S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

3-§. Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi 
Shag‘al 
Shag‘al deb, yirikligi 5mm dan (ba’zida 3 mm) 70mm (ba’zida undan ham 
yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi. 
Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq 
yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi 
bilan yomon bog‘lanadi. SHu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa 
dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. SHag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq 
tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi. 
Beton tayyorlashda alohida miqdorlangan holda shag‘alning quyidagi 
fraksiyalari ishlatiladi: 5-10; 10-20; 20-40 va 40-70 mm. Bundan tashqari shag‘al 
fraksiyasi 3-10 mm, gidrotexnik betonlar uchun esa 40 - 80 va 80 - 120mm 
qo‘llash standart bo‘yicha ruxsat etiladi. 
A, % massa bo‘yicha 
0,5% 
Dkichik 
0,5(Dkichik+Dkatta) Dkatta 1,25Dkatta 
Rasm-3.1. SHag‘al(chaqiq tosh)ning donadorlik tarkibining grafigi: tekis 
chiziqlar bitta fraksiyali to‘ldiruvchilar uchun; uzuq-yuluq chiziq – 5(3)-20 mm 
fraksiyali aralashma uchun. 


70 
Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi rasm-4.1 da ko‘rsatilgan chegarada 
bo‘lishi kerak. Ba’zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan, 
shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan 
oshmasligi kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton 
tarkibida eng katta ruxsat etilgan shag‘al donalari miqdori umumiy fraksiya 
massasi bo‘yicha 5% dan oshmasligi kerak. 
Standartga ko‘ra maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini 
siqilishdagi mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (jadval-3.1) taxminiy 
quyidagi markalari nazarda tutiladi. 
SHag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi 
3.1-jadval 
Ko‘rsatkichl
ar nomlanishi 
SHag‘alning markasi 
Dr- 8 
Dr-12 
Dr-16 
Dr-24 
Maydalanish 
ko‘rsatkichi,% 
Siqilishga 
mustahkamlik 
chegarasi, MPa 
8 gacha 
100dan ko‘p 
8 – 12 
80 - 100 
12 – 16 
60 - 80 
16 – 24 
40 - 60 
SHag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak: Dr8 - 
siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi; Dr12 - 
siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda; 
Dr16 - siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi. 
SHag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va 
donalar mustahkamligini bolg‘a bilan engil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina 
(otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina 
yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar sirtida chiziq qoldiradi
mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi. 


71 
SHag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy 
massadagi ulushi aniqlanadi (%): 
X
bo‘sh
= (m
bo‘sh
/m )*100% 
bu erda: m
bo‘sh
- bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg 
m- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg 
Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator 
qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. SHag‘alda 
bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10% gacha va 
Dr24 markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi. 
O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va 
shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: 
Dr8-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun; 
Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar 
uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan kichik betonlar 
uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya 
etilmaydi. 
Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning 
bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan 
oshmasligi kerak. 
Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar miqdori 
1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25% 
dan oshmasligi kerak. 
Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik 
qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda 
mavjud ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam 
taaluqlidir. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling