S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
4-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar Betonning mustahkamligi va tejamliligiga to‘ldiruvchining tozaligi katta ta’sir ko‘rsatadi. CHangsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar yuzasida sement toshi bilan bog‘lanishiga mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi. Natijada betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-40 % ga). SHu sababli to‘ldiruvchilar xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda ifloslantiruvchi qo‘shimchalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdorlari ko‘rsatilgan. Otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali 46 (mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2% miqdorida bo‘lishiga ruxsat etiladi. CHo‘kindi jinslardan olingan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak. SHag‘alda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan ko‘p bo‘lmasligi, tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar o‘tkazish bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv). Iflos va sifatsiz to‘ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish bilan nazorat qilish mumkin emas. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 1. Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar o‘lchamlari qanday? 2. Engil betonlar uchun qanday to‘ldiruvchilar ishlatiladi? 3. To‘ldiruvchilar betonning necha foiz hajmini egallaydi? 4. G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar engil betonning xususiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 5. Beton tarkibini loyihalashda qanday ko‘rsatkichlarga asoslanadi? 6. Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda nimalarga e’tibor beriladi 7. Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish nima uchun kerak? 8. Beton tayyorlash uchun tarkibida qanday yiriklikdagi zarralari bo‘lgan qum tanlanishi tavsiya etiladi? 9. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining donadorlik tarkibi ta’siri? 10. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining mustahkamligi ta’siri? 11. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining sovuqqa chidamliligi ta’siri? 12. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling