S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

4-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri 
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar Betonning mustahkamligi va 
tejamliligiga to‘ldiruvchining tozaligi katta ta’sir ko‘rsatadi. CHangsimon va 
xususan loysimon aralashmalar donalar yuzasida sement toshi bilan bog‘lanishiga 
mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi. Natijada betonning mustahkamligi sezilarli 
darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-40 % ga). SHu sababli to‘ldiruvchilar 
xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda ifloslantiruvchi qo‘shimchalarning yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdorlari ko‘rsatilgan. Otqindi tog‘ 
jinslaridan olingan chaqiq toshdagi aralashmalar suv bilan tozalash usulida 
aniqlanadi va M300 markali beton uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali 


46 
(mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2% miqdorida bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
CHo‘kindi jinslardan olingan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 
2 va 3% oshmasligi kerak. SHag‘alda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 
1% dan ko‘p bo‘lmasligi, tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda 
shuningdek organik zararli moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular 
maxsus sinovlar o‘tkazish bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv). 
Iflos va sifatsiz to‘ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish bilan 
nazorat qilish mumkin emas. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 
1. 
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar o‘lchamlari qanday? 
2. 
Engil betonlar uchun qanday to‘ldiruvchilar ishlatiladi? 
3. 
To‘ldiruvchilar betonning necha foiz hajmini egallaydi?
4. 
G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar engil betonning xususiyatiga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi?
5. 
Beton tarkibini loyihalashda qanday ko‘rsatkichlarga asoslanadi?
6. 
Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda nimalarga e’tibor beriladi
7. 
Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish nima uchun kerak? 
8. 
Beton tayyorlash uchun tarkibida qanday yiriklikdagi zarralari bo‘lgan
qum tanlanishi tavsiya etiladi?
9. 
Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining donadorlik tarkibi ta’siri? 
10. 
Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining mustahkamligi ta’siri? 
11. 
Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining sovuqqa chidamliligi ta’siri? 
12. 
Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining tozaligi ta’siri? 


47 
 
Mayda va yirik tabiiy zich to‘ldiruvchilar betonlar uchun eng ko‘p 
ishlatiladigan maxsulotdir. Ular oddiy va yuqori mustahkam og‘ir betonlar
shuningdek maxsus betonlar uchun ishlatiladi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling