suvda nechta qoldi qarang?
(10ta).
10ta jo'jam bor dalada, 
Mushuk poylar huv panada. 
Birin yedi, qoldi nechta,
Yana birin yegan kecha.
(8ta).


Bu shoxda bor 5ta qush,
U shoxda bor 4ta qush.
Uchib ketdi 3tasi,
Shoxda qoldi nechtasi?
(6ta).
Ko'chat ekdim saralab,
Katta bog‘ni oralab.
Bir juft olma, bir ju ft nok,
Bir juft o'rik, bir juft tok.
Qani, o'ylab, toping-chi?
Barcha ko'chat necha juft,
Bu juft sonmi yoki toq?
(4 juft, 8ta).
O'ynar 45 qiz bola,
Go'yo ochilgan lola.
Do'stlari keldi 10ta,
Ayt, ular bo‘ldi nechta?
(55ta).
Lolalardan birpasda,
Yasab qo'ydik guldasta. 
Mehmonlarga besh yuzin,
Bolalarga to 'rt yuzin.
Taqdim etdik kecha biz,
Jami nechta, ayting siz.
(900ta).
Sotib oldim 5ta ayiq,
Suvga soldim 5ta qayiq.
Birgalikda nechta bo‘ldi 
5ta ayiq, 5ta qayiq?
(5 + 5 = 10).
Yodgorning yong'og'i 7ta edi, 
Bittasini chaqib, mag'zini yedi.
Unda qoldi nechta yong'oq,
Qolgan yong'oq juftmi yo toq?
(6ta, juft).
Gullar terdik 10ta qiz,
100ta edik hammamiz.
Nechta ekan qolgani,
Gulzorga bormagani?
(90ta).

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling