S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonlari tezkor rivojlanish dinamikasi ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi. Shuningdek, oliy ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish, ta`lim jarayonining shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari asosida tashkil etilishini ta`minlash hamda rivojlangan davlatlarning kasbiy ta`lim tajribalarini mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi. 7 Bugungi kunda o’qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko’nikmani shakllantirish bilan chegaralanmasdan o’quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o’rgatishi kerak. Shuning uchun pedagog turli zamonaviy o’qitish metodlaridan foydalanib o’quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. O’qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo’ladi: Dars mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari. Bayon etiladigan o’quv materialining tavsifi. Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi. O’quv jarayonining mazkur bosqichida o’rganilayotgan fan metodlari. O’quv muassasasida o’qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta`minlanganligi. O’qituvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etishi darajasi, dars berishning zamonaviy metod va texnologiyalarini bilishi. Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilarning turlari ko’pligi, ularning xossalari va ishlatish xususiyatlarini o’rganishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq ularning umumiyligi materiallarning xossalarini material tarkib topgan moddalarning tuzilish xususiyatlariga bog’liqligidadir. Shuning uchun fanni o’rganishda, birinchi navbatda, materialning xossalari, tarkibi va tuzilishidagi bog’liqligiga jiddiy e`tibor qaratish lozim. G‘ovakli to‘ldiruvchilar xomashyoga turli usullarda ishlov berish natijasida turli tuzilishdagi va turli xossalarga ega materiallar olinadi. Bu vaziyatda, fanni o’rganish jarayonida, ushbu ishlab chiqarish va ishlov berish usullarini shunday o’rganish kerakki, ularning material tuzilishi va xossasiga ta`sir etishini baholash imkoni bo’lsin. Materiallarning xossalarini, uning tarkibi va tuzilishiga bog’liqligini va asosiy texnologik jarayonlarini chuqur o’rganish natijasida talaba materiallar sifatini to’g’ri baholay olishi va ulardan qurilishda samarali foydalanish sohalarini aniqlay olishi kerak. Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’qitishda birinchi navbatda to‘ldiruvchilarning betonlar uchun ahamiyati, ajdodlarimizning boy me`morchilik 8 merosi va undan faxrlanish to’yg’usi, O’zbekistonda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish tarixi va istiqboli, fanning vazifasi, uning o’rganishda interfaol strategiyalardan va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ish bajarish va uni baholash mezonlari haqida tushuncha berish lozim. Shuningdek, fanni o’rganish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e`tibor qaratish lozim. Buning uchun qurilish sanoatidagi ulkan yutuqlar, ishlab chiqarish rivoji, bu sohada olimlarimiz olib borayotgan izlanishlari, qurilish materiallari sohasidagi chet el tajribasi, fan va texnika rivoji haqida misollar keltirish kerak. Ma`ruzalarda fanning murakkab masalalari bo’yicha tushunchalar berish va tavsiya etiladigan adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha maslahatlar berish lozim. Ma`ruzalar tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Ma`ruzalar o’tishda interfaol metodlar (kichik guruhlarga uyushtirish, klaster tuzish, “aqliy hujum”, insert jadvali, sinkveyn, davra suhbati, bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, yo’naltiruvchi matn va b.) dan foydalanish ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi imkoniyatlarni yaratadi. Nazariy o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib har 20 daqiqa davomida turli ta`lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta`lim metodlaridan bunday uyg’unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida nafaqat ta`lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta`lim samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin. Ma`ruza so’nggida, albatta, 3-4 daqiqali vaqtni talabalar bilimini tekshirishga ajratish lozim. Talabalar bilimini o’tilgan mavzu bo’yicha testlar, nazorat savollari, tarqatma materiallar, mavzu bo’yicha ESSE yozish va sh.k. orqali baholash mumkin. Oliy o‘quv yurti talablaridan kelib chiqib, fanni amaliy (tajribalarda, ustaxonalarda, ekskursiyalarda, seminarlarda) mashg’ulotlarda o’rganishga alohida e`tibor qaratmoq lozim. Bu mashg’ulotlarda nazariy darslarda va tavsiya etilgan adabiyotlar asosida mustaqil ish bajarishda olingan bilimlar mustahkamlanadi. 9 Amaliy mashg’ulotlarda beton to‘ldiruvchilarni samarali ishlatish masalalarini yechish metodlari bo’yicha ko’nikma va mahorat shakllanadi va rivojlanadi. Shuningdek, mashg’ulotlarda turli masalalarni yechish bo’yicha mustaqil yechim qabul qilish, mavzu bo’yicha mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon etish, kompetentlik kabi fazilatlar shakllanadi. Masala va misollarni shunday tanlash kerakki, ularda minimal hisob-grafik ishlari bajarilib, metod g’oyasini aks ettirsin. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar me`yoriy (davlat standartlari, qurilish me`yorlari va qoidalari va b) hujjatlardan, ko’rgazmali vositalar (tarqatma material, maketlar, plakatlar, namunalar va sh.k.) dan keng foydalansinlar. Amaliy dars boshlanishidan oldin pedagog o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini tekshiradi (nazorat savollarini beradi, uy vazifalarining bajarilishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatadi). Fan bo’yicha o’tkaziladigan tajriba ishlariga alohida e`tibor qaratmoq lozim. Tajriba mashg’ulotlarida talabalar nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar, ilmiy-tekshirish ishlarini o’tkazish malakasini oladilar, eksperimental apparatura bilan ishlash malakasini egallaydilar, kuzatuvchanlik, aniqlik kabi xislatlari rivojlanadi. Tajriba ishlarini tashkil etishda talabalarning mustaqil ishlashlariga e`tibor berish lozim. Ular tajriba ishlarini bajarish rejalari bilan tanish bo’lishlari va albatta shu rejada ko’rsatilgan adabiyotlarga asosan unga tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Tajriba ishlari samaradorligini oshirish uchun har bir ishga metodik ko’rsatmalar tayyorlash va unda ish bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va asbob-uskunalar, qisqacha ish bajarish tartibi, asbob- uskunalar sxemalari va rasmlari va sh.k. bayon etilishi va bajarilgan ishlar natijalarini kiritish uchun ishchi daftar (metodika ta`rifi, hisob usullari, xulosalar va b.) yuritilishi tavsiya etiladi. Har bir tajriba ishni bajarishdan oldin pedagog o’quvchilarni nazariy tayyorgarlik darajasini tekshiradi, ishni bajarish metodikasini aniqlashtiradi, so’ngra ishning bajarilishini nazorat qiladi, maslahatlar beradi va har bir o’quvchining ishini baholaydi. 10 Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirishda ilg’or qurilish ob`ektlari va to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ekskursiya jarayonida talabalar to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyalari va ularni real ob`ektlarda betonlar uchun qo’llash, sifat nazorati, mehnat muhofazasi bilan tanishadilar. Har bir ekskursiyadan oldin o’qituvchi talabalarni ekskursiya ob`ekti bilan tanishtiradi va undan ko’zlangan maqsadni tushuntiradi. Ekskursiya o’tkazilgandan so’ng o’quvchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazadi, hisobotlarini tahlil etadi va savollarga javob beradi. Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar turli to‘ldiruvchilar bilan tanishadilar, ularning xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari, qo’llash sohalarini o’rganadilar. Bu ish talabalardan ko’plab ma`lumotlarni eslab qolishlarini talab etadi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu xaqda guvohlik beradiki, yangi bilimlar berishni nazariy darsning 20 daqiqasida amalga oshirish, keyin esa bahs-munozara,, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi interfaol metodlarni amalga oshirib, ta`lim oluvchilarning bilimlarini mustahkamlash mumkin. Shuningdek, mashg’ulotlarda o’qitishning texnik vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishlarini (kurs ishi va b.) muntazam nazorat qilish ularning fanni o’zlashtirishlarini muhim metodik elementidir. Nazoratning so’ngi bosqichi yakuniy nazoratdir. Pedagoglar yakuniy nazorat qanday tartibda o’tkazilishi (og’zaki yoki yozma), savolnomalarni oldindan ma`lum qilish tavsiya etiladi. 11 To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Betonning asosiy bog‘lovchi faol qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga aylanish xususiyati ega. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling