S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

 CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi 
CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: 
- xomashyoni qazib olish; 
- maydalash; 
- sortirovkalash (groxotlash). 
Xomashyoni qazib olish 
CHaqiq toshni ishlab chiqarish uchun xomashyo asosan karerdan 
tolinadi. Konda qazilma ishlar olib borish buldozer yordamida er-o‘simlik qatlam 
va qum-gilli jinslarni olib tashlashdan boshlanadi.
Jinslarni portlatish natijasida turli yiriklikdagi tog‘ jinslari xosil bo‘ladi. 
Yirik sang toshlar qayta portlatiladi.
Olingan toshlar transport vositalari yordamida maydalash-sortirovkalash 
zavodlariga yuboriladi.  
CHaqiq toshni maydalash 
 Maydalash – tog‘ jinslari parchalarini buzish (siqib, zarba bilan, ezib va b.) 
jarayonidir. 


86 
Materialni maydalash bir-, ikki-, va ko‘p bosqichli bo‘lishi mumkin. 
Maydalanadigan material bir, ikki yoki bir nechta maydalagichlardan va groxotlar 
tizimidan o‘tishda o‘lchamlari kichrayadi. 
Maydalash usullari (1-rasm) : ezish; parchalash, bolg‘alash va b. . 
Mustahkam va abraziv materiallar asosan ezib maydalanadi, mustahkam va 
bog‘lanuvchan materiallar ezib ishqalab, yumshoq va mo‘rt materiallar maydalab 
va bolg‘alab maydalanadi.
Rasm-4.1 Maydalash usullari: 
a - ezish; b - parchalash; v - ishqalash; g – urish (bolg‘alash). 
Maydalash - maydalash darajasi bilan xususiyatlanadi, ya’ni eng katta 
donalarning maydalashdan oldin va keyingi o‘lchamlarini nisbati.
Boshqa ko‘rsatkich – energiyaning nisbiy sarfi, ya’ni kVt·s miqdorini 1 t 
maydalangan materialga nisbati. 
Maydalash groxotlash bilan birgalikda olib boriladi.
Maydalash ochiq ( 4.1, a - rasm) va berk ( 4.1, b - rasm) sikllarda bajariladi. 
Birinchi holatda yirikligi bo‘yicha tayyor maxsulot maydalashdan oldin groxotdan 
o‘tkaziladi, shuningdek maydalashdan keyin olinadi. Ikkinchi xolatda material 
maydalagichdan so‘ng groxotga tushadi va yirik va mayda (tayyor) fraksiyalarga 
ajratiladi, yirigi yana maydalash uchun maydalagichga qaytadi.


87 
Rasm-4.2. Ochiq (a) va berk (b) sikllarda maydalash: 
1 - groxot; 2 – maydalagich 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling