S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. 
G‘ovak to‘ldiruvchilar yirikligi bo‘yicha qanday fraksiyalanadi? 
2. 
G‘ovak to‘ldiruvchilar qanday markalarga bo‘linadi? 
3. 
Vulqon chiqindilari asosida qanday g‘ovak to‘ldiruvchilar olinadi? 
4. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarning mustaxkamligi qanday aniqlanadi? 
5. 
Pemza qanday xosil bo‘ladi? 
6. 
CHo‘kindi tog‘ jinslaridan qanday to‘ldiruvchilar olinadi? 
7. 
CHo‘kindi kremnizem jinslar qanday betonlar olish uchun ishlatiladi? 
8. 
G‘ovak cho‘kindi jinslarni pnevmatik usulda qanday boyitiladi? 
9. 
To‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish qanday bajariladi? 
10. 
G‘ovak jinslarni maydalashda g‘ovakligi qanday o‘zgaradi? 
11. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan separator 
12. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish 


106 
 
1-§. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat 
chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan 
emas. 
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt 
“keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri 
keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. 
Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa
ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi 
materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda 
ko‘miladi. 
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan 
ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini 
bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga 
nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik 
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin. 
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va 
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton 
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va 
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham 
taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki 
uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi. 
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom 
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza 
qilishda ham samaralidir. 


107 
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi 
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo 
materiallar sifatida qo‘llaniladi. 
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan 
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida 
ishlatiladi. 
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt 
alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. 
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish 
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh 
shaklida hosil bo‘ladi. 
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha 
kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum 
(yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi 
to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 
YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi 
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va 
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar 
xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar 
asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni 
tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi 
10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin 
kamaytirish imkonini beradi. 
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak 
to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish 
mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir 
boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi 
tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli hisoblanadi. 


108 
2-§. Metallurgiya shlaklari. 
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna 
shlaklari tashlanadi. YA’ni po‘lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t 
shlak chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p 
miqdorda shlak chiqadi. SHu sababli shlaklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. 
Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi. 
Metallurgiya shlaklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan mahsulot 
narxiga ham tasir etadi, ya’ni shlaklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko‘mish 
ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining kimyoviy tarkibi 
turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo‘ladi: SaO - 3O-
50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari. 
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha shlaklarning ikki turi mavjud: 
SaO+MgO 
1 . Asosiy, asosiy modul -M
0
=─────── >1; 
SiO
2
+Al
2
O
3
2 Nordon , M
0
<1 
Domna shlaki sement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola va 
quyilma buyumlar olishda ishlatiladi. Asosan shlakning ko‘p miqdori 
to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Domna shlaklari asosidagi chaqiq toshning silindrda maydalanish ko‘rsatkichi 
bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi: Dr45- mustahkamlik chegarasi 20MPa dan past 
betonlar uchun; Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa betonlar uchun; Dr25- 
mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun; Dr15- mustahkamlik chegarasi 
40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi. 
Domna shlaklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori 
mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan 
hududlarda shlakli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan 
arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi. 


109 
Biroq shlaklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani emirilishiga olib 
kelishi mumkin. 
SHu sababli shlakli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali 
konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak, agarda 
otingugurt 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun 
ishlatiladigan betonlar ustida tadqiqotlar o‘tkaziladi. 
SHlakli chaqiq toshning uyilma zichligi og‘ir beton uchun 1000 kg/m
3
dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi 
to‘ldiruvchi hisoblanadi. 
Granullangan shlaklar- suyuq qizib turgan metallurgiya shlaklarini suv 
yordamida qayta ishlashda olinadi. Bunda shlak eritmasini tez sovitishda va uni 
granulyasiya va maydalashda alohida mayda donalar olinadi. Donalar strukturasi- 
amorf va shishasimon bo‘ladi. 
Granullangan shlaklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi: 
uning donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan donalari 
umumiy tarkibda 50%ni tashkil etadi. Yirik donalar (10mm) ham oz miqdorda 
bo‘lsada uchraydi. 
Granullangan shlaklarning uyilma zichligi 600 - 1200kg/m
3
atrofida bo‘ladi. 
Buni shu narsa bilan tushuntirish mumkinki, shlak eritmasining xususiyatlari va 
granulyasiya texnologiyasiga bog‘liq holda zich yoki g‘ovak granullangan shlak 
olish mumkin. 
Granullangan shlaklarning donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60-
70% gacha tashkil etadi. 
Granullangan shlaklarning donalari asosan shlakoportlandsement ishlab 
chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling