S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Rasm 3.1. Aralashma bo‘shliqligining mayda va yirik to‘ldiruvchilarga
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
Rasm 3.1. Aralashma bo‘shliqligining mayda va yirik to‘ldiruvchilarga
bog‘liqligi Misol: V bo‘sh.yir. =32% va V bo‘sh.may. =27% bo‘lsa, grafikda keltiriladiki yirik to‘ldiruvchilar sarfi 1m 3 qorishma uchun V yir. - 0,9 m 3 , qum esa V may. - 0,4m 3 , bundan kelib chiqib aralashma bo‘shliqligi V bo‘sh.aral. - 11% ni tashkil etadi. Agar V yir. - 0,7m 3 va V may. - 0,55m 3 bo‘lsa, V bo‘sh.aral. - 14,5% ni tashkil etadi. Aralashma bo‘shliqligi bevosita sement qorishmasi sarfini belgilaydi, ya’ni bo‘shliqlik qancha katta bo‘lsa sement sarfi ham shuncha ortadi. Agar yirik to‘ldiruvchidan voz kechilsa, u holda mayda donadorlikka ega bo‘lgan beton olinadi va yuqoridagi grafik bo‘yicha to‘ldiruvchining bo‘shliqligi 27% ni tashkil etadi. Bu esa 1m 3 to‘ldiruvchilar aralashmasiga 0,9m 3 yirik to‘ldiruvchi ishlatishga nisbatan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi. SHu sababli sement sarfi ortadi. To‘ldiruvchilar aralashmasini bo‘shligi 20 dan 50%ga qadar o‘zgarib turadi. Betonda bo‘shliqligi eng kam va bir necha fraksiyalardan tashkil topgan to‘ldiruvchilarni qo‘llagan ma’qul. Minimal g‘ovaklilikka erishiladigan chaqiq tosh (shag‘al) va qumning nisbatini qum yirik to‘ldiruvchi g‘ovaklarini to‘liq qoplaydi degan faraz orqali aniqlash mumkin bo‘lib, ularning qum zarralari bilan ayrim miqdordagi surilishlari inobatga olinadi. Bu holda quyidagi formula kelib chiqadi 42 r К =V bu erda: Q, SH – qum va chaqiq tosh sarfi; α – surilish koeffitsienti; V nis.sh – shag‘alning nisbiy bo‘shliqligi; Ш П , - mos holda chaqiq tosh va qumning zichligi. Biroq, minimal bo‘shliqli qorishma har doim ham betonda ijobiy bo‘lavermaydi. CHunki qum va chaqiq tosh nisbatini to‘g‘ri tanlashda sement va suvning sarfini ham hisobga olish kerak. Sementning katta miqdorda sarflanishi nafaqat qumdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki uning uchun qumni kamaytirish hisobiga qo‘shimcha hajm zarurati tug‘iladi va bu holda beton qorishmasining harakatchanligi yaxshilanadi. YAxlit (monolit) beton olish uchun sement hamiri nafaqat donalar orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishi, balki quyuq sement qatlamini hosil qilish maqsadida donalarni orasini ochishi talab etiladi. Bunday qobiqni hosil qilish uchun sement sarfi to‘ldiruvchining solishtirma yuzasiga bog‘liq bo‘lib, donalar o‘lchamlarini kamayishi bilan ortib boradi. Natijada to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi kattalashishi bilan beton qorishmasining texnik qovushqoqligi ortadi. Demak, qorishmaning ma’lum darajadagi quyuqligiga yoki harakatchanligiga erishish va belgilangan mustahkamlikdagi betonni olish uchun suv va sement sarfini oshirishga to‘g‘ri keladi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling