S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

7-§. To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi 
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi turli 
kattalikdagi donalarning mavjudligi bo’lib, to’ldiruvchining o’rtacha namunasini 
standart elakdan o’tkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar to’plami quyidagi 
o’lchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20; 
40; 70 mm va xokozo.
To’ldiruvchilar birinchi navbatda eng kichik va eng katta yiriklikni 
xususiyatlaydi. Eng kichik -D
kichik
yirikligi deb, shunday o’lchamli standart elakka 
aytiladiki, to‘ldiruvchi namunasini elaganda 95% dan kam bo’lmagan namuna 
qoladi va faqat 5% dan ko’p bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha). Eng katta 
yiriklik deb -D
katta 
shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to’ldiruvchilar 
namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bo’lmagan 
namuna o’tadi (massa bo’yicha).
Eng katta va eng kichik yiriklikdagi donadorlik tarkibiga mos 
xarakterlanadi, masalan: 5 - 40mm yirikligidagi shag‘al(chakik tosh) uchun
D
eng katta 
=40mm: D
eng kichik 
=5mm.
Bir fraksiyali to’ldiruvchilar deb, uning donalaridagi eng yirik va eng kichik 
yirikligi bir-biriga yaqin va 5-10, 10-20, 20-40 mm ko‘zli standart elaklar 
to’plamini tashkil etadi.
Masalan, 
5-20mm 
yirikligidagi 
to’ldiruvchi 
ikki 
xil 
fraksiyadagi 
aralashmadan tashkil topadi.
Qurilishda standart bo‘yicha nisbatan tor fraksiyali to‘ldiruvchilarga ruxsat 
etiladi va samarali ishlatiladi. Masalan 10-15mm yoki 15-20 mm. 
To’ldiruvchilarning bo’shliqligi turli fraksiyalarning aralashmasida kamayadi, 
yani kichik donalar nisbatan katta donalar orasini to’ldiradi va xajmini nisbatan 
qulay to’ldiradi. SHu sababli to’ldiruvchilar aralashmasi uchun donadorlik tarkib 
muhim rol o’ynaydi.
Uzluksiz donadorlik tarkib deb, to’ldiruvchi namunasining standart elakdan 
o’tkazganda barcha elaklarda qoldiq qolsa va to’ldiruvchi aralashmasida D
engkatta
 
dan D
engkichik
 gacha bulgan barcha fraksiyali to’ldiruvchilarga aytiladi. 


27 
Agar to’ldiruvchi aralashmasi tarkibida bir fraksiyali to’ldiruvchilar bo’lmasa, 
u xolda uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb ataladi. Masalan shag‘al 
yoki shag‘al aralashmasi uchun 5-10mm va 20-40 mm (10-20 mm oraliq fraksiya 
yo’q) uzlukli bo’ladi.
B.Nikolaev o’zining izlanishlarida uzlukli donadorlik tarkibdagi donadorlik 
tarkibi haqida va ularning aralashmasida minimal bo’shliqqa erishish to’g‘risida 
malumot beradi. Uzlukli donadorlik tarkibdagi to’ldiruvchilarni qo‘llash sohasi 
chegaralangan, biroq beton texnologiyasida qo’llash kengaymoqda. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling