S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
1-§. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarning sinflanishi. Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan engil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar ham kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, zich tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay, talabdagi sinfdagi beton olish etarli. G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va chaqiq tosh bo‘linadi. CHaqiq tosh esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10mm, 10...20mm va 20...40 mm. CHaqiq tosh quyidagi yiriklik bo‘yicha ham ruxsat etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm. G‘ovak to‘ldiruvchilarning asosiy markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m 3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m 3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos keladi va boshqa. QMQ bo‘yicha g‘ovak chaqiq toshning markasi 300,350,400 va hokazo 1200gacha 100kg/m 3 oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi 500...1400 kg/m 3 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya’ni silindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni turli markalari bo‘yicha engil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. SHu sababli to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir- biri bilan bog‘liqdir. Aytish mumkinki, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari qancha kichik bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayadi, ya’ni materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. 99 G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning mustahkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog‘ jinsi mustahkamligidan etarlicha yuqori bo‘ladi. SHag‘alning yumshash koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruksion- teploizolyasion betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa 0,7dan kam bo‘lmasligi kerak. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon va cho‘kindi turlarga bo‘linadi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling