S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Rasm-2.2. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq: 
a – ayrim qoldiq; b – to‘la qoldiq 
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” talablarining rasm- 
4.2.da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash 
uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan 
chiqmasa(standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli hisoblanadi. 
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan ham ifodalanadi:
,
100
)
(
14
,
0
315
,
0
63
,
0
25
,
1
5
,.
2
А
А
А
А
А
М
й





bu erda: 


14
,
0
315
,
0
63
,
0
25
,.
1
5
,
2
А
А
А
А
А




- g‘alvirdagi to‘liq qoldiqlar, %. 
Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli ham katta bo‘ladi. 


57 
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0,16mm dan 
kichik bo‘lsa) 5mm gacha (agar qumning barcha donalari 2,5mm dan yirik bo‘lsa) 
qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulining o‘zgarishi kamdir. 
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” da qumning 
yiriklik moduli va 0,63mm ko‘zli elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha guruhlarga 
bo‘linishi nazarda tutiladi. 
O‘ZRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning 
yiriklik moduli 1,5-3,25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustahkamlik chegarasi 20MPa 
va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam bo‘lmasligi, 
mustahkamlik chegarasi - 35MPa va undan yuqori betonlar uchun yiriklik moduli -
2,5dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Qumning yiriklik modulining o‘zgarish koeffitsienti, gidrotexnik inshoatlar 
uchun ishlatiladigan betonlar uchun 10% dan oshmasligi kerak. 
Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llash, kam sement sarflab, eng 
yaxshi xususiyatli beton qorishmasini olish imkonini beradi. Standart talablari ham 
ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasiga tayanadi. Bu talablardan biroz 
chetlanish mumkin. YA’ni texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lsa, mustahkamlik 
chegarasi-20MPa bo‘lgan va undan yuqori beton uchun yiriklik moduli 2dan 
kichik qumlarini ishlatish mumkin. Masalan, 
O‘zbekistonning cho‘lli xududlarida o‘ta mayda barxan qumlari asosidagi 
beton keng qo‘llanadi. 
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm-2.3) uning zich 
katta uyilma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt joylashuvini 
ta’minlaydi. 
 
 
 
 
 


58 
A, massa bo‘yicha 
Rasm-2.3. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga 
qo‘yiladigan talablar: 
1- qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=1,5); 

- V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan 
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2); 

– V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan 
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2,5); 
4- qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (M
k
=3,25); 
Tabiiy quruq kvars qumining uyilma zichligi tahminan 1500-1600 kg/m
3
ni 
va bo‘shliqligi -30-40% ni tashkil etadi. 
Beton qorishmasida sement qum donasining sirtini yupqa qavat bilan o‘rab 
oladi (ko‘pincha 0,01dan 0,1mm gacha). SHu sababli qum donasining yuzasi 
qancha katta bo‘lsa, sement sarfi ham oshadi. Fraksiya 2,5-5mm uchun qumning 
solishtirma yuzasi 10sm
2
/g ni, mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm
2
/g ni tashkil 
etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm
2
/g yoki 4-7m
2
/g 
ni tashkil etadi. 
Qumda beton uchun xavfli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. SHu sababli 
standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon, gilsimon qo‘shimchalar 
(o‘lchami 0,05mm dan kichik) standart usullarda suvda yuvish orqali aniqlanadi. 
Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va suv quyib 2 soat ushlab turiladi 


59 
(vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi). Aralashtirgandan 2 minutdan so‘ng qum ustidagi 
suv to‘kiladi, toza suv quyib qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda 
tiniq holatga qolguncha davom ettiriladi. 
SHundan so‘ng yuvilgan qum doimiy massagacha quritiladi, tarkibidagi 
yuvilgan aralashmalar (%) quyidagi formuladan topiladi: 
Pyuv.aral 



m


100% 


Bu erda: - yuvilmagan doimiy massagacha quritilgan qum massasi, g 
m
1
 - yuvib doimiy massagacha quritilgan qum, g. 
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”ga ko‘ra tabiiy 
qumda ortiqcha aralashmalar 3%dan (massa bo‘yicha) oshmasligi kerak, boyitilgan 
qumda -2%, maydalangan qumda esa 5% gacha ruxsat etiladi. 
Qum tarkibida amorf kremnezem turlarining mavjudligi sement ishqorlari 
bilan reaksiyaga kirishib, betonning nurashiga olib keladi. Sement ishqorlari bilan 
quyidagi tog‘ jinslari va minerallar bog‘lanadi: opal, xalsedon, kremniy. 
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra gidrotexnika va 
transport inshootlarida ishlatiladigan betonlarda sulfid bog‘lamalar 1% dan 
oshmasligi kerak. 
Qumning namligi uning xususiyatlariga, ayniqsa uyilma zichligiga etarlicha 
tasir ko‘rsatadi. Chunki boshqa qurilish materiallarni namlashda ularning zichligi 
oshadi, qumda esa teskari. Bu qum nam holatda bo‘lganida quruqga nisbatan 
sochiluvchanligi kichikligi bilan tushuntiriladi. 


60 
W, % massa bo‘yicha 
Rasm-2.4. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 1- 
mayda qum; 2- yirik qum 
 
Qumga quyilgan suv uning donalarini elimlaydi, shu sababli bunday qumni 
biror sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil 
etadi. Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha) 
kuzatiladi (rasm-4.4). Bunda qumning uyilma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton 
tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling