S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
йир
буш май буш арал V V V , Misol: agar shag‘al bo‘shliqligi 32% bo‘lsa, qumning bo‘shliqligi esa 27% bo‘lsa, u holda shag‘al va qumning minimal bo‘shliqligi 8,6% ni tashkil etadi. 36 Bunda shartli ravishda yirik to‘ldiruvchilar orasidagi bo‘shliq mayda to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilishini nazarda tutiladi. Lekin amaliyotda yirik to‘ldiruvchi donalari bir-biriga yaqin joylashganda qum o‘tishi qiyinlashadi va bo‘shliq hosil bo‘ladi. Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to‘g‘ri keladi. Betonda shag‘al yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holda to‘ldiruvchi eng kam solishtirma yuzaga ega bo‘lgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab darajasidagi beton qorishmasini quyish va zichlashtirish maqsadida konstruksiyaning minimal o‘lchamlaridan shag‘al yoki chaqiq tosh ¼ barobardan yirik bo‘lishi mumkin emas va bu o‘z navbatida temir -beton konstruksiyasida armatura sterjenlari orasidagi minimal o‘lchamlardan kichikroq bo‘lishi talab etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda shag‘al yoki chaqiq toshning maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½ nisbatida bo‘lishi kerak. Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish maqsadida, agarda chegaraviy mumkin bo‘lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha fraksiyalardan iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo‘shliqlikning minimal darajada bo‘lishi uchun ular orasidagi o‘zaro ma’qul nisbat tanlanadi. Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq, qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo‘shliqlikni oshishiga sabab bo‘lishi mumkin (40 % gacha) va bu bo‘shliqlarni sement hamiri bilan to‘ldirishga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko‘payib ketadi. SHuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida o‘zaro optimal nisbatdagi yirik, o‘rtacha va mayda zarralari bo‘lgan qum beradi va bunday nisbatdagi qum minimal bo‘shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo‘lgan qumda bo‘shlilik 38% dan oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu ko‘rsatkich 30 % gacha kamayadi. 37 Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo‘shliqlarni faqat sement hamiri bilan to‘ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og‘ir kechadigan bikir qorishma yuzaga keladi. Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig‘i bilan o‘rab olish zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, qobiq hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo‘lgan qum katta miqdordagi bo‘shliqlarga ega bo‘lib uni qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o‘rtacha yiriklikdagi zarralari bo‘lgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda bo‘shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo‘lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi O‘zRST tavsiyasiga mos tushadi. Notekis yuzaga ega bo‘lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog‘lanadi va betonning mustahkamligini oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va qimmat bo‘lganligi sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Odatda daryo qumi afzal deb bilinadi. Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bo‘shliqligiga va namligiga bog‘liq bo‘lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga to‘yingan holda muzlash ehtimoli bo‘lgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m 3 zichlikka ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m 3 dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m 3 ga etishi mumkin. Eng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum egallaydi; namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-6.3). Bu xususiyatni qumni qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm bo‘yicha), shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak. Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash – beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun 38 mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan kelib chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining: donadorlik tarkibi; mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi; tozaligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling