S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

3-§. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan 
karbonat g‘ovak ohaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi. 
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m
3
dan kam bo‘lgan va uylma 
zichligi 1000 kg/m
3
gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 
40- 50%) olinadi, bu material O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ 
jinslari asosida chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchining 
klassifikatsiyasiga mos keladi. 
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh 
bo‘laklarining sementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular 
oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. 
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m
3
ni tashkil etadi, 
bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak 
ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m
3
ni tashkil etib, bunda mustahkamlik 
chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. 
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi, ohaktosh 
tuf zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa 
ni tashkil etadi. 
G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5chi darajali zichligiga 
proporsional bo‘lib, bunda mustahkamlikning pasayishiga g‘ovaklikning ta’siri 


102 
bo‘ladi, bunda pemza, lava tuflari va vulqon tufiga nisbatan kam mustahkamlikka 
ega. CHig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6 baravar) bilan uning mustahkamligi 
ham pasayadi, bu esa chig‘anoq donalarining kompakt bo‘lmagan holda 
joylashgani bilan izohlanadi. 
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari 
mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh va 
chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak 
ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, 
Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar 
konlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli 
to‘ldiruvchilar olinadi. 
CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, 
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta 
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda 
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador 
va mayda g‘ovaklikka ega. 
YUqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xalsedon 
ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi. SHu sababli 
bu to‘ldiruvchilarning sementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda emirilishni 
keltirib chiqaradi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling