S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Chaqiq tosh Chaqiq tosh
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1. Beton tayyorlashda shag‘alning qanday fraksiyalari ishlatiladi? 2. Shag‘alning donadorlik tarkibining grafigi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? 3. Shag‘alning maydalanish bo‘yicha mustaxkamligiga ko‘ra markalari? 4. Shag‘al tarkibidagi bo‘sh jinslar miqdori qanday aniqlanadi? 5. Shag‘al qanday usullarda fraksiyalarga ajratiladi? 6.Baraban tipidagi g‘alvirlarning ishlash prinsipi qanday bo‘ladi? 7.Titranuvchi g‘alvirlarning unumdorligi qanday aniqlanadi? 8. Shag‘al yuvuvchi mashinalarning ishlash prinsiplari? 9. Shag‘al og‘irligi bo‘yicha fraksiyalarga qanday usulda ajratiladi? 10. Shag‘alni aloxida donalari bo‘yicha boyitish qanday bajariladi? 11. Shag‘alni suv yordamida yuvish va novlash seperatorlari? 12. Shag‘al qanday tog‘ jinslaridan olinadi? 4-§. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Chaqiq tosh Chaqiq tosh – noorganik zarraviy sochiluvchan material bo‘lib, uning zarralari yirikligi 5 mm dan katta. CHaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalab olinadi. CHaqiq tosh yuqori mustahkam betonlar tayyorlash uchun asosiy sifatli yirik to‘ldiruvchidir. SHag‘aldan qimmat bo‘lishiga qaramay chaqiq tosh ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar ko‘p, chunki O‘zbekistonning ko‘p rayonlarida shag‘al etishmaydi. 84 Chaqiq tosh ishlab chiqarish uchun asosan otqindi tog‘ jinslari (granit, gabbro, diabaz, bazalt va b.), cho‘kindi karbonat tog‘ jinslari (ohaktosh va dolomitlar) va kam miqdorda metamorfik tog‘ jinslari qo‘llaniladi. Chaqiq toshni zichligi-1800 kg/m 3 dan katta bo‘lgan tog‘ jinslarini maydalab olinadi. Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqiq toshning donadorlik tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun eng kichik va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 4.1-jadval Elak teshiklarining o‘lchamlari, mm D kich 5 mm D kich 10 mm 0,5 D kich +D kat D kat bir fraksiya uchun Fraksiyalar aralashmasi uchun To‘liq qoldiqlar, % 95-100 90-100 40-80 50-70 0-10 Chaqiq toshga qo‘yiladigan O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha talablar uning keltirilgan fraksiya yoki aralashmasi tarkibida, donalari nisbatiga ko‘ra yuqorida keltirilgan shag‘al singaridir. Chaqiq tosh donalari shakliga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 35% gacha (massa bo‘yicha); yaxshilangan, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 25% dan ko‘p emas; kubsimon, bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 15% dan ko‘p emas. Ba’zi bir maxsus betonlar uchun O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” bo‘yicha, masalan bosimli quvurlar uchun ishlatiladigan betonlarda faqat kubsimon chaqiq tosh qo‘llanilishi kerak. 85 CHaqiq toshning mustahkamligi uning markasini ifodalaydi, bunda suvga solingan holda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi chegarasidan kelib chiqgan holda, silindrda ezilishdagi maydalanish ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” ga ko‘ra chaqiq tosh ishlab chiqarishda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi olinadigan betonning mustahkamligidan yuqori bo‘lishi kerak: 30 MPa dan kam mustahkamligidagi beton 1,5 dan kam bo‘lmasligi kerak; 30 MPa va undan yuqori betonlar uchun ikki martadan kam bo‘lmasligi kerak. Otqindi tog‘ jinslari asosidagi og‘ir beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladigan chaqiq toshning markasi, tog‘ jinsi mustahkamligiga mos keluvchi 80 MPa dan kam bo‘lmasligi, metamorfik tog‘ jinsi asosida chaqiqtosh 60 MPa dan kam bo‘lmasligi, cho‘kindi tog‘ jinsi asosida chaqiq tosh 30 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling