50
Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al
konlari allyuvial kelib
chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. SHu narsa ma’lumki,
oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir
joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. SHu sababli suv oqimi qum va shag‘alni
bir joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi.
SHamol ta’sirida (barxan shamoli) vujudga
keladigan Eoll qumlarning
betonlarda qo‘llash chegaralangan. Chunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, donalari
o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini yomonlashtiradi.
Qum turlari:
Tabiiy qum – 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik sochiluvchi material,
qoya tog‘ jinslarini tabiiy buzilishi (emirilishi) natijasida xosil bo‘ladi
va qumli,
qum-shag‘alli aralashmalaridan maxsus mashina va mexanizmlar yordamida qazib
olinadi yoki suv xavzvlarida xosil bo‘ladi.
Maydalangan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi qum, maxsus maydalash
jihozlari yordamitda qoya tog‘ jinslaridan va shag‘aldan tayyorlanadi.
Fraksiyalangan qum - maxsus jihozlar yordamida ikkita yoki undan
ko‘p fraksiyalarga ajratilgan qum. (Tabiiy yoki sortifikatsiyalash
uskunalaridan
foydalanib olingan qum, fraksiyalarga bo‘linganda (misol uchun, 2,5-5 mm, 1,25-
2,5mm va b.) qum “fraksiyalangan qum” deb nomlanadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: