S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement  qorishmasidagi zichligi – ρ


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

3
o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement 
qorishmasidagi zichligi – ρ
z
s.t
olinadi (3) formula.
Bo’shliqlik – bu to’ldiruvchilarning muhim xarakteristikasi xisoblanadi. 
Zich konstruksion betonda barcha bo’shliqlar sement qorishmasi bilan to’lishi 
kerak. Shu sababli bo’shliqlik qancha kam bo’lsa, betonda sement sarfi xam 
shuncha kam bo’ladi. Yirik g‘ovakli betonda esa aksincha, yani to’ldiruvchilarning 
bo’shliqligi katta bo’lishi kerak . 
To’ldiruvchi bo‘shliqligi, donalar shakli va donadorlik (granulometrik) 
tarkibiga bog‘liqdir.
 
4-§. To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi 
G‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning xajmlari 
yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida 
g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi 
aniqlanadi. 
Agar donalar zichligi – ρ
3
 va to’ldiruvchi modda zichligi – ρ malum bo’lsa, 
u xolda g‘ovaklik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
%
100
)
1
(





з
гов
V
,
Agar formuladagi ρ
3
o’rniga sement qorishmasidagi donalar zichligini 
qo’ysak, u holda barcha g‘ovaklik emas, balki uning qismi aniqlanadi, yani 
betonda sement qorishmasi to’ldirmaydigon g‘ovaklik aniqlanadi.
Umumiy g‘ovaklikdan kelib chiqib ochiq g‘ovaklarni aniqlaymiz va 
natijada betonning to’ldiruvchilarining ochiq g‘ovaklarini to’ldirish uchun 
sarflanadigan qo’shimcha sement qorishmasi xajmi aniqlanadi.
 


23 
5-§. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi 
To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar 
g‘ovakligi asosiy omillardan biri xisoblanadi.
To’ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°S da 
quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To’ldiruvchilarning 
namligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
%
100



кур
кур
нам
m
m
m
W
,   
Bu erda:  m
nam 
 - to’ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g 
m
kur
- to’ldiruvchi namunasining quruq xolatdagi massasi, g
To’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi W
cshm. 
(massa bo’yicha % da) 
aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilar namunasi suvga 48 soat davomida solib 
qo’yiladi, so’ngra 1 soat yoki boshqa vaqtda texnik shartlar yoki texnik talablarga 
ko’ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va torozida tortib olinadi: 
%
100



кур
кур
сш
сшм
m
m
m
W
,   
bu erda: m
ssh
 – suvga shimdirilgan to’ldiruvchilar namunasining massasi, g. 
Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo’qotish maxsus jaraënga 
kiritiladi. UzRST bo’yicha shag‘al va shag‘al yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. 
UzRST 
ga 
ko’ra 
yirik 
g‘ovakli to’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi 
perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar 
namunasi birgalikda suvga solib qo’yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo’yilib 
(ortikcha suvdan xalos etiladi), so’ngra tarozida tortib, hisob-kitov ishlari 
bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin.
Mayda to’ldiruvchilar uchun esa bu jaraënni o’tkazish yanada qiyin. SHu 
sababli mayda to’ldiruvchi(qum)lar uchun bunday sinovni o’tkazish standartda 
ko’rsatilmagan.
G‘ovak qumning suvshimuvchanligini aniklash AQSH standartiga ko’ra 
quyidagicha aniklanadi: qum namunasi suvda namlanadi, so’ngra issiq xavo 
oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Qolip olinadi, agar konus cho‘kmasa 


24 
quritish davom ettiriladi. Qachonki qolip olinganda konus cho’ksa, u holda donalar 
orasidagi suvdan xalos etildi deb hisoblanadi, fakat g‘ovaklardagi suv qolgan deb 
hisoblanadi. So’ngra qum tarozida tortiladi, doimiy massagacha quritiladi. 
Suvshimuvchanlik quritilguncha va quritilgandan so’ngi massalar nisbati bo’yicha 
topiladi.
Qumning suvshimuvchanligini betonda sinashda aniklash muxim 
xisoblanadi.
Ko’p hollarda yirik to’ldiruvchining suv shimuvchanligi xajm bo’yicha % 
da aniqlanadi, yani shimdirilgan suv hajmining dona hajmiga nisbatiga ko’ra 
topiladi. Massa bo’yicha % da suvshimuvchanlik – W
sshm.
va dona zichligi – ρ
3 
malum bo’lsa, hajm bo’yicha % da quyidagi formuladan topiladi:
сув
з
сшм
сшх
W
W



,
W
s.sh.x.
hamma vaqt to’ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo’ladi, 
chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to’lmasligi mumkin. W
sshx
va V
g‘ovak
dan 
kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi xajmi suv bilan to’lishi mumkinligi haqida 
ma’lumotga ega bo’lamiz. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling